Umumiy nomi va formulasi
|
Ba’zi birikmalarining nomlanishi
|
Formulasi
|
Suv bilan ta’siri
|
1.
|
Gidridlar – MeHv
|
Natriy gidrid
Alyuminiy gidrid
Qo‘rg‘oshin gidrid
|
NaH
AlH3
PbH4
|
MeHv + H2O → Me(OH)v + H2
|
2.
|
Boridlar – Me3Bv
|
Kaliy borid
Magniy borid
Alyuminiy borid
|
K3B
Mg3B2
AlB
|
Me3Bv + H2O → Me(OH)v + BH3
|
3.
|
Karbidlar
|
Litiy karbid
Alyuminiy karbid
Kremniy karbid
|
Li2C2
Al4C3
SiC
|
Al4C3 + H2O → Al(OH)3 + CH4
|
4.
|
Silitsidlar – Me4Siv
|
Natriy silitsid
Temir (III) silitsid
Qo‘rg‘oshin silitsid
|
Na4Si
Fe4Si3
PbSi
|
Me4Siv + H2O → Me(OH)v + SiH4
|
5.
|
Nitridlar – Me3Nv
|
Bariy nitrid
Titan nitrid
|
Ba3N2
Ti3N4
|
Me3Nv + H2O → Me(OH)v + NH3
|
6.
|
Fosfidlar – Me3Pv
|
Mis (II) fosfid
Xrom (III) fosfid
|
Cu3P2
CrP
|
Me3Pv + H2O → Me(OH)v + PH3
|
Sulfidlar qo‘llaniladigan sohalar nihoyatda keng. Ko‘pchilik oraliq (d-) metallarning, lantanoid va aktinoidlarning sulfidlari — termik, termoelektrik, katalitik va boshqa xossalaridan keng foydalanishimiz mumkin. MgS qiyin suyuqlanuvchan bo‘lganligi sababli o‘t o‘chirish asboblari uchun yuqori temperaturaga chidamli zaruriy qismlarning materiali hisoblanadi. CdS nihoyatda kuchli fotoelektrik xossalarga ega.
Selenid va telluridlar sulfidlardan ko‘ra ko‘proq o‘zgaruvchan tarkibga ega. Ularning ko‘pchiligi yarim o‘tkazuvchanlik xossalari tufayli ahamiyatga molik. WS2, NbSe2, TaSe2, MoSe2, kabi og‘ir metallarning diselenidlari qavat-qavat geksagonal strukturaga ega bo‘lganliklari sababli ularning ishqalanish koeffitsientlari juda kichik bo‘ladi. Iitiy sababli, ulardan kosmik texnikada yuqori vakuum sharoitida ishlaydigan apparatlar uchun surkov materiallari sifatida foydalaniladi.
Galidlar amaliy ahamiyatga ega: osh tuzi NaCl soda, xlor, ishqor ishlab chiqarishda, oziq-ovqat sanoatida va kundalik hayotda juda zarur modda. Kumush xlorid va kumush bromid fotografiyada ishlatiladi; SF6 — juda yaxshi gazsimon dielektrik sifatida qo‘llaniladi va hokazo.
Metallorganik birikmalar, nomenklaturasi, sinfflanishi, strukturasi, olinish usullari, kimyoviy xossalari va ahamiyati
Metallarning birikmalarini nomlashda chapdan o'ngga qarab organik kimyoda foydalaniladigan nomlar bilan o'qiladi. Masalan B(CH,), - trimetil bor. Si(CH₂), -tet rametilsilan, As(CH), -trimetil arsin. Shunga asoslanib CH-metil, CH CH etil, (CH) CH-Imetil etil, CH CHCH, - 2-propenil, (CH),C -1.1 - dimetil etil, CH, fenil, H,C-metilen, HC-metilidiv deb ataladi. Ba'zi hollarda birikma in xarakteriga ega boʻlsa, xuddi noorganik tuzlarga o'xshab o'qiladi. Masalan - Na[CH] natriy naftalid. Agar metallarning oksidlanish darajasi oʻzgaruvchan bo'lsa, qavs ichida ayni metallning oksidlanish darajasi keltiriladi.
s-blok elementlarning metallorganik birikmalari
Elementlar sistemasidagi birinchi guruhning deyarli barcha elementlarining metallorganik birikmalari olingan. Bu birikmalardan lítiyning birikmalari katta aha miyat kasb etadi. Litiyorganik birikmalarni tayyor reaktiv sifatida ishlatilishi ahamiyatlidir. Asosan metillitiy efir eritmasida alkillitiydan olinadi. Alkillitiyni ishlab chiqarish metallarning organik galogenidlar bilan ta'sirlanishiga asoslangan. Shuning uchun preparat alkilgallogenid bilan ifloslangan bo'ladi. Metllitiy qattiq holatda va eritmada tetraedrik klaster holatda bo'ladi. Shu bilan birga, tarkibida bir nechta litiy atomlari bo'lgan organik birikmalar ham mavjud.
Bunga metillitiyni piroliz qilib olingan dilitiometan Li,(CH,), ni misol qilish mumkin . Tarkibida anion radikal C, H, saqlagan natriy naftalid Na(C, H,) tuzi ham metalloorganik birik malardan hisoblanadi. Bunday birikmalarni aromatik birikmalarga to'g'ridan to'g'ri reaksiyasi natijasida ham olish mumkin.
Na(q)+(CH₂)(tuz) → Na(CH₂) (tuz)
EPR spektrlari C, H, bo'shashtiruvchi orbitalidagi juftlashmagan elektronining delokallanishi hisobiga birikishini tasdiqlagan. Bunday birikmalar kuchli qaytaruv chilardir.
Berilliy va magniyning organik birikmalari kovalent xossalarini namoyon qiladi. Beriliyning koordinatsion soni 3,4, magniyniki 4 ga teng bo'ladi. Beriliy organik birikmalar Gtinyar reaktivi ishtirokida olinadi.
BeCl₂ +2RMgX+(C₂H),OR,Be - O(CH₂), MgXCI
Magniyning organik birikmasi «Grinyar reaktivi» nomi bilan ataladi. Bu reaksiya galogen alkanlarga efir eritmasida metallsimon magniy kukuni ta'sir et tirib magniy galogenidning diaksan kompleksi MgG,(C,H,O,) hosil qilinadi. Hosil bo'lgan mahsulotni bug'latib, alkil magniy galogenidlari hosil qilinadi.
2RMgG, 2MgR, MgG,
p-blok elementlarining metallorganik birikmalari Borning ahamiyatli birikmalaridan biri trimetilbordir. Trimetilbor rangsiz gazsi monomer modda, suv ta'sirida sekin-asta gidrolizlanadi. Asosan, bor galoge dlariga efirli muhitda Grinyar reaktivi ta'sir ettirib olinadi.
BF, +3 CH,MgBr - B (CH), +MgBrF
Bororganik galogenidlarda reaksiyaga kirishish qobiliyati kuchli. Bu birikmani bor galogenidlariga aluminiy alkillari ta'sir ettirib olinadi.
3BC1, +6AIR, 3R₂BCI+AIR CI
Hosil qilingan bororganik galogenidlar almashinish reaksiyasiga kirishadi.
B(CH,)C1+Li(C_H,) - BÍCH,)(CH)+LiC
Dostları ilə paylaş: |