Корхона хўжалик тизимининг самарадорлигию


Корхоналар фаолияти самарадорлигини оширишда замонавий стратегиялардан фойдаланиш



Yüklə 23,21 Kb.
səhifə2/5
tarix19.05.2023
ölçüsü23,21 Kb.
#117830
1   2   3   4   5
1.1 reja

Корхоналар фаолияти самарадорлигини оширишда замонавий стратегиялардан фойдаланиш

Strategiyani tavsiflash uchun korxonaning joriy holati haqida, u muayyan istiqbolda o`zini qanday tutishi kerakligi va qanday yo`nalishda istalgan maqsad tomon harakat qilishi haqida aniq tasavvurga ega bo`lishi kerak. Strategiyani ishlab chiqishga algoritmik yondashuv mavjud bo`lib, shu sababli har qanday korxona bu yo`nalishda mustaqil harakat qilishi mumkin. Masalaning nozik tomoni shundaki, har bir alohida biznesning xususiyatlari, shuningdek uning maqsadlariga erishishning o`ziga xos vositalari hech qanday yo`riqnomada berilmagan. Investor o`z mablag`larini samarali kiritishni rejalashtirish uchun korxonaning maqsadlari va imkoniyatlarining tavsifini boshqa xuddi shunday tavsiflar bilan solishtiriladigan shaklda olishi kerak. Shuning uchun korxona strategiyalarni ishlab chiqish va taqdim qilishning umume’tirof etilgan qoidalariga mos holda hujjatlashtirilishi lozim. Strategiya korxonaningning investisiyaviy jozibadorligini oshirishning vositalaridan biri bo`lib hisoblanadi va odatda keng miqyosli faoliyatni yo`lga qo`ygan yirik korxonalarda ishlab chiqiladi. Uni ishlab chiqishni muayyan obro` e’tiborga ega bo`lgan, bunday xizmatlarni ko`rsatishga ixtisoslashgan konsalting kompaniyalariga topshirish maqsadga muvofiq. Bunday maslahatchilarning ijobiy imiji strategiyaning muhimligi foydasiga jiddiy dalildir. Biroq bunday maslahatchilarning xizmati yuqori baholanadi va hammaning ham imkoniyatlariga to`g`ri kelmaydi. Masalan, faoliyatni rivojlantirish muammolariga birinchi marta duch kelgan kichik yoki o`rta korxona bunday xizmatlardan foydalana olmaydi. Bunday korxona uchun maqbul yo`nalishni belgilab olish uchun ushbu muammolarni batafsilroq ko`rib chiqamiz. Kichik va o`rta korxonalarda biznesni rivojlantirish sharoitida strategik boshqarish muammolarini taxminan quyidagicha tavsiflash mumkin: Bunday vaziyatda maqsadlarni belgilashning muayyan madaniyati hamda aksiyadorlar va menejmentning ushbu maqsadlarga erishish yo`lidagi hamjihatligi talab etiladi. Bu madaniyatning asosi – vaziyatni bilish va tahlil qila olish, maqsadlarni tavsiflash, vazifalarni taqsimlash, resurslarni ta’minlash va ularni boshqarish huquqini bo`lib berishdir. Berilgan strategik maqsadlar ro`yxatini СМАРТ12 mezonlarini hisobga olgan holda yana bir marta aniq ta’riflab berish zarur:


С Спеcифиc Har bir maqsad aniq muayyan natija sifatida bayon qilinishi zarur
М Меасурабле Maqsadni muayyan indikatorlar va standart o`lchash proseduralari yordamida o`lchash mumkin bo`lishi zarur
А Ассигнабле Maqsad asoslangan, inson yoki tashkilot uchun hayotiy muhim bo`lishi lozim
Р Реалистиc Maqsad realistik, amalga oshiriladigan bo`lishi zarur
Т Тиме-релатед Maqsad vaqt bo`yicha aniq belgilangan bo`lishi lozim
Bu tadbirlar aksiyadorlar, korxona menejerlari va maslahatchilar bilan birga olib boriladigan shaklida amalga oshirilishi mumkin. Avvalo, yuqorida ta’kidlab o`tganimizdek, har qanday korxonaning uzoq muddat mobaynida samarali faoliyat ko`rsatishi ko`pincha uning korxona salohiyatini yaxshiroq tarzda amalga oshirish imkonini beruvchi strategik yo`nalishni, ya’ni strategik rejalarni va bozordagi raqobat strategiyalarni to`g`ri tanlashiga bog`liq. Barcha korxonalar uchun yagona strategiya mavjud emas.Agarda korxonaning mavjud bozordagi raqobat strategiyalari istiqbolsizligi aniqlansa, u holda bu borada tahlil amalga oshiriladi, rivojlanishning mumkin bo`lgan strategiyalari baholanadi va tanlanadi.


Yüklə 23,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin