Yechish. Matritsalarni qo`shish qoidasiga asosan umumiy miqdor quyidagiga teng bo`ladi:
X1 +X2 = (10; 12; 8) + (5; 8; 10) = (15; 20; 18).
7. 2.4. masala shartidagi do`konlar soni ikkita bo`lsin, u holda tovarlarni keltirishni ikkata satr va uchta ustunli matritsa yordamida ifodalash mumkin. Birinchi satr 1-do`konga, ikkinchisi 2-do`konga keltirilgan mahsulotlar miqdori. Tovarlarning ikkita do`konga birinchi marta olib kelinishi quyidagi matritsa bilan, ikkinchi marta olib kelinishi esa matritsa bilan berilgan bo`lsa, keltirilgan ja`mi tovarlar miqdorini aniqlang.
8. Tarmoqdagi m ta zavod n turdagi mahsulot ishlab chiqaradi. Amxn matritsa – har bir zavodning birinchi kvartalda beradigan mahsulot hajmi, Bmxn matritsa esa zavodlarning ikkinchi kvartalda beradigan mahsulot hajmi. (aij; bij) – i - zavodning j - turdagi mahsulotdan ishlab chiqarish hajmi. Quyidagilarni aniqlang:
ikkala kvartaldagi mahsulot hajmi;
ikkinchi va birinchi kvartalda har zavodlar ishlab chiqargan tovarlar hajmi orasidagi farq;
agar bir birlik mahsulotning qiymati bo`lsa, yarim yillikda ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatini toping.
9. Bozordan 4 hafta davomida xarid qilingan 3 xil mahsulot; go`sht, guruch, yog` miqdori A matritsa va ularning narxlari esa B matritsa bilan berilgan.
To`rt hafta davomida bu mahsulotlarni sotib olish uchun sarflanadigan xarajatni aniqlang.
Yechish.
matritsalarni qaraymiz, – -haftada - turdagi xarid qilingan mahsulotning miqdori, esa - turdagi mahsulotning narxi. A va B matritsalarni ko`paytirishdan hosil bo`lgan C matritsa elementlari esa - haftada qilingan xarajatni anglatadi. Umumiy xarajat esa ga teng bo`ladi. Demak,
=
Demak, mos ravishda 1, 2, 3, 4 - haftalarda qilinadigan xarajatlar C matritsaning elementlari shaklida hosil bo`ldi. Umumiy xarajat esa 4400+5400+6800+5400 = 22000 ga teng.
10. Zavoddan yangi ishlab chiqarilgan dvigatellarning 40 %i qayta ta`mirlashga beriladi, qolgani foydalanishga chiqarib yuboriladi. Statistik ma`lumotlarga qaraganda ta`mirlangan dvigatellarning 65 %i yana qayta ta`mirlashga qaytariladi va 35%i yaxshi ishlab ketadi. Qayta ta’mirlashni talab qilmagan dvigatellarning 20%i 1 oydan keyin qayta ta`mirlashni talab qiladi. Qolgani esa yaxshi ishlab ketadi. 2 oydan keyin yaxshi ishlab ketadigan va qayta ta’mirlash kerak bo`lgan dvigatellar qismini aniqlang. Masala sharti xuddi shu tarzda davom etsa 3 oydan keyingisini ham aniqlang.
Yechish. Ishlab chiqarilgandan keyin barcha dvigatellarning 0,6qismi yaxshi ishlaydi, 0,4 qismi esa qayta ta`mirlashni talab qiladi. Bir oydan keyin yaxshi ishlab ketadigan dvigatellar ulushi 0,6Ч0,8+0,4Ч0,35 = 0,62 ni, qayta ta’mirlanishi kerak bo`lgan dvigatellar ulushi esa 0,6Ч0,2+0,4Ч0,65 = 0,38 ni tashkil etadi. t–holatdagi aniqlikni beruvchi Xt qatorni kiritamiz. Xt = ( x1t;x2t), bunda x1t – t - momentdagi yaxshi ishlab ketadigan dvigatellar ulushi. x2t - t momentdagi qayta ta`mirlanishi kerak bo`lgan dvigatellar ulushi. Quyidagi matritsani qaraymiz;
bunda aij – dvigatellar ulushi, i – dvigatellar holati (ishlab ketishi yoki yo`qligi: 1- yaxshi ishlab ketadi, 2- ta`mirlash kerak), j - bir oydan keyingi holati. Ko`rinib turibdiki, matritsaning qatoridagi elementlari yig`indisi 1 ga teng bo`lishi kerak va barcha elementlar nomanfiy.
;
bir oydan keyin
X1 = X0A = = ;
ikki oydan keyin
X2 = X1×A = X0×A2 = × × = = × =(0,629 ; 0,371),
X3 = X2×A = X0A3 = . Umumiy holda Xt = X0×At formula o`rinli.
Matritsani transponirlash – A matritsadan satrlari va ustunlari o`rni almashgan A׳ matritsaga o`tishdir. A ׳ matritsa A matritsaga nisbatan transponirlangan deyiladi.
Ta’rifdan kelib chiqadiki, agar A matritsani o`lchami m n bo`lsa, u holda transponirlangan matritsaning o`lchami n m bo`ladi.