Ko‘p ishlatiladigan ma’lumot modellarining uchta asosiy turlari relyatsion, ierarxik va semantik( tarmok) lardan foydalaniladi



Yüklə 26,63 Kb.
səhifə1/2
tarix17.06.2023
ölçüsü26,63 Kb.
#131724
  1   2
2.2.


2.2. Mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati uchun ma’lumotlar
modelini ishlab chiqish va uni asoslash.

Yuqorida keltirilganidek(2-bob, 2.1. bo‘lim) MFY tuzilmasiga binoan egallab turgan lavozim egalari(MFY raisi, uning maslahatchilari va kotib) vazifalari asosida tayyorlangan hujjatlar zamirida ma’lumotlar modeli tayyorlanadi, chunki MFY faoliyati hujjatlari asosidagi ma’lumotlarni kompyuterda qayta ishlash uchun va uni ma’lum vazifalarini amalga oshirishda, yuqorida keltirilgan hujjatlar qamrab olgan rekvizitlarni majmuasi sifatidagi munosabat – jadval ko‘rinishidagi MFY faoliyatini aks ettiruvchi ma’lumotlar modeli yoki boshqacha aytganda "Ma’lumotlarni tasavvur etish modeli"ga ega bo‘lish kerak. Umuman ma’lumotlar modeli quyidagi ko‘rinishda bo‘ladilar: ierarxik; tarmoq; relyatsion. Bundan tashqari keyingi paytlarda amalda quyidagi modellar ham keng qo‘llanilmoqda: postrelyatsion; ko‘po‘lchovli; ob’ektga mo‘ljallangan(ob’ektno-orientirovannaya).


Shu tariqa keyingi paytlarda ilmiy tarzdagi murakkab tizimlar loyihalashtirilishi munosabati bilan quyidagi modellar ham ishlab chiqilyaptiki, bu modellar yuqorida keltirilgan modellarni to‘ldirib, imkoniyatlarini yanada oshiradi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: ob’ektda relyatsion model; deduktiv ob’ektga mo‘ljallangan model; semantik ; konseptual; mo‘ljallangan modellar va boshqalar kiradi.
Ko‘p ishlatiladigan ma’lumot modellarining uchta asosiy turlari relyatsion, ierarxik va semantik( tarmok) lardan foydalaniladi.
Dastur yordamida ishlashga kirishishdan oldin ma’lumotlarni tasvirlash modelini tanlab olish kerak. U quyidagi talablarga javob berishi lozim: axborotni ko‘rgazmali tasvirlash; axborotni kiritishda soddalik; axborotni izlash va tanlashda qulaylik; kompyuterga kiritilgan boshqa kiritilgan ma’lumotdan foydalanish imkoniyatining mavjudligi. Shunday ob’ekt ustida biror amal (ish) bajarsa bo‘ladi.
Relyatsion (lotin tilidagi relation — munosabat so‘zidan olingan) modelda ma’lumotlarni saqlash uni tashkil etuvchi qismlari orasidagi munosabatlarga asoslangan. Eng sodda holda u ikki o‘lchovli massiv yoki jadvaldan iborat bo‘ladi. Murakkab axborot modellari ana shunday jadvallarning o‘zaro bog‘langan to‘plamidan iborat.
Ma’lumotlarning ierarxik modeli pastki pog‘onadagi yuqori pog‘onadagiga bo‘ysinish tartibida joylashgan elementlar tuplamidan iborat bo‘ladi va ag‘darilgan daraxt(graf)ni tashkil etadi. Ushbu model sath, tugun, boglanish kabi parametrlar bilan tavsiflanadi. Uning ishlash tamoyili shundayki, quyi sathdagi bir nechta tugunlar bog‘lanish yordamida yuqoriroq sathdagi bitta tugun bilan bog‘langan buladi. Tugun — bu ierarxiyaning berilgan sathida joylashgan elementning axborot modelidir.
Ma’lumotlarning semantik tarmoq modeli ierarxik modelga o‘xshashdir. U xam tugun, sath, boglanish kabi asosiy parametrlarga ega. Lekin semantik tarmoq modelida turli sathdagi elementlar orasida «erkin», ya’ni «xar biri hamma bilan» ma’noli bog‘lanish kabul kilingan.
Relyatsion ma’lumotlar modeli jadval tuzilmasiga ega. Unda ma’lumotlar adresi satr va ustunlar kesishmasi bilan aniklanadi. Ma’lumotlar modelini jadval ko‘rinishi ma’lumotlar bazasini(MB) tashkil etib, ustunlar — maydonlar, satrlar esa yozuvlar deb ataladi. Maydonlar MBning tuzilmasini, yozuvlar esa, unda joylashgan ma’lumotlarni tashkil etadi.
Maydonlar — MB tuzilmasining asosiy elementlaridir. Ular ma’lum xususiyatlarga ega buladilar. Uar kanday maydonning asosiy xususiyati uning uzunligidir. Maydon uzunligi undagi belgilar soni bilan ifodalanadi.
Maydonning yana bir xususiyati, uning nomidir. Maydonda uning nomidan tashkari yana imzo xususiyati xam mavjud. Imzo — ustunning sarlavxasida aks ettiriladigan axborotdir. Uni maydon nomi bilan aralashtirib yubormaslik lozim. Agar imzo berilmagan bulsa sarlavxada maydon nomi yozib kuyiladi. Turli tipdagi maydonlar turli maksadlarda ishlatiladi va turli xossalarga ega buladi.
Ierarxik modelni ustunliklari shundan iboratki, EHM xotirasidan unumli foydalaniladi. Kamchiligi esa, axborotlarni qayta ishlash keng masshtabda olib boriladi. Tarmoq modellarida pastki bo‘g‘inlarda ma’lumot elementlari orasida aloqalar bo‘lgani uchun tizimda murakkab aloqalarni yuzaga keltiradi, bu esa dasturlashda qiyinchiliklarni keltiradi.
MFY faoliyatidagi ma’lumotlar odatda jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Shuning uchun ham bizni ob’ektimiz(Mahalla fuqarolari yig‘ini faoliyatiga doir hujjatlarni qayta ishlovchi va tahlil qiluvchi dastur ta’minotini yaratish(Namangan shahar mahalla fuqarolar yig‘ini misolida) eng qulay ma’lumotlar modeli ko‘rinishida - relyatsion, ya’ni, jadval ko‘rinishidagi model sifatida shakllantiramiz. Bu turdagi modelda meyorlashtirish usuli orqali kompyuter xotirasidan unumli foydalanish imkoniyati mavjud. MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolar holi hayotiga doir ijtimoiy holatlarni ma’lumotlar orqali aks ettirish o‘ta qulaydir va tushunarlidir. Shu sababli Mahalla fuqarolari yig‘ini faoliyatiga doir hujjatlar asosida ma’lumotlarni qayta ishlovchi va tahlil qiluvchi dastur ta’minoti uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar modeli jadvallar ko‘rinishida bo‘ladi. Ularning keyingi bo‘limlarda batafsil bayon etamiz.
Ma’lumotlar modelini yaratish jarayonida, foydalanuvchi ma’lumotlarni turli belgilar buyicha tartiblashga va belgilarning turli birikmalari buyicha zarur ma’lumotlarni (tanlanmani) tez topish uchun imkoniyatlar yaratilishiga harakat kiladi. Bu ishlarni ma’lumotlar strukturalangan (aniq tarkib rekvizitlaridan tuzilgan) holdagina bajarish mumkin.
Strukturalash — bu ob’ektlar va ma’lumotlarning o‘zaro bog‘lanishini tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir.
Ma’lumotlar modelidagi maydonlar(ko‘rsatkichlar) bir-biri bilan bog‘lilikda ekanligi va ular ichidan birlamchi kalit vazifasini o‘tovchi maydonni aniqlash lozimligi kelib chiqadi. Birlamchi kalit(munosabatlar kaliti, kalitli atribut) deb shunday atributga aytiladiki, u har bir yozuvga belgi sifatida bir ma’noni anglatadi.
Yuqorida keltirilganlarni tartiblashtirish, jadvalga solish hamda modelni tashkil qilish maqsadida, quyidagi hujjatlar asosida ma’lumotlar modelini tuzamiz:
1.Ariza va shikoyatlarni qayd etish daftari.
2.Ma’lumotnomalarni qayd etish daftari.
3.Tavsifnoma va xorijga chiquvchilar uchun berilgan varaqani qayd etish daftari.
4. Mahalla fuqarolari yig‘iniga tushgan hujjatlarni qayd etish daftari.
5. Mahalla fuqarolari yig‘inidan chiqadigan hujjatlarni qayd etish daftari.
6. Mahalla fuqarolari yig‘ini raisiga tushgan arizalarni qayd etish daftari(16-18 yoshgacha bolasi bor Fuqarolarga to‘lanadigan nafaqalar).
7. Mahalla fuqarolari yig‘ini raisiga tushgan arizalarni qayd etish daftari(2 yoshgacha bolasi bor ishlamaydigan onalarga to‘lanadigan nafaqalar).
8. Mahalla fuqarolari yig‘ini raisiga tushgan arizalarni qayd etish daftari(kam ta’minlangan Fuqarolarga moddiy yordam puli).
9. Mahalla fuqarolari yig‘iniga yuqori tashkilotlardan tushgan hujjatlarni qayd etish daftari.

Mahalla fuqarolari yig‘ini faoliyatiga doir yuqorida keltirilgan hujjatlar asosida tuzilgan model asosidagi ma’lumotlar kompyuterga kiritish uchun tayyorlanadi.


Ma’lumotlarni relyatsion modeli konsepsiyasi 1970 yilda Ye.F. Kodd tomonidan taklif qilingan.
1-jadvalni, ya’ni birinchi ma’lumotlar modelini( Rasm – 2.2.1) - Ariza va shikoyat(Tartib raqami; Sana; Familiya ismi sharifi; Turar joyi, manzili; Ariza va shikoyatni bajarish muddati; Ariza va shikoyatni bajaruvchi mas’ul shaxs; Izoh;).

1-Jadval
Ariza va shikoyat





Sana

Familiya ismi sharifi

Turar joyi, manzili

Ariza va shikoyat mazmuni

Ariza va shikoyatni bajarish muddati

Ariza va shikoyatni
bajaruvchi mas’ul shaxs

Izoh

Rasm -2.2.1. Ariza va shikoyatlarni qayd etish daftari mazmuni.


Ikkinchi ma’lumotlar modeli(Rasm - 2.2.2. ) - Ma’lumotnoma(Tartib raqami;Sana;Familiya Ismi Shar ifi; Turar joyi, manzili; Uy telefoni; Ma’lumotnoma talab etgan tashkilot; Imzo).


2-Jadval
Ma’lumotnoma

Kod



Sana

Familiya Ismi Sharifi

Turar joyi, manzili

Uy telefoni

Ma’lumotnoma talab etgan tashkilot

Imzo

Rasm - 2.2.2. Ma’lumotnomalarni qayd etish daftari.

Uchinchi ma’lumotlar modelini(Rasm -2.2.3.) - Uchinchi ma’lumotlar modelini- Tavsifnoma(Tartib raqami;Sana;Familiya Ismi Sharifi; Turar joyi, manzili; Uy telefoni; Tavsifnoma va xorijga brish uchun to‘ldirilgan varaqa; Borish sababi; Imzo).


3-Jadval
Tavsifnoma






Sana

Familiya ismi sharifi

Turar joyi, manzili

Uy telefoni

Tavsifnoma va xorijga borish
uchun to‘ldirilgan varaqa

Borish sababi

Imzo

Rasm -2.2.3. Tavsifnoma va xorijga chiquvchilar uchun berilgan varaqani qayd etish daftari.


To‘rtinchi ma’lumotlar modelini(Rasm -2.2.4)- Hujjat Kirish(Tartib raqami;Sana;MFYga tushgan hujjatlarni qayd etish; Hujjatlarning mazmuni; Bajarish muddati; Mas’ul shaxs; Izoh).


4-Jadval
Hujjat Kirish








Sana

MFYga tushgan hujjatlarni qayd etish

Hujjatlarni mazmuni

Bajarish muddati

Mas’ul shaxs

Izoh

Rasm -2.2.4. Mahalla fuqarolari yig‘iniga tushgan hujjatlarni qayd etish daftari.


Beshinchi ma’lumotlar modelini(Rasm -2.2.5)- Hujjat Chiqish(Tartib raqami;Sana;MFYga chiqqan hujjatlarni qayd etish; Hujjatlarning mazmuni; Bajarish muddati; Mas’ul shaxs; Izoh).


5-Jadval
Hujjat Chiqish







Yüklə 26,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin