2: Markazlashtirilgan issiqlik ta’minoti tizim larida issiqlik binolarni isitishga, ventilatsiya va havoni konditsiyalash qurilm alarida xonalarga uzatiladigan havoni qizdirishga, issiq suv ta’minotiga, shuningdek, sanoat korxonalarida past haroratli (300-350°C gacha bo‘lgan) texnologik jarayonlarga sarflanadi.
Yil davomida issiqlikni iste’mol qilish rejimiga ko‘ra yuqorida qayd etilgan iste’molchilar ikki turga boiinadi: 1) mavsumiy iste’molchilar; 2) yil davomidagi iste’molchilar. M avsumiy iste’m olchilar issiqlikni tashqi havoning haroratiga bogMiq bo‘lgan holda sarflaydi. M asalan, isitish va ventilatsiyaga bo'lgan issiqlik yuklam alar tashqi havoning haro13 liiliga va boshqa shart-sharoitlar (quyosh radiatsivasi, shamol te/.ligi, havo nam ligi)ga bogiiqdir. Agar tashqi havoning harorati isitilayotgan xonadagi havoning haroratiga teng yoki undan yuqori b o isa, u holda isitish va ventilatsiyaga issiqlik energiyasi talab etmaydi.
Demak, isitish va ventilatsiya tizimlarida yil davomida faqat tashqi havoning past haroratlarida sarflanadi. Shuning uchun bunday iste’molchilar mavsumiy istemolchilar deyiladi. Yil davomidagi iste’molchilar issiqlikni yil davomida tashqi havoning haroratiga deyarli bogiiq boim agan holda sarflaydi. Masalan, issiq suv ta’minoti tizimlari va turli xil texnologik jarayonlarga issiqlik yuklamalar tashqi havoning haroratiga bogiiq bo'lmaydi. Shuning uchun bunday iste’molchilar y il davomidagi istemolchilar deyiladi.
Issiqlik iste’mol qilish bo‘yicha binolarni uch guruhga bo‘lish mumkin: turar joy binolari, jamoat binolari va ishlab chiqarish korxonalari. Turar joy binolari uchun isitish, ventilatsiya mavsumiy iste’moli bo'lsa, issiq suv ta’minoti yil davomidagi iste’moli boladi. Turar joy binolari uchun xonalarga havo ventilatsiya orqali hamda oyna va tashqi to’siqning tirqishlaridan kiradi.
Ko'pchilik jam oat binolarida, asosan, iste’mol mavsumiy boklib, isitish, ventilatsiya va havoni konditsiyalash uchun issiqlik sarf qilinadi. Ishlab chiqarish korxonalarida esa mavsumiy va yil davomidagi iste'moli bo‘lib, issiq suv sarflanadi. Binolarning issiqlikka boMgan talabi o‘zgaruvchan bo'lib, isitish, ventilatsiyaning issiqlik sarflari tashqi haroratga bog‘liq boladi. issiq suvga boMgan talablar esa binolarda yashaydigan odam larning issiq suv iste'mol qilish tartibiga (issiq suv akkum ulatorlarining bor-yo’qligiga) bogiiq bo'ladi. Texnologik uskunalar uchun issiqlikdan foydaianish esa uskunalarning ish tartibiga bogiiq boTadi.