Mahsulotni sotishdan olingan yalpi foyda — sotishdan olingan sof tushum bilan sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi o'rtasidagi tafovut.
Moliya sanoat guruhlari (MGS) — MGS tashkil etish haqida shartnoma imzolagan, yuridik shaxs huquqiga ega xo'jalik subyektlari majmui. Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish sohasida amal qiluvchi strukturalar va moliyaviy struktura mavjud bo'Iishi shart. Davlat ro'yxatidan o'tkazilishi shart.
Majoritar aksiyador —kompaniya ustidan nazorat qilish uchun yirik aksiyalar paketi egalari.
Minoritar aksiyador — kompaniya tijorat va siyosiy masalalarini hal etishda etarsiz aksiyalar paketiga ega shaxslar.
«Oltin aksiya* — bu ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda 1 davlat ishtirokining maxsus huquqi bo‘lib, u strategik ahamiyatga ega bo'lgan davlat korxonalari xususiylashtirilayotganda yoki aksiyadorlik jamiyatlarining davlat aksiya paketlari xususiy mulk etib realizatsiya qilinayotganda 0‘zbe- kiston Respublikasi Hukumatining qaroriga asosan joriy qilinadi va mamlakatning iqtisodiy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi.
Sindikat — bir turdagi mahsulot ishiab chiqarish korxonalarining o‘z mahsulotlarini yagona savdo tarmog1 i orqali sotishni tashkil etish maqsadida tuziigan korporativ birlashma.
Trest — turli tashkilotlar umumiy ishiab chiqarish majmuiga birla- shadigan tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan birlashma. Bunda ular aksiyalar nazorat paketini yoki ishonch asosidagi shartnomani ishonch asosidagi kengashga berib, yuridik, ishiab chiqarish va tijorat mustaqilligini yo'qotadi.
Xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda (yoki zarar) — buasosiy faoliyatdan olingan foyda summasi plus moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan daromadlar va minus zararlar.
Xolding — Bosh korxonalarning aksiyalar nazorat paketiga ega bo‘lgan va ularga nisbatan belgilangan funksiyalarni bajaruvchi xo'jalik jamiyati shaklidagi yuridik shaxs (sof xolding, ma’muriy xolding, moliyaviy xolding va hokazo)