Nabiyev Hurmatillo
Reja
Rasmiy ish uslubining umumiy belgilari. Rasmiy ish uslubining umumiy belgilari. Mustaqillik yillarida rasmiy-idoraviy ish uslubida ro’y bergan o’zgarishlar
Rasmiy uslub
Rasmiy uslub asosan xuquqiy –ma'muriy munosabatlar soxasi uchun xizmat qiladi.U idoralar, kishilar, davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Farmon berish, da'vat etish va majburiylik ohangi kuchli bo‘ladi.
Rasmiy-idoraviy hujjatlarning tayyor andozalari ishlab chiqilgan bo‘ladi. Mazmuni aniq va ayon bo‘lib, yozma nutq shaklida amal qilinadi. Ortiqcha izoh va takrorlar bo‘lmaydi. Tasviriylik va majoziylikdan mahrum bo‘ladi. Bu uslubda xolis baholash, qat'iy undash,buyurish ohangi ustuvor bo‘ladi. Rasmiy yozishma va xujjatlar uslubi iqtisodiy, yuridik va diplomatik munosabatlarda, davlat idoralari, sudlar, savdoga doir o‘zaro muamolarda aloqa qilish uchun ishlatiladi. Shunga kura, bu usulda yuridik qonun moddalari, diplomatik murojaatnomalar- notalar, hukumat idoralarining qarorlari, instruksiyalar, buyruqlar, shartnomalar rasmiy e'lon va xabarlar, yozishmalar va shu kabi xujjatlar yoziladi.
Idoraviy yozishmalarga oid qogozlar, chunonchi, spravka, tilxat, chaqiriq xati, tushuntirish xati, taklifnomalar qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Tildagi muayyan nutqiy shtaplar, qat'iy odat tusiga kirib yozishmalarga xos xususiyatlar sanaladi.
Harbiy hujjatlarda bevosita harbiy ishlarda hamda harbiy texnikada ishlatiladigan maxsus terminlar juda ko‘p uchraydi.Rasmiy uslubning boshqa turlaridagi singari harbiy hujjatlarda ham so‘zlar, asosan, o‘zining aniq to‘g‘ri ma'nosida ishlatiladi.
Harbiy hujjatlar tili ham, asosan, rasmiy uslubning qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Harbiy hujjatlargatartib belgilovchi qoidalar majmui bo‘lmish ustavlar, qurol aslahalarga oid qo‘llanmalar, buyruq, farmoyishlar kabi hujjatlar kiradi. Maxfiy ma'lumotlar berishda turli xil qisqartmalarning ishlatilishi harbiy hujjatlarning eng muhim belgilaridandir.
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari
Badiiy tasvir vositalari bo’lmaydi;
Uysub leksikasi kitobiy va xolis so’zlardan iborat bo’ladi;
Uslubda professional tereminologiya mavjud bo’ladi;
Hujjatlar matni turg’unlashgan, qoliplashgan so’z birikmalaridan ko’proq foydalaniladi;
Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka raxbar noimidanm yoziladigan farmoiyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo’ladi. Shuningdek ayrim, shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqwa hujjatrlar esa yo birinchi shaxs ko’plik sonda yoki uchiinchi shaxsa birlik sonda rasmiylashtriladi
Hujjatning axborot tizimi aniq, mukkammal fikr mantiqan teran bo’lishiu shart
Hujjat mantda abzalslar tizimiga qat’iy rioya etiladi;
Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo’q qo’yilmaydi
Tilga olinayotgan klishilar o’z nomi bilan atalmasdan, buning o’rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.k
Noaniqlikka yo’q qo’ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtiriladi.
Quyidagi grammnnatik xususiyuatlar mavjud
Rasmiy ish uslubi asos e'tibori bilan idoraviy yozishma va xujjatlarda qo‘llaniladi. Bu uslub materiali nihoyatda xilma-xil. Uning doirasi kengdir. Ariza, tilxat, farmonlar, qo‘shma bayonotlar, firqa va davlatlar orasidagi bitimlar, hisobchilik hujjatlari va huquqiy hujjatlar – mana shu xilma-xil ko‘rinishdagi materiallar rasmiy uslubga mansubdir. Bu uslub materiallarining bayonida ham, grammatik qurilishida ham, leksik tarkibida ham bir qancha o‘ziga xos belgilar mavjud.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, rasmiy uslub ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiladi. Davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e'lonalr va rasmiy yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Rasmiy uslub hujjat matnining darak xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma'noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasligini, fe'lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi.