Koordinatsion birikmalar hosil bo`lishda ligandlarning o`rni va ularning tuzilish izomeriyasi



Yüklə 81,33 Kb.
səhifə13/15
tarix11.05.2023
ölçüsü81,33 Kb.
#111512
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
kimyo

«Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish» sohasidagi mutaxassislar turli xil kimyoviy ifloslantiruvchi moddalar atrof-muhitga kelib tushgandan so'ng ularning kimyoviy o'zgarishlarini va biosferadagi jarayonlarga ta'sir etishini baholash, yangi texnologiyalarni joriy etish natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlarni oldindan ko'ra bilish hamda bu oqibatlarning bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni o'rganishlari va bilishlari maqsadga muvofiqdir.

2. Yer shari 4,6 mlrd. yil avval koinotda yuz bergan katta portlash natijasida gaz-chang bulutidan paydo bo'lgan va hozirgi holatiga kelguncha bir necha evolutsiya bosqichlardan o'tgan.

Boshlang'ich atmosferadagi issiqlik ta'sirida hosil bo'lgan gazlar asosan vodorod, rnetan, uglerod oksidlari, karbonat kislotasi, ammiak, oltingugurt angidridi, vodorod sulfid va boshqa gazlardan hamda suv bug'laridan tashkil topgan bo'lib, ularning tarkibida erkin kislorod bo'lmagan. 4 mlrd. yil avval suv bug'larining kondensatsiyasi natijasida gidrosfera hosil bo'lgan.

Yerda hayot paydo bo'lishidan avval atrof-muhitda organik moddalar hosil bo'lib to'planib borgan. Birinchi organik moddalar metan, karbonat angidrid, vodorod, suv bug'lari, ammiak gazlaridan quyosh radiatsiyasi ta'sirida hosil bo'lgan. Quyosh energiyasi ta'sirida avval uglevodorodlar, aldegid va ketonlar, karbonat kislotasi hamda aminokislotalar hosil bo'lgan. Bu moddalar esa organik moddalarning aylanma harakatiga kirishib, destruksiya va sintez jarayonlari natijasida murakkab organik moddalarni hosil qilgan. Bu moddalar gidrosferada to'plangan. Birinchi sodda tirik organizmlar okean suvlarida paydo bo'lgan, chunki suv ularni quyoshning ultrabinafsha nurlaridan himoyalab, hayotning rivojlanishiga imkon yaratgan.

Yer o'z evolutsiyasi jarayonida quydagi asosiy bosqichlardan o'tgan:

— 3,8 mlrd. yil avval suvda birinchi mikroorganizmlar paydo bo'ladi va fotosintez jarayoniga kirishadi. Ularning faoliyati natijasida atmosferadan uglerod oksidi ajratib olinadi va erkin kislorod hosil bo'lib, atmosferada to'planib boradi. Fotosintezni amalga oshiruvchi organizmlar faoliyati natijasida atmosfera anaerob qaytaruvchi holatidan aerob oksidlovchi holatiga o'tgan.


Yüklə 81,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin