Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə41/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

Tayanch iboralar:
kapital, sifat, emissiya, mablag", aktiv, passiv, potensial, balans, samara, zaxira kapitali, qo 'shimcha kapital, hissadorlik kapitali, foyda, dividend, inflyatsiya, obligatsiya, zayom, rentabellik,
Nazorat savollari

  1. Hissadorlik jamiyatlarida kapitallar tarkibini boshqarishning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

  2. Hissadorlik kapitali nima?

  3. «Hissadorlik jamiyatlari to‘g‘risida»gi qonunning mazmuni nimalardan iborat?

  4. Moliyaviy vosita hajmi qanday tarzda aniqlaniladi?

  5. Moliyaviy boshqarishda kapitallar tarkibini boshqarish va qiymatini baholashning ahamiyati nimalardan iborat?

  6. Hissadorlik kapitalining qiymati nimalardan iborat?

  7. Gordonning klassik formulasini yozing.

  8. Imtiyozli kapital uchun xos bo'lgan jihatlar nimalardan iborat?

  9. Investitsiyalar samaradorligini aniqlash usullarini aytib bering.

  10. Kreditdan foydalanish muddati davomiyligi qanday aniqlanadi?


  1. bob. KORPORATIV NIZOLAR


  1. Korporativ nizo tushunchasi, nizolar sabablari va
    qatnashchilari

Har qanday nizoning mohiyatini tomonlar o'rtasida kelishuvning yo'qligi sifatida ta’riflash mumkin. Korporativ munosabatlar subyektlari o'rtasida manfaatlar muvozanatining yo'qligi korporativ nizolarga sabab bo'lishi mumkin.
Korporativ nizolar deganda jamiyat aksiyadorlari o‘ratasida, jamiyat aksiyadorlari va menejerlari o'rtasida, investorlar (potensial aksiya­dorlar) va jamiyat o'rtasida vujudga keladigan, quyidagi oqibatlardan biriga olib keladigan kelishmovchiliklar va tortishuvlar tushuniladi:

  • amaldagi qonunchilik me’yorlari, jamiyat nizomi yoki ichki hujjatlari, aksiyadorlar yoki ulaming guruhlari huquqlarining buzilishi;

  • jamiyat va uning boshqaruv organi ariga qabul qilingan qarorlar bo'yicha da’volar;

  • amaldagi boshqaruv organlari vakolatlarini muddatidan oldin to'xtatish;

  • aksiyadorlar tarkibida jiddiy o'zgarishlar.

Koiporatsiyalar faoliyatining o'ziga xosliklari tufayli nizolar vujudga kelishi uchun quyidagi sabablami ko'rsatish mumkin.
Aksiyadorlik mulkida ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar kapitallaming murakkab tarzda chigallashib ketishi va mos ravishda manfaatdor tomonlar doirasining doimiy bo'lmasligini nazarda tutadi.
Mulkni boshqaruvdan ajratish (qaror qabul qilish va riskni qabul qilish funksiyalarining taqsimlanishi) va nazorat funksiyasining riskni qabul qilmaydigan va boshqaruvda ishtirok etmaydigan shaxslar tomo­nidan amalga oshiriladigan alohida bir funksiyaga ajratilishi korporatsiya faoliyati natijalaridan manfaatdor turli shaxslar o'rtasida manfaatlar mojarosining yuzaga kelishini belgilab berdi.
Korporatsiya menejmenti, aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar o'rtasida belgilanadigan munosabatlar tizimiga turli iqtisodiy subyektlar guruhlari tomonidan ijozat beriladi:

  1. Davlat va korporatsiya o'tasidagi munosabatlarga davlat tomoni­dan ijozat beriladi va u davlat-hukumat xarakteriga ega bo'ladi.

10— Korporativ boshqaruv 145




  1. Menejment va aksiyadorlar o'rtasidagi aloqalaming muayyan jihatlari korporatsiya boshqaruv organiari tomonidan amaldagi qonun- chilik doirasida qabul qilingan qo'shimcha bitim va kelishuvlar bilan tartibga solinishi mumkin.

  2. Menejment va boshqa manfaatdor shaxslar o'rtasidagi munosa­batlar turli yo'nalishdagi xarakterga ega bo'lib, manfaatdor shaxslaming korporatsiya uchun ichki yoki tashqi muhitga mansubligiga bog'liq bo'ladi. Ular qonun hujjatlari va jamiyatning ichki reglamenti bilan tartibga solinadi.

Zamonaviy iqtisodiyotda korporativ munosabatlar subyektlari o'rta- • sida vujudga kelayotgan jiddiy qarama-qarshiliklar va ixtiloflar mam- lakatda ishlab chiqarishning rivojlanishiga investitsiyalar oqimining kirib kelishiga to'sqinlik qilmoqda.
Barcha nizolar xilma-xilligini quyidagi to'rt turga ajratish mumkin:

  1. Yirik (majoritar) va mayda (minoritar) aksiyadorlar munosabatlari nizosi.

  2. Ichki aksiyadorlar (insayder) va tashqi aksiyadorlar (autsayder) nizosi.

  3. Menejment (aksiyalarsiz yoki aksiyalar kichik paketiga ega) va aksiyadorlar nizosi.

  4. Chetdan «nodo'stona qo'shib olish tashabbuskorlari» tarafdorlari va aksiyadorlar nizosi.

Ko'rib chiqilgan korporativ nizolar turlari ichida quyidagi xillami ajratib ko'rsatish mumkin:

  1. Qonunchilik me’yorlarining buzilishi korporativ huquq me’yor- lari va jarayonlarini tasodifan buzish bilan bog'liq bo'lib, aksiya­dorlar tomonidan ularning manfaatlariga tajovuz sifatida qabul qilinadi.

  2. Qo'shib olish — aksiyadorlar guruhi (chetdan investor)ning korxo­na ustidan nazorat o'rnatish jarayonida yuzaga keladigan nizolar.

  3. Dividendlar bo'yicha nizolar — yirik va mayda aksiyadorlar o'rtasida korxona foydasidan foydalanish borasida yuzaga keladigan nizolar.

  4. Menejerlar bilan nizolar — aksiyadorlik jamiyatining mene- jerlari va aksiyadorlar o'rtasida kompaniyani boshqarish samara- dorligi va menejerlar harakatlari vijdonanligi bo'yicha yuzaga kela­digan nizolar.

  5. Raqobat — aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy holati va raqobatbardoshligiga putur yetkazishga yo'naltirilgan nizolar.




  1. Korporativ shantaj — minoritar aksiyadorlar ishtirokidagi, aksiya­dorlik jamiyati yoki uning yirik aksiyadorlarini minoritariylardan ularga tegishli aksiyalar paketini bozor qiymatidan qimmat narxda sotib olish yoki nizom to'xtatish uchun voz kechish muzdi to'lashga undashga yo'naltirilgan nizolar.

Shuningdek, korporatsiya tomonidan aksiyadorlar huquqlarining buzilishiga olib keladigan asosiy harakatlar aniqlandi:

  1. Aksiyadorlar cheklangan doirasida joylashtiriladigan aksiyalar qo'shimcha emissiyasi (ko'pincha bozor narxidan past yoki Ushbu kompaniya uchun yetarli darajada iste’mol qiymatiga ega bo'hnagan aktivlar bilan to'lash kuzatiladi).

  2. Kompaniyaning startegik aktivlarini aksiyadorlar nazorati ostida bo'lmagan firmalarga o'tkazish yo'li bilan ajratib qo'yish (ko'pincha qayta tashkil qilingan muassasalar yordamida).

  3. Affilyatsiyalangan shaxslar guruhi tomonidan nazorat paketini qo'lga kiritish maqsadida aksiyalar paketini «maydalash».

  4. Aksiyadorlarga qaytarib sotib olishda imtiyozli huquqlar bermagan holda nizom kapitalidan ancha katta bo'lgan miqdordagi summada qo'shimcha emissiya chiqarish*

  5. Aksiyadorlar bilan muvofiqlashtirish bo'yicha zarur jarayonlami o'tkazmagan holda aksiyalar yirik paketlarini sotib yuborish.

  6. Mayda aksiyadorlami chiqarib yuborishga yo'naltirilgan aksiya­lami konsolidatsiyalash jarayonini amalga oshirish.

Sanab o'tilgan harakatlar aksiyadorlashtirishning u vositasida aksiyalami xarid qilishda pul mablag'lari ishlab chiqarishni rivojlan- tirishga to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar shaklini oladigan mexanizm sifatidagi asosiy mazmuniga putur yetkazadi.
Barcha nizolar xilma-xilligini tahlil qilib xulosa chiqarish mumkinki, korporativ boshqaruv muammolari asosan mulk egalaridan bittasi uning mulkiy huquqlaridan emas, balki boshqaruv funksiyalaridan kelib chiqadigan ustunliklami qo'lga kiritishi bilan bog'liq.

  1. 2. Hamkorlikda bo'lmagan qo'shilishlardan
    himoya qilish usullari


Qonunchilikda «qo'shib olish» tushunchasiga yuridik ta’rif beril- magan. Biroq xo'jalik yuritish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, nodo'stona qo'shib.olish holatlari mulkchilikning o'zgarish jarayonlari to'xta- mayotgan sharoitlarda O'zbekistonda keng tarqalgan. Jahon amaliyo-




tida bunday harakatlar «yutib olish» nomini olgan. «Hamkorlikda bo'lmagan qo'shilish» (aksiyalami agressiv ravishda sotib olish) deganda investoming aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar nazorat paketini aksiya- dorlardan menejedarning roziligisiz xarid qilish bo'yicha harakatlari tushuniladi. Agressiv ravishda xarid qilish aksiyadorlar tarkibida jiddiy o'zgarishlarga, DK shaxsiy tarkibi va kompaniyaning yetakchi menejer- larini almashtirishga, kompaniyaning moliya siyosatini o'zgartirishga, aksiyadorlik jamiyati faoliyatining asosiy yo'nalishlari va aksiyadorlarga nisbatan siyosatning o'zgarishiga olib keladi.
Amaliyotda nodo‘stona qo'shib olish tashabbuskori sifatida doim' ham tashqi investor ishtirok etmaydi. bu qo'shib olinayotgan aksiya­dorlik jamiyatining minoritar aksiyadori ham bo'lishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati menejmenti va aksiyadorlariga bilvosita ta’sir usullari qatoriga quyidagilar kiritiladi:

  • korxonaga nisbatan amaldagi menejerlar tarkibi vakolatlarini to'xtatish, aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organining ishini to'xtatib turish, aksiyalaming qadrsizlanishi bilan tahdid soladigan bankrot jarayonini qo'zg'atish.

Siz yirik ta’minotchi-kompaniya bilan hamkorlik haqida kelishib olasiz. Ayrim shartlami, xususan, to'lov muddatini keyinga surish masalasini og'zaki kelishib olasiz (haqiqatda ко'proq shunday bo‘ladi). Ma’lum vaqt о Ugandan so'ng kelishib olingan shart «esdan chiqariladi» va siz bankrot jarayoniga tortilgan bo'lib chiqasiz:

  • korxona faoliyati uchun uning ta’minotchilari, kreditorlariga ta’sir ko'rsatish vositasida sun’iy iqtisodiy qiyinchiliklar yaratish; qarzlami sotib olish;

  • huquq-tartibot, soliq va bojxona organlari, ya’ni «ma’muriy resurs» tomonidan aksiyadorlik jamiyati faoliyatining ko'p sonli tekshiruvlarini tashkillashtirish;

  • aksiyadorlarga ta’sir ko'rsatish maqsadida jamiyat haqida salbiy axborot chop etish;

  • jamiyat va uning rahbarlariga nisbatan turli da’volar qo'zg'atish. Kompaniyani hamkorlikda bo'lmagan qo'shilishdan himoya qilish

usullari quyidagicha:

  1. korxona aksiyalarining yakuniy xaridori kim (buyurtmachi kim) ekanligi va u qanday maqsadda korxona ustidan nazorat o'matish istagida ekanligini aniqlash;

  2. aksiyalami javob tariqasida sotib olish eng keng tarqalgan himoya usuli. Aksiyalar sotib olishni emitentning o'zi (o'z aksiyalarini o'z




balansiga yoki sho’ba tashkilot balansiga xarid qilish yo’li bilan), emite ntning aksiyadorlari yoki do’stona munosabatdagi tashqi investor («oq ritsar») tashkillashtirishi mumkin;

  1. reestr egasini almashtirish (reestr egasi kompaniya aksiyador- larining ro’yxatidan to’liq foydalanish huquqiga ega va u axborotni noqonuniy tarqatishi mumkin);

  2. agressor sun’iy ravishda kompaniyani qarzdor qilib qo’ymasligi uchun barcha to‘lanmagan qarzlarni sotib olish.

Agressor sizning qarzlaringizni sotib olmoqda. Qarz to’lanishidan bir necha kun oldin bosqinchi-kreditor o’z schyotlarini yopadi, manzilini o’zgartiradi, uch oydan keyin esa sudga qarzdorni bankrot deb e’lon qilish da’vosi bilan murojaat qiladi;

  1. quyidagi maqsadda zudlik bilan qayta tashkil qilish:

YOAJ yoki MCHJga aylantirish;
— aksiyalarning hammasini sotib olish va minoritariylardan xalos bo’lish.
Usullardan biri masalan, aksiyalarning yuztasini bittaga konsoli- datsiyalash haqidagi yig’ilishda qaror qilinishi mumkin. Bu holatda kichikroq sonli aksiyalar egalari kasrli aksiyalarga (chorak aksiya, uchdan ikki qismli aksiya va hokazo) aylanadi, kasrli aksiyalar esa aksiyadorlik jamiyatini to’liq sotib olishga xalaqit berishi mumkin. Qayta tashkil qilish har biri alohida qiziqish uyg’otmaydigan bir nechta kompaniyalarga ajratish shaklida amalga oshirilishi mumkin.
Shuningdek, kompaniyaning qimmatli aktivlarini yangi yuridik shaxsga yoki sho’ba kompaniyaga berish va uni keyinchalik alohida ajratish mumkin;

  1. yopiq yozishmalar yo’li bilan emissiya (qo’shimcha qimmatli qog’ozlar chiqarishni joylashtirish). Jarayon juda katta (vaqt bo’yicha — bir chorak atrofida), lekin eng samarali usul hisoblanadi. Qimmatli qog’ozlarni joylashtirish haqida qaror aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul qilinishi, bunday qaror uchun yig’ilishda qatnashayotgan aksiyalarning kamida 75%i ovoz berishi lozim;

  2. qo’shib olish obyektining jalb etuvchanligini pasaytirish (aktiv- larning bir qismini sotib yuborish, ayrim obyektlarni ijaraga berish, aktivlarga garovga qo’yish, muammoli aktivlar va passivlar sotib olish);

  3. nizom bilan himoyalanish — eng oldini olish chorasi hisoblanadi (masalan, aksiyadorlik jamiyatlari to’g’risidagi qonunda aytilishicha: jamiyat nizomida bitta aksiyadorga tegishli bo’lgan aksiyalar soniga va ularning umumiy nominal qiymatiga cheklov belgilanishi mumkin.


Aksiyador jamiyatning ovoz berish huquqiga ega bo'lgan aksiyalarining 1% igacha ega bo'lishi mumkin):



  • nizomda ularni tuzish yirik bitimlar uchun belgilangan jarayon bo'yicha amalga oshirilishi lozim bo'lgan bitimlar ro'yxatini ken­gaytirish;

  • aksiyadorlik jamiyatining oliy tabaqa menejerlari bilan shartno- malarga jamiyat tomonidan shartnomani muddatidan oldin bekor qilishda katta miqdorda to von pul to‘lash majburiyatini kiritish;

  • qo'shib olish va birlashish masalalarini hal qilish uchun zarur ovozlar foizining yuqori bo'lishi sharti. Ayrim g'arb kompaniyalari zarur ovozlar sonini 95%gacha belgilaydilar;

  1. davlatning jamiyatni boshqarishda ishtirok etish maxsus huquqini joriy qilish («oltin aksiya»), bu agressorlarning qiziqishini keskin pasaytiradi.

Mulkni qaytadan bo'lish — ishbilarmonlik voqeligiga xos bo'lgan jihat hisoblanadi. Bironta aksiyadorlik jamiyati «qaytadan bo‘lish»dan kafolatli himoyalanishi mumkin emas, shuning uchun hech bo'lma- ganda nodo'stona qo'shib olishdan himoya qilishning klassik usullarini bilib olish talab qilinadi.

  1. Korporativ nizolarni tartibga solish

Turli aksiyadorlar guruhlari o'rtasidagi nizolar mohiyatiga ko'ra iqtisodiy nizolar hisoblanadi, chunki bu awalo jamiyat chiqargan aksiyalami o'zlashtirish va sotib yuborish bo'yicha yuzaga keladigan nizolardir. Korporativ nizolarni hal qilish usuli bo'yicha u, shubhasiz, huquqiy nizolar sirasiga kiradi. Buni shu bilan asoslash mumkinki, nizo qatnashchilari murosaga kela olmagan va bitim tuzish yo'li bilan yoki yig'ilish qarorida o'z xohishini bildirmagan bo'lsa, nizoni hal qilish sud tomonidan fuqarolik va hatto jinoiy ishlarni ko'rib chiqish vositasida ro'y beradi.
Hozirgi paytda mavjud bo'lgan empirik va huquqiy ma’lumotlar shakllanayotgan aksiyadorlar huquqini himoya qilish tizimida barqaror va asosiy ziddiyatlarni aniqlashga imkon bermoqda.
Qarama-qarshilikning mohiyati shundaki, mavjud aksiyadorlar huquqini himoya qilish tizimida ikkita qarama-qarshi yondashuv mavjud.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin