Kumush kimyoviy faolligi jihatidan oltin bilan mis o‘rtasidadir



Yüklə 10,12 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü10,12 Kb.
#106929
I-WPS Office


I

Kumush kimyoviy faolligi jihatidan oltin bilan mis o‘rtasidadir.

Kumush kislorod bilan birikmasa ham, erigan holatda bir hajm

metall 20 hajm kislorodni biriktirishi mumkin. Kumush vodorod,

azot va uglerod bilan birikmaydi. Fosfor bilan 500—600°C da fosfid

hosil qiladi. Kumushni oltingugurt bilan qizdirganda Ag2S oson

hosil boMadi. Bu sulfid kumushga oltingugurt oksidi ta’sirida, ya’ni

sulfidli minerallarni qizdirganda va kumushni sulfidlar bilan

qizdirganda hosil boMadi. Kumushga vodorod sulfid ta’sir etilsa,

qora parda tortib, Ag2S hosil boMadi. Shuningdek, kumush xlor,

brom va yod bilan galogenidlarini hosil qiladi.

Kumushning suvdagi eritmasini elektrod potensiali yuqori:

Ag Ag+ +e, ф0 = +0,799

Shuning uchun oltin kumush kislotali eritmalardan vodorodni

siqib chiqarmaydi, ishqor bilan birikmaydi. Kumush nitrat va

konsentratlangan sulfat kislotada eriydi. Kumush zar suvida va

xlor bilan to‘yingan xlorid kislotada ham eriydi va cho‘kmada

AgCl — kam eruvchan tuzni hosil qiladi. Kumush ham oltin

singari havo bilan to‘yingan ishqoriy va ishqoriy yer metallari

sianidida eritmaga o'tadi, shuningdek, temir (111) tuzi ishtirokida

tiomochevina eritmasida eriydi.

Kumush birikmalarida asosan (+1) holida boMadi. Kumushning

(+2 va +3) valentli birikmalari juda oz va amaliyotda ahamiyatga

ega emas. Kumush Ag20 oksidi qoram tir rangli boMib, Ag+

eritmasiga ishqor qo'shilsa, gidrooksid hosil boMadi, so‘ng oksidga

aylanadi:


Ag++OH- = AgOH

2AgOH = Ag20 + H ,0

Kumush oksidi suvda kam eriydigan birikma. A g,0 ni 185—

190°C gacha qizdirilsa, elementlarga parchalanadi:

2Ag,0+ = 4A g+02

Ag20 ammiakning S suvli eritmasida erib, kompleks birikma

hosil qiladi:

Ag20 + 4 N H 40 H = 2Ag(NH3) ,0 H + 3 H 20

Hosil bo‘lgan kompleksdan kumush nitrid Ag3N cho'kmaga

tushadi, bu o ‘ta xavfli portlovchi modda.

Kumush galogenlari kam eruvchi birikma hisoblanadi, faqat

AgF — ftoridi eruvchan. AgCl — xlorid, AgBr — bromid va AgJ —

yoditlar hosil bo'lishi uchun Ag+ ioni bor eritmaga Cl', B r va Jionlari ta’sir etib olinadi.

Asl metallarni gidrometallurgik tozalashda tarkibida kumush

bo'lgan eritmalarga NaCl yoki H C ’ qo'shib, kumush xlorid

olinadi. Kumush xloridning erish harorati 455°C. AgCl qaynash

tem peraturasi 1550°C bo'lsada, 1000°C dan oshganda ucha

boshlaydi.

K um ush ionlari bir qator ionlar va m olekulalar bilan

kompleks birikma hosil qiladi (CN% S20 32-, S 0 32_, Cl-, N H 3,

C S(N H 2)2) va boshqalar.

Shu sababli, suvda erimaydigan AgCl, sianid, tiosulfat, natriy

sulfat va ammiak eritmalarida oson eritmaga o‘tadi, masalan:

AgCl+2CN- = Ag(CN)2- +C1-

AgCl+2S20 32- = Ag(S20 3)23- +C1-

AgCl+2NH4OH = Ag(NH3)2+ + C1‘ +2H20

Kumush xloridning suyultirilgan sulfat kislotali aralashmasiga

rux yoki temir qo'shilsa, kumush cho'kmaga o‘tadi. Bu usul asl

metallarni tozalashda keng qo'llaniladi.

Kumush bromid — AgBr o ‘z xususiyatlari bilan AgCl ga

o ‘xshaydi. U ammiakli, tiosulfat, sulfidli va sianidli eritmalarda

eriydi va oson metallgacha qaytariladi.


Kumushning qiyin eriydigan galogenlari yorug‘lik ta’sirida

parchalanadi: 2 Agl = 2 Ag+I2

Kumush galogenlarning bu xususiyati rasm olish uchun

ishlatiladigan materiallarda — yorug'likka ta ’sirchan plyonka,

plastinka va qog'ozlarda foydalaniladi.

Kumushning amaliyotda ishlatish uchun aiiamiyatga ega bo‘lgan

birikmalari: kumush nitrat va sulfatdir.

Metall holidagi kumushga nitrat kislota ta’sir etib, kumush

nitrat A gN 03 olish mumkin:

3Ag+4HN03 = 3AgN03+2H 20

Kumush nifrat rangsiz kristallardan iborat bo'lib, 208,5°C da

eriydi; 350°C dan yuqori haroratda ajraladi.

A gN 03 suvda yaxshi eriydi. Uni 20°C haroratda 100 g suvda 22

g; 100°C da 100 g suvda esa 95,2 g kumush nitrat tuzi eriydi.

A gN 03 suvdagi eritmasi kumushni elektrolitik tozalashda elektrolit

hisobida ishlatiladi.

Kumush sulfatni Ag2S 0 4 metall holidagi kumushga qaynoq

konsentrlangan sulfat kislqta ta’sir etib olish mumkin:

2 Ag+2 H2S 0 4(qjzdjrilgan) = Ag2S 0 4+ S 0 2+ H 20

Kumush sulfat rangsiz kristall bo‘lib, 660°C da eriydi, 1000°C

dan yuqorida parchalanadi.

Kumush sulfat tuzi suvda kam eriydi, 25°C da 100 g suvda

0,80 g tuzi eriydi, xolos. Sulfat kislotaning to ‘yingan eritmasida

uni erishi kumush bisulfat A gH S04 hosil bo‘lishi hisobiga

ortadi.

Kumush sulfid Ag,S qiyin eruvchi tuz. Kumush tuzi eritmalaridan vodorod sulfid o'tkazilsa, qora cho'kma holida hosil bo‘ladi.

Ag2S ni hosil bo‘lishi metall holidagi nam kumushga havo kislorodi

ishtirokida vodorod sulfid ta’sir etib olish mumkin:

4Ag+2H2S + 0 2 = 2Ag2S+2H 20

Shuningdek, kumushga oltingugurt qo‘shib qizdirilsa, kumush

sulfid olish mumkin.

Kumush sulfid sianidli eritmalarda eriydi va kompleks birikma

hosil qiladi:

Ag2S+4CN- -> 2Ag(CN)2- +S2'

Kumush sulfidga konsentrlangan sulfat va nitrat kislotasi

qo'shganda kumush sulfat hosil bo‘ladi. Kumush sulfidni havo

kislorodi ishtirokida qizdirilsa, kumush hosil bo'ladi:

Ag2S + 0 2 = 2Ag+S02

Kumushga havo kislorodi ishtirokida ishqoriy muhitda sianid

eritmasi ta’sir qilinsa, eriydi:

4Ag+8CN- + 0 2+2H20 = 4Ag(CN)2- +40H"

Oltin singari kumush ham tiomochevinaning eritmasida



Fe(III) tuzlari ishtirokida eritmaga o‘tadi va kompleks kation

Ag[CS(NH2)2]2+ hosil qiladi.
Yüklə 10,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin