Ko‘p qavatli muhit



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix16.05.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#114661
1   2
VAMEBBrXXxR3DtojXSQgu1gdn6Bi73nRG0NPLnBA

2-topshiriq. Venn diagrammasidan foydalanib oddiy, asosiy va murakkab 
tezis turlarini taqqoslang hamda tahlil qiling.
3-topshiriq. Quyidagi qurilmalar asosida gaplar tuzing va shu gaplar 
asosida matn yarating. 
Kim? xabar yetkazadi 
Kimga?  
Kim? qabul qiladi 
Kimdan? 
Qachon? yig’ilishi bo‘ladi (o‘tkaziladi) 
Nima?
Kim? 
qatnashishi shart (tayyorgarlik ko‘rishi) 
Nima uchun? 
 
4-topshiriq.
EDISON TOMAS ALVA
oddiy
murakk
ab
asosiy


Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo 
va fizikaga oid kitoblarni sevardi. 
Ilmiy jurnallardan birining muharriri xonasiga baland bo‘yli kishi kirib, yozuv 
stoli ustiga mo‘’jazgina apparatni qo‘ydi: 
— Janob, yangi ixtiro bilan tanishishni istaysizmi? 
Ixtirochi shunday deb apparatning dastasini aylantira boshlagan edi, 
apparatdan yoqimli bolalar qo‘shig’i eshitila boshladi. Muharrir hayratdan orqaga 
tisarildi. Bu ixtirochi – Tomas Edison edi. Ertasi kuni gazetalar «Menloparklik 
sehrgar»ning yangi g‘alati ixtirosi haqida xabar qildi. Ixtirochining Nyu-York 
(AQSh) yaqinidagi — Menloparkdagi laboratoriyasiga odamlar to‘da-to‘da bo‘lib 
kela boshladi. Tovushni yozib olish va uni qayta eshittirish uchun Edison ixtiro etgan 
apparat yaratilgan davrda insonning ovozini yozib olib, qayta eshittirish hali hech 
kimning xayoliga ham kelmagan edi. Bu apparat barcha grammofonlar, 
patefonlarning ajdodi, magnitofon va ovozli kinoning «bobosi» edi. Tovushni yozib 
olish hayotga ana shu yo‘sinda kirib keldi. Bu voqea 1877-yilda sodir bo‘lgan edi. 
Tomas Alva Edison bolalikdan kitob o‘qishga juda qiziqardi. Ayniqsa, kimyo 
va fizikaga oid kitoblarni sevardi. U kitoblarni shunchaki o‘qib qo‘ya qolmas, balki 
kitobdan olgan bilimlarini tajribada tekshirib ko‘rishga harakat qilardi. Tajriba 
o‘tkazish uchun mablag‘ kerak edi, shu boisdan yosh Edison poyezdlarda gazeta 
sotuvchi bo‘lib ishladi. Poyezdning bagaj vagonida laboratoriya jihozlab, u yerda 
tajribalar o‘tkazdi. 


Keyinchalik Edison telegraf ishini o‘rganib, telegrafchi bo‘lib oldi. Yigitcha 
bo‘sh vaqtini va pulini asosan kitob, asbob-uskunalar, kimyo preparatlari uchun 
sarfladi. Tez orada Edison AQSh Kongressidagi ovozlarning avtomatik 
hisoblagichini ixtiro etdi. Bu aqlli va murakkab mashina hech kimni qiziqtirmadi. 
Ikkinchi ixtiro muvaffaqiyatliroq bo‘lib chiqdi. Bu birjadagi aksiyalar kursini 
uzoqqa uzatishga mo‘ljallangan telegraf apparati edi. Edison bu apparat uchun katta 
pul oldi. Tez orada u Menloparkdan yer sotib olib, u yerda laboratoriya tashkil etdi 
va o‘zini butunlay ixtirochilikka bag‘ishladi. 
Edison 
rus 
ixtirochisi 
A.N.Lodiginning 
cho‘g‘lanma lampasini takomillashtirdi, unga patron 
o‘ylab topdi, yoqib-o‘chirgichni, elektr energiya 
hisoblagichni, o‘tkazgichlar tizimini yaratdi. Ajoyib 
ixtirochi elektr stansiyalar uchun o‘sha davrning eng 
kuchli generatorlarini yasadi. 
Edison telegrafni ham takomillashtirdi. U bir juft sim orqali bir yo‘la ikkita 
yoki hatto to‘rtta telegramma yuborish usulini ixtiro qildi. Edison telefonni ham 
takomillashtirib, gaplashish chog‘ida ovozning baland, aniq va tiniq bo‘lishiga 
erishdi. Edison qamrovi keng ixtirochi edi. U dunyoda birinchi elektr temir yo‘lni 
qurdi, ishqorli akkumulyatorni ixtiro qildi, temir rudalarini boyitish usulini ishlab 
chiqdi. 
Edison1882-yili dunyoda birinchi marta ko‘pchilik foydalanadigan elektr 
stansiyasini ishga tushirdi. Shu davrda Tomas Edison temir yo‘llarni elektrlashtirish 
tajribalarini oxiriga yetkazdi. 
Edison AQSh va Yevropada o‘zi tomonidan qurilgan elektr stansiyalarini 
ishlatish, turli elektr asboblari, apparatlar va mashinalarni ishlab chiqarish va sotish, 
cho‘g‘lanma lampa tayyorlash va sotish bo‘yicha ulkan savdo operatsiyalarini 
amalga oshirdi. 1887-yildan umrining oxirigacha Edison Uest-Oranj shahrida 
yashadi. Bu paytda u yirik korxonalar egasi edi. Edison temir yo‘l tormozi hamda 
kinetoskopni ixtiro qildi (1887), fonografni (1889) hamda kinoga olish kamerasini 
takomillashtirdi, quyma beton uylarni qurish, sement ishlab chiqarish usullarini 


ishlab chiqdi. Tomas Edison jahonga Amerikaning buyuk elektrotexnigi, ixtirochisi, 
shuningdek bir qancha yirik elektrotexnika korxonalari va kompaniyalari asoschisi 
sifatida tanildi. Endi uning asarlari butun insoniyat mulkiga aylangan. 
Matn yuzasidan topshiriqlar: 
1. Reja asosida matn mazmunini qisqartirib so‘zlab bering. 
2. 5-6 ta sodda gaplarni ko‘chiring, ularni qo‘shma gapga aylantiring. 
3. Matnga tayangan holda jadvalni to‘ldiring.
Faoliyat ta’rifi 
Muammo
Yangilik
 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin