Tayanch iboralar: model, afzallik, klassik, nolikvid bozor, investor, insayder, struktura, tendensiya, globallashuv, halollik, andoza. Nazorat savollari Korporativ boshqaruvning milliy modeli qanday?
Korporativ boshqaruv milliy modelining rivojlanishidagi mavjud muammolar nimalardan iborat?
0‘zbekistonda korporativ boshqaruvning shakllanishida mavjud muam- molarni ayting.
Jahon bankining ta’rifiga ko‘ra, samarali korporativ boshqaruvga xos bo‘lgan jihatlami ayting.
O‘zbekistonda korporativ boshqaruv rivojlanishining zamonaviy ten- densiyalarini ayting.
IZOHLI LUG‘AT
Agent ~ shartnoma asosida «agentlik to‘lovi»ga amal qilgan holda boshqa shaxsning topshirig'iga ko'ra birinchi hisob raqamdan ikkinchi hisob raqamga pul o'tkazish operatsiyalarini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxsdir.
Anderrayter —shaxs yoki tashkilot ko'rinishida bo'lib, u qimmat- baho qog'ozlarni, ya’ni yangi chiqarllgan aksiya va obligatsiyalami investorlarga sotishda javobgarlikni va kafillikni o'z bo'yniga oladi.
Asimmetrik axborot - birinchi guruh yetarli darajadagi axborotga ega bo'lishi, boshqa gunuhning axborotlaiga ega bo'hnaslik holati.
Autsayder — korporatsiya va uni boshqarishda qatnashmaydigan, «Mustaqil direktor» bo'lmagan, korporatsiyaning ishchisi bo'lmagan lekin korporatsiyaning aksiyasiga ega bo'lgan shaxs.
Affillangan shaxs —korporatsiyaning faoliyatiga o'z ta’sirini o'tkaza oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs.
Aksioner kapitali — aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini emissiya qilish yo'li bilan shakilantirgan kapitali.
Aksiyadorlik jamiyatining muassislari — aksiyadorlik jamiyatini tuzish to'g'risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar.