Korporativ boshqaruv” kafedrasi fakulteti


II Bob Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari



Yüklə 152,74 Kb.
səhifə5/7
tarix24.12.2023
ölçüsü152,74 Kb.
#191781
1   2   3   4   5   6   7
BOZOR IQTISODIYOTI UNING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH SHART 1

II Bob Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari.
2.1. O`tish davrining mazmuni. Bozor iqtisodiyotiga o`tish yo`llari.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o‘zgartirishdan iboratdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri - ma’muriv-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarni shakllantirish jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davrdir.
1980-1990-yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan kо‘rib chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. Chunki, bu vaqtga kelib g‘arb mamlakatlarida uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqti­sodiy tartibga solish, ya’ni iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga so­lish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi yo’llarini qidirib topish zarur bo’lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo’li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo’lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoilari (modellari) xilma- xil bo’lib, ulaming umumiy va xususiy tomonlari farqlanadi.
Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o’tishning barcha yo’llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo’linadi:

  1. rivojlangan mamlakatlar yo’li;

  2. rivojlanayotgan mamlakatlar yo’li;

  3. sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’li.

Bu yo’llar turli tuman va har xil bo’lishiga qaramay ularda umu­miylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, bu yo’llarning hammasi bozor iqtisodiyotiga o‘tishni maqsad qilib qo‘yadi va maz­kur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qilish mexanizmi ko‘p ji­hatdan umumiy bo’ladi. Shu bilan birga har bir yo’lning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarmi shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo’lishidan kelib chiqadi. Masalan, bozor munosabatlariga o‘tishning rivojlan­gan mamlakatlar yo’lida oddiy tovar xo‘jaligidan erkin raqobatga asoslangan klassik yoki erkin bozor iqtisodiyotiga va undan hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga o‘tiladi.
Mustamlakachilikdan ozod bo’lib, mustaqil rivojlanayotgan mamlakatlaming bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’lining xususiyati - bu qoloq, an’anaviy iqtisodiyotdan erkin bozor iqtisodiyotiga o’rishdir. Nihoyat, sobiq sotsialistik mamlakatlar yo’lining muhim belgisi markazlashtirilgan, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodi­yotdan hozirgi zamon rivojlangan bozor tizimiga o‘tishdan iboratdir. Bu yo’lning boshqa yo’llardan farqi shundaki, totalitar iqtisodiyotning bozor iqtisodiyoti bilan umumiyligi yo‘q, ular batamom bir-biriga zid. Shu bilan birga ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga o‘tayotgan mamlakatlaming o‘zi o‘tish sharoitlari, iqtisodiy rivojlanish darajasi, mulkchilik va xo’jalik yuritish shakllari bilan bir-birlaridan farqlanadi.
Hozirda uzoq davr mobaynida ijtimoiy xo‘jalikni ma’muriy buyruqbozlik prinsiplari asosida yuritib kelgan, keyinchalik ularga bozor mexanizmlarini uyg‘unlashtirish orqali o'ziga xos otish yo’lini yaratgan mamlakatlar tajribasini ham alohida ko'rsatish mumkin. Jumladan, Xitoy, Vetnam kabi ilgari faqat ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlar bugungi kunda tub islohotlar orqali samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish borasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar. Bulaming barchasi bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’llarining o‘ziga xos xususiyatlaridir.
Jahon tajribasi ko‘rsatishicha, bozor iqtisodiyotiga revolyusion yo’l bilan, ya’ni jadal usulda yoki evolyusion yo’l bilan, ya’ni bosqichma-bosqich o‘tish mumkin. Birinchi holda, tub islohotlami o‘tkazish, avvalgi tizimni va tarkib topgan iqtisodiy munosabatlarni birdaniga va batamom sindirish ya’ni, to‘ntarish yasash talab etilib, « karaxt qilib davolash » usuli (« shokovaya terapiya ») deb nom oldi. Eski iqtisodiy munosabatlarni bosqichma-bosqich yangi bozor mu­nosabatlariga aylantira borib, larzalarsiz, shikastsiz samarali bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish mumkin. Islohotlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, evolyusion yoi kamroq ijtimoiy larzalarga olib keladi, ancha izchil va muqarrardir.
Tartibga solinadigan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo’llarigina emas, balki uning andozalari ham xilma-xildir. Eng avvalo, ular shunday bozor iqtisodiyoti vujudga keltirilayotgan va amal qilib turgan mamlakatlam­ing milliy xususiyatlari va an’analari bilan farq qiladi. Shu boisdan bozor iqtisodiyotining ma’lum andozalari ularni amalga oshiruvchi muayyan mamlakatga mansubligiga qarab ajratiladi. Masalan, Germaniya, Janubiy Koreya, Turkiya, Argentina, Polsha andozalari va hokazo.
Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan hozirgi zamon bozor iqti­sodiyotiga o‘tishning zarurligi iqtisodiy o‘sish ekstensiv omillaridan foydalanish imkoniyatlarining tugab borishi bilan notovar iqtisodiyotning amal qilish layoqatining pasayishi orqali ifodalanadi.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi ikkila muhim kamchilikka ega:

  1. uning moslashuvchan emasligi, ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga juda sekinlik bilan moslashib borishi;

  2. mehnatkashlarda moddiy qiziqish va xo‘jalik yuritish tashabbuskorligining yo‘qligi oqibatida samaradorlikning o‘ta darajada pa­sayib ketganligi.

Ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ko‘plab mamlakatlarda umumiy tendensiyaga ega. Bu jarayon iqtisodiyotni erkinlashtirish, chuqur institutsional (eng avvalo, mulk­chilik munosabatlarida) tub o‘zgarishlami o‘z ichiga oladi, biroq, bir vaqtning o‘zida moliyaviy barqarorlashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirilishini taqozo etadi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimini o‘zgartirish mazkur tizim asosining o‘zgarishim hamda uni sifat ji­hatidan farq qiluvchi bozor tizimiga almashtirilishini anglatar ekan, bunday turdagi o’zgarishlami tizimiv islohotlar deb atash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O’tish davrida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy yo’nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
Iqtisodiyotni erkinlashtirish. Erkinlashtirish - bu xo‘jalik hayotining barcha sohalaridagi to‘siq hamda cheklovlarni, shuningdek, davlat nazoratini keskin ravishda qisqartirish yoki bekor qilishga yo’naltiriIgan chora-tadbirlar tizimidan iborat.
Markazlashgan ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda maqsad bir xil bo’lsada, turli mam­lakatlar turli yo’llarni tanlashlari mumkin. Yuqorida ta’kidlanganidek, bir tizimdan ikkinchi tizimga oiishning revolyusion va evolyusion yoilari mavjud. Polsha, Chexoslovakiya, Rossiya va boshqa ayrim mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga o‘tishning revolyusion yo’lni, birdaniga katta to'ntarishlar qilish yoiini tanladilar. O‘zbekistonda esa o‘ziga xos madaniy, tarixiy, iqtisodiy va tabiiy xususiyatlami hamda bu yo’ldagi jahon tajribasini hisobga olgan holda revolyusion to‘ntarishlarsiz, ijtimoiy to‘qnashuvlarsiz, ijtimoiy himoyani kuchaytirgan holda asta-sekinlik, lekin qat’iyatlilik bilan bosqichma-bosqich rivojlangan bozor iqtisodiyotiga o‘tish yoii tanlandi.
« Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich, tadrijiy rivoj­lanish yoii xalqimiz ko‘zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, in­son manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar. Buni hayotimizning o‘zi bugun isbotlab bermoqda ».
O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish va keyingi taraqqiyot yo‘li ijtimoiy-yo‘naltirilgan zamonaviy bozor iqtisodiyotini shakllantirishga yo‘l bo’lib, puxta o‘ylab, ishlab chiqilgan, iqtisodiyotni tubdan isloh qilishga qaratilgan “o‘zbek modeli” deb nom qozongan taraqqiyot yo‘li edi. Bu yo‘lni amalga oshirishga birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi beshta muhim tamoyil asos qilib olingan:

  • iqtisodiyotni mafkuradan holi qilish, uning siyosatga nisbatan us­tuvorligini ta’minlash;

  • o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;

  • butun yangilanish va taraqqiyot jarayoni qonunlarga asoslanishi, qonunlar ustuvorligining ta’minlanishi;

  • bozor munosabatlariga o‘tish bilan bir qatorda aholini ijtimoiy himoyalash sohasida kuchli chora-tadbirlami amalga oshirish;

  • bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich qaror toptirish.

Bozor munosabatlariga o‘tishda bu tamoyillarning hammasi ham muhim ahamiyatga egadir, lekin ularning ichida bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish tamoyili alohida e’tiborga loyiq. Chunki tegishli huquqiy negizni, bozor infratuzilmalarini yaratish, odamlarda bozor ko‘nikmalarini hosil qilish, yangi sharoitlarda ishlay oladigan kadrlarni tayyorlash uchun vaqt kerak bo‘ladi.
Ushbu holatni yana bir bor e’tirof etgan holda, birinchi Prezidentimiz shunday ta’kidlaydi: “Jamiyatimizni isloh qilish borasidagi maqsad va vazifalarimizning ma’no-mohiyatini ana shunday tushunishdan kelib chiqib bayon etilgan “Islohotlar - islohot uchun emas, avvalo, inson uchun”, “Yangi uyni qurmasdan turib eskisini buzmang” degan mashhur shiorlar el-yurtimiz o‘rtasida keng yoyilib, qoilab-quvvatlanayotgani bejiz emas, albatta».
Biz tanlab olgan va mashhur besh tamoyilga asoslangan taraqqi­yot modelining naqadar to‘g‘ri ekani siyosiy va iqtisodiy tizimni demokratlashtirish, umuman, mamlakatimiz hayotidagi tub o‘zgarishlar, O‘zbekistonning istiqlol yillaridagi jadal rivojlanishi misolida o‘zining amaliy tasdig‘ini topmoqda. Bundan tashqari, bozor munosabatlariga o‘tish faqatgina iqtisodiyot sohalarini o‘zgartirish bilan cheklanmaydi. U ijtimoiy hayotning bir-birlari bilan uzviy bogliq bo’lgan barcha sohalarini, shu jumladan siyosiy, ma’naviy-axloqiy, maishiy va boshqa sohalami ham tubdan o‘zgartirishni taqozo qiladi. Bularning hammasi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyu­sion yo’l bilan o‘tish haqidagi g‘oya juda muhim va afzal ekanligini ko‘rsatadi. Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oiish tamoyilini amalga oshirish iqtisodiyotni isloh qilishning asosiy bosqichla- rini aniq farqlash, bu bosqichlaming har biri uchun aniq maqsadlami, ularga erishish vositalarini belgilab olishni talab qiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimovning asarlarida bozor iqtisodi­yotiga oiishning birinchi bosqichida eng avvalo, quyidagi ikkita vazifani birdaniga hal qilish maqsad qilib qo‘yilganligi ta’kidlanadi:

  • totalitar tizimning og‘ir oqibatlarini yengish, tanglikka barham berish, iqtisodiyotni barqarorlashtirish;

  • Respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish.

Shu vazifalami hal qilish uchun birinchi bosqichda isloh qilish­ning quyidagi muhim yo‘nalishlari aniqlab olindi va amalga oshirildi:

  • O’tish jarayonining huquqiy asoslarini shakllantirish, islohotlarining qonuniy-huquqiy negizini mustahkamlash;

  • mahalliy sanoat, savdo, maishiy xizmat korxonalarini, uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida mulkchilikning yangi shakllarini vujudga keltirish;

  • ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.

Respublikada bozor munosabatlariga o’tishning birinchi bosqichi­da iqtisodiyotda va ijtimoiy sohada yuz bergan tub o‘zgarishlar uning o‘z taraqqiyotida keyingi sifat jihatdan yangi bosqichga o‘ta boshlash uchun mustahkam shart-sharoit yaratdi. Shu bilan birga isloh qilish- ning birinchi bosqichi natijalari keyingi bosqichning strategik maqsadlari va ustun yo‘nalishlarini aniq belgilab olish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda investitsiya faoliyatini kuchaytirish, chuqur tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish va shuning negizida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab, bozor munosabatlarini to’liq joriy qilish maqsad qilib qo‘yiladi. Shu maqsaddan kelib chiqib I.A.Karimov mazkur bosqichda amalga oshirilishi lozim bo’lgan quyidagi bir qator vazi­falami ko‘rsatib berdi:

  • davlat mulklarini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga yetkazish;

  • ishlab chiqarishning pasayishiga barham berish va makroiqti­sodiy barqarorlikni ta’minlash;

  • milliy valyuta – so’mni yanada mustahkanilash;

  • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish, xomashyo yetkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish.

O‘tish davrining ikkinchi bosqichida aholining kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish, ularga tegishli yordam ko‘rsatish borasida birinchi bosqichda tutilgan yo‘1 davom ettirildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek, hozirgi bosqichda «erkinlashtirish va islohotlami chuqurlashtirish nafaqat iqtisodiy, balki ham ijtimoiy, ham siyosiy vazifalami hal qilishning asosiy shartidir». Bu esa iqtisodiyot sohasida quyidagi aniq vazi­falami amalga oshirishni ko‘zda tutadi:

  • iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlarida erkinlashtirish jarayonini izchillik bilan o‘tkazish va iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish;

  • xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish va shu aso­sida amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish;

  • mamlakat iqtisodiyotiga xorij sarmoyasini, avvalo, bevosita yo‘naltirilgan sarmoyalami keng jalb etish uchun qulay huquqiy shart-sharoit, kafolat va iqtisodiy omillarni yanada kuchaytirish;

  • kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy taraqqiyotda ustuvor o‘rin egallashiga erishish;

  • mamlakatning eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash, iqtisodiyotimizning jahon iqtisodiy tizimiga keng ko’lamda integratsiyalashuvini ta’minlash;

  • iqtisodiyotda mamlakatimiz iqtisodiy mustaqilligini yanada mustahkamlashga qaratilgan tarkibiy o‘zgarishlami izchil davom ettirish.

Mashhur besh tamoyilga - asoslangan o‘zbek modeli bozor muno­sabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat qurish strategiyasi sifatida barcha amaliy ishlarimiznmg mustahkam poydevori, taraqqi- yotimizning asosiy yo‘nalishiga aylandi.


Yüklə 152,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin