Arxey davrining boshida (3,5 mlrd. yil avval) ko'k-yashil suv o'tlarining fotosintez jarayoni natijasida hosil bo'lgan erkin kislorod atmosfera gazlarini oksidlab, metan va uglerod oksidini karbonat kislotasiga, ammiakni esa molekular azot shakliga o'tkazadi:
CH4,CO, -> H2C03
NH3 -> N2
2.5—1,9 mlrd. yil avval karbonat kislotasi dengiz suvlarida erib, ularni boshlang'ich xloridli suvdan xloridli-karbonatli suvga aylantirgan. Shu bilan birga karbonat kislotasining kalsiy ionlari bilan reaksiyaga kirishishi suvda birinchi — dolomit, ohak, siderit kabi karbonatli cho'kindi jinslarni hosil bo'lishiga olib kelgan:
H2C03+Ca2+ ->CaC03
— 1,9 mlrd. yil avval (o'rta proterozoy davri) — oltingugurt birikmalari H2S, S02, S03 sulfat — ion holatigacha oksidlanadi. Suvning tarkibida xlorid, sulfat va karbonatlar paydo bo'ladi. Dengiz suvlari xloridli-karbonatli-sulfatli suv holatiga o'tgan.
— 675 mln yil avval (rifey davrining oxirida) Yer qatlamining cho'kindi jinslari tarkibida birinchi sulfat tuzli cho'kmalar hosil bo'la boshlagan.
Shunday qilib, avtotrof fotosintetik o'simliklar (dengiz o'tlari) faoliyati natijasida hosil bo'lgan kislorod atmosfera va gidrosferada to'planib, ulardagi qaytaruvchi muhitni oksidlantiruvchi muhitga o'tkaza boshlagan.
Bunday murakkab biogeokimyoviy jarayonlarning quyosh sistemasidagi hech qaysi boshqa sayyoralarida analogi bo'lmagan.
—670—570 rnln. yil (vend-kembriy davri) — kislorodning miqdori ma'lum darajaga yetib, barcha kislorod bilan nafas oladigan hayvonotlarning xilma-xil turlari paydo bo'ladi.
—570-400 mln. yil (past fanerozoy) - ozon qatlami hosil bo'lib, tirik organizrnlar suvdan quruqlikka chiqadi va yer yuzasida hayot paydo boiadi.
O'rmonlardagi fotosintetik o'simliklar faoliyati natijasida atmosferaning shakllanishi tugallanib, atmosfera to’liq karbonat angidrididan tozalanib hozirgi azotli — kislorodli holatiga o'tgan.