Ko‘p qavatli muhit



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#114661
  1   2
VAMEBBrXXxR3DtojXSQgu1gdn6Bi73nRG0NPLnBA



Mavzu yuzasidan mashq va topshiriqlar 
1-topshiriq.
Multimedia 
Multmedia (multimedia) atamasi, “ko‘p qavatli muhit” ma’nosini 
bildiradi, multimediali texnologiya esa bu dasturli va texnik moddiy ta’minot 
asosida kompyuterda bir vaqtning o‘zida matnli tasviriy axborotlarni tovushli-
ovozli, rangli, harakatga keltirilgan holda ifodalash imkoniyati demakdir. Hozirgi 
kunda tilshunoslik fanlarini o‘rganishda birgina darslik, o‘quv qo‘llanma va ma’ruza 
matnlari bilan cheklanmasdan, shu fan sohalariga oid multimediali yoki animatsiyali 
o‘quv ko‘rsatuvlar va elektron darsliklar yaratish tilshunoslik sohalarini chuqurroq 
o‘rganish uchun aniq imkoniyatlarni vujudga keltiradi. 
Bu esa talabalarning tilshunoslik fanlariga bo‘lgan ilmiy salohiyatini, 
fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishga katta yordam beradi. Shuning uchun “Tilning 
kelib chiqishi”, “Tillarning genealogik tasnifi”, “Tillarning morfologik tasnifi”, 
“Turkiy xalqlar va turkiy tillar” singari tilshunoslikka doir qator mavzularni pishiq-
puxta o‘rganib, ana shu mavzularni o‘tishga doir elektron yoki multimediali 
darsliklar yaratish lozim bo‘ladi.
Tilshunoslik fanlarini o‘tish bo‘yicha to‘plangan ilg‘or tajriba va 
kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, tilshunoslik sohalariga doir yaratiladigan elektron 
darsliklar sodda, tushunarli va eng muhimi, ilmiy-ommabop xarakterda bo‘lishi 
kerak. Shu o‘rinda kompyuter texnologiyasi yordamida izchil va muntazam ravishda 
ishlangan elektron darsliklar tilshunoslik sohalari bo‘yicha talabalarning bilim 
doirasini kengaytirishda yaxshi natija beradi. Ayniqsa talabalarimiz “Turkiy 


filologiyaga kirish” fanidan “Turkiy tillarning tasnifi”, “Turkiy tillarning Rossiyada 
o‘rganilishi”, “Moskva, Qozon, Peterburg turkiyshunoslik maktablari”, “Turkiy 
tillarning Yevropada o‘rganilishi” kabi mavzularga oid bilim va ko‘nikmalarni 
egallashda kafedrada shu fan bo‘yicha yaratilgan elektron darslik materiallariga tez-
tez murojaat qilmoqdalar.
Tilshunoslik bo‘yicha yaratilayotgan elektron va multimediali darsliklarda til 
birliklari (nutq tovushi, o‘zak, morfema, so‘z, so‘z birikmasi va gap kabi) ning 
asosiy ko‘rinishlari obrazli qilib ekranga chiqarilishi, ularning mohiyat va mazmuni 
muammoli bo‘lishi lozim. Tilshunoslikka oid har qanday elektron darslikning asosiy 
maqsadi talabalarda lingvistik tushunchalarni shakllantirish va to‘ldirishga 
yo‘naltirilgan bo‘lishi zarur. Shu o‘rinda, bizningcha, tilshunoslik bo‘yicha ma’ruza 
darslarini o‘tish bilan birgalikda til bo‘yicha amaliyot darslarini ko‘proq kompyuter 
texnologiyalari yordamida o‘tish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki “Tillar 
tasnifi”, “Tillar va xalqlar” singari mavzular bo‘yicha amaliyot darslarini o‘tish 
vaqtida Autocad, Fotoshop, Yexcel va boshqa dasturlar yordamida tilshunoslik, 
tillarning sotsiolingvistik tasvifiga oid olingan yangi ma’lumotlarni tahlil qilish va 
qayta yaratish imkoniyatlaridan keng foydalanish mumkin bo‘ladi. Buning 
natijasida talabalar jahonda tillarning geografik tarqalishi, ayrim tillarning ikki yoki 
undan ortiq mamlakatlar uchun rasmiy davlat tili (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, 
ispan tili kabilar) va Kuba, Avstriya, Avstraliya, AQSh, Kanada kabi mamlakatlarda 
boshqa xalqlarning tillari milliy til sifatida xizmat qilayotganligi kabi muhim 
ma’lumotlarni kompyuter orqali topib aniqlaydilar, shu asosda jahonda slavyan, 
eron, roman, german, turkiy, oltoy tillarining tarqalishi, bu tillarda gaplashuvchi 
aholi soni to‘g’risidagi ma’lumotlarni Excel dasturi orqali diagramma shaklida 
yaratish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Matn yuzasidan topshiriqlar: 
1. Manba matnlarining asosiy ma’lumotlarini siqilgan shaklda taqdim 
eting. 
2. Matndan tayanch so‘zlarni aniqlab, ko‘chirib yozing. 


3. Matndagi terminlarni aniqlang, ularni sohalari bo‘yicha guruhlarga 
ajrating. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin