Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə46/74
tarix16.01.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#79334
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74
2-Korporativ-boshqaruv-Oquv-qollanma-B-Yu-Xodiyev-va-bosh-T2011

Strategiya — bozorlar va huquqiy tizimning holati, ichki hamda tashqi korxonalar bilan raqobatchilik kabi korxonaning hozirdagi va kelajakda tushib qolishi mumkin bo'lgan turli vaziyatlarni hisobga olgan holda korxonaning boshqaruvchilik, texnik, moliyaviy va boshqa resurslarini ishlatish haqida qaror qabul qilishdir. Strategiya mahsulot nomenklaturasi va ishlab chiqarish hajmlari, sotish bozorlari, xomashyo hamda investitsiya manbalarini o'z ichiga oluvchi restrukturizatsiyaning turli bosqichlarida korxona rivojlanishining asosiy yo'nalishlarini belgilab berishi lozim.
Strategiyaning muqobil variantlari:

  • qisqartirish ~ ishlab chiqarishni restrukturizatsiyasi hisobiga faoliyatni yaxshilash yoki yo'nalishini o'zgartirish uchun korxona o'zi intiladigan ko'rsatkichlarni oldin erishganga nisbatan pasay- tiradi;




  • turg'unlik korxonaning ichki va tashqi faoliyatini qisman qayta qurish davomida bozorda hamda tarmoqda egallangan pozitsiyalarning saqlab qolinishidir. Odatda, cheklangan hajmda bir sohalarda o'sish va boshqa (asosiy bo'lmagan) sohalarda qisqartirishdek o'zaro raqobatda bo‘lgan strategiyalarni qo'shib olib borish bilan ta’minlanadi;

  • cheklangan o‘sish — raqobatchilik asosida rivojlanish varianti bo'lib, inflyatsiya va boshqa tashqi omiUarni hisobga olib to'g'rilangan natijalarga tayanadi. Odatda, o'zgarmas ishlab chiqarish hajmiga ega bo'lgan va murakkab texnologik jarayonlarni qo'llaydigan tarmoqqa mansub bo'lgan, uzoq hayot sikliga ega an’anaviy mahsulot bilan bozorda mustahkam o‘rin egallagan va barqaror foydalilik darajasiga erishgan korxonalar tomonidan ishlatiladi;

  • o'sish — birinchi navbatda tovarlari tez-tez o'zgarib va yangilanib turadigan tez rivojlanuvchi tarmoqlarda ishlatiladi. 0‘sishning yuqori ko'rsatkichlari ichki omillar hisobiga ta’minlangan bo'lishi mumkin (nomenklaturaning kengayishi, an’anaviy nomenklaturali bozorda faol ish olib borish). Mazkur strategiya yuqori natijalarga erishishga imkon beradi, biroq to'lov qobiliyati yo'qotilishining katta ehtimolligi bilan bog'liqdir. Shuning uchun, korxona maqsadlariga erishilishini, kerak bo'lgan resurslami baholashni aniq nazoratining o'rnatilishini, zaruriyat bo'lganda esa butun xo'jalik faoliyatini tezkorlik bilan qarab chiqishni talab qiladi.

Tanlangan strategiya asosida quyidagilar ishlab chiqiladi:

  1. Yaqin 1—2 yil ichida korxonalarning yashovchanligini ta’min- lashga qaratilgan qisqa muddatli chora-tadbirlar dasturi.

  2. Korxonani restrukturizatsiyalash kompleks dasturi. Dastur uni amalga oshirishning har bir yo'nalishi masalalarini hal qilish kichik dasturlaridan iborat (mulkiy majmuaning restrukturizatsiyasi, korxona majburiyatlari bo'yicha qarzdorlikning restrukturizatsiyasi, boshqaruv- chilik tuzilmasini takomillashtirish va boshqalar).

Har bir kichik dasturda restrukturizatsiyalashning aniq yo'nalishi bo'yicha maqsadlarga erishishga qaratilgan tadbirlar ro'yxati, ularni bajarish muddatlari va olinadigan natijalar, mas’ul shaxslar, har bir tadbirni o'tkazish uchun talab qilinadigan mablag' miqdori va manbayi ko'rsatilgan bo'lishi kerak.
Tanlangan strategiya va restrukturizatsiya asosida joriy hamda istiqbolli biznes-rejalar ishlab chiqiladiki, ularda rejalashtirish muddat- lariga mutanosib bo'lgan aniqlik bilan mahsulotni ishlab chiqarish va sotishning bashorat hajmlari, asosiy fondlarga, xomashyo, materiallar




va sotib olinadigan butlovchi qismlarga bo‘lgan ehtiyoj, kutiladigan moliyaviy natijalar va korxona faoliyatining boshqa asosiy ko‘rsatkichlar akslantiriladi.
Restrukturizatsiya korxona tomonidan mustaqil ravishda yoki o‘zi tarkibiga kirgan tarmoqiy (hududiy) xo‘jalik birlashmasi (uyushma, xolding kompaniyasi va boshqalar) yordami bilan amalga oshiriladi.
Ko‘p korxonalar restrukturizatsiyani amalga oshirishda davlat ko‘magiga muhtoj bo‘lib, ular quyidagi shaklda bo‘lishi mumkin:

  • korxonalarni restrukturizatsiyalash dasturlarini ishiab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha uslubiy materiallar bilan ta’minlash;

  • korxonalarni moliyaviy qo41ash, (budjet va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni hisobdan chiqarish yoki muddatini kechiktirish, foydaning restrukturizatsiyaga yo’naltirilgan qismi bo‘yicha soliqlarni kamaytirish va boshqalar);

  • ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarni mahalliy hokimiyat organlari balansiga o'tkazishda ko‘maklashish;

  • davlat investitsiyalarini taqsimlashda va mahsulot yetkazib berish bo*yicha davlat buyurtmalarini joylashtirishda restrukturizatsiya qilinayotgan korxonalarga ustunlik berish;

  • audit, buxgalterlik hisobining va davlat hisoboti xalqaro ando-b zalarini tatbiq etish;

  • korxonalar rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash hamda qayta tayyorlashni tashkil qilish va hokazo.

Restrukturizatsiya dasturlarini ishiab chiqish va amalga oshirishda korxonalarga yordam berish vazifasi. Tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash va korxonalarni restrukturizatsiya qilish fondiga ega boMgan 0‘zbekis- ton Respublikasi Monopoliyaga qarshi, raqobatchilik va tadbirkorlikni qo‘llab-quwatlash davlat qo'mitasi zimmasiga yuklatilgan. Biroq tajriba shuni ko‘rsatadiki, korxonalarni restrukturizatsiya qilishga yordam berishda boshqa davlat organlari, ayniqsa Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi ham faol qatnashishi kerak.

  1. O‘zbekistonda korxonalarni restrukturizatsiyalash
    jarayonlarining o‘ziga xos xususiyatlari
    va huquqiy asoslari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida, ya’ni raqobat bozorida ba’zi korxona va tashkilotlar boshqaruvni to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya olmasligi natijasida moliyaviy holati yomonlashadi va inqirozga uchraydi.




Korxona va tashkilotning bankrotlik alomati (iqtisodiy nochor) — O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasiga asosan, qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to'Iovlar bo'yicha o'z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to'lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmaganligi e’tirof etiladi.
O'zbekiston Respublikasida iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish va restrukturizatsiyalash jarayoni 2 asosiy yonalishda amalga oshirilib kelinmoqda. Bular quyidagi lardan iboratdir:

  1. Davlat ко‘magi orqali

Bunga asosan sudgacha sanatsiya qilish, byudjet oldidagi qarzlarini kechiktirish va ustamalarini kechib berish, bank oldidagi qarzlami restrukturizatsiya qilish kabi yaratilgan davlat kyo'maklarini kiritishimiz mumkin.

  1. Bankrotlik taomillari orqali restrukturizatsiyalash jarayoni bir qator chora tadbirlami o'z ichiga oladi. Korxonalarni bankrotlik yo'li orqali restrukturizatsiya qilishning asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iboratdir:

Kelishuv bitimi - taraflaming sud nizosini o'zaro yon berish asosida tugatish to'g'risidagi bitimidir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq Kelishuv bitimi tuzish to'g'risidagi Qarornj kreditorlar nomidan kreditorlar yig'ilishi qabul qiladi. Kreditorlar yig'ilishining kelishuv bitimi tuzish to'g'risidagi qarori kreditorlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Byudjetga, byudjetdan tashqari fondlarga to'lovlarni, xo'jalik subyektlarining byudjetga to'lovlar bo'yicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabat lardan kelib chiqadigan talablar bo'yicha majburiyatlari teng darajada bajarilishini ta’- minlovchi talablar, majburiy sug'urta bo'yicha talablar, shuningdek banklaming kreditlari va bank kreditlari sug'urtasi bo'yicha talablar, kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablari bo'yicha barcha kreditorlar uni yoqlab ovoz bergan bo'lsa, qabul qilingan deb hisoblanadi.
Kelishuv bitimi tuzish to'g'risidagi qaror qarzdor nomidan tegishlincha qarzdor-jismoniy shaxs yoki qarzdor-yuridik shaxsning rahbari, tashqi boshqaruvchi yoki ishonchli shaxs tomonidan qabul qilinadi.




Kelishuv bitimida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlami o‘z zimmasiga oladigan uchinchi shaxslarning kelishuv bitimida ishtirok etishiga yo*l qo'yiladi.
Kelishuv bitimi xo'jalik sudi tomonidan tasdiqlanishi kerak, bu haqda bankrotlik to'g'risidagi ish yuritishni tugatish to‘g‘risidagi ajrimda ko‘rsatib o'tiladi.
Agar kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritish jarayonida tuzilsa, xo'jalik sudi kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Kelishuv bitimi xo'jalik sudi tomonidan tasdiqlangan kundan e’tiboran qarzdor va kreditorlar uchun kuchga kiradi va ular uchun majburiy hisoblanadi.
Kuchga kirgan kelishuv bitimini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo‘l qo'yilmaydi.
Kuzatuv - xo'jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but saqlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy ahvoli tahlilini o'tkazish maqsadida qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga qadar qo'llaniladigan bankrotlik taomili.
Sud sanatsiyasi — xo'jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to'lov qobiliyatini tikiash hamda kreditorlar oldidagi qarzini uzish maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini sanatsiya qiluvchi boshqaruvchiga o'tkazmagan holda qo'llaniladigan bankrotlik taomili.
Tashqi boshqaruv — xo'jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to‘lov qobiliyatini tikiash maqsadida qarzdorning ishlarini boshqarish vakolatlarini tashqi boshqaruvchiga o'tkazgan holda qo'llaniladigan bankrotlik taomili.
Tugatishga doir ish yuritish — xojalik sudi tomonidan kreditor- larning talablarini mutanosib ravishda qondirish hamda qarzdorni qarzlardan qutulgan deb e’lon qilish maqsadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan qo'llaniladigan bankrotlik taomili.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Karimov tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 8-fevraldagi 2007-yilda res- publikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008-yilda islohotlarni yanada chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor vazi- falariga bag'ishlangan majlisida belgilab berilgan ustuvor yo'na- lishlaridan biri «Iqtisodiyotning barqaror va mutanosib o'sishi hamda tarkibiy o'zgarishlar va modernizatsiyalashni ta’minlash,


uning eng muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangi- lash» hisoblanadi.


Iqtisodiy nochor va zarar ко‘rib ishlayotgan korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish, moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha bir qancha Farmonlar va qarorlar qabul qilindi.
Ularni quyida ко‘rib 0‘tiladi:

  • 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 18-noyabr- dagi PF-4053-sonli «Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliya­viy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni;

  • 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 19-noyabrdagi F-4010 -sonli «Iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish to‘g‘risidagi tartibni tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmoyishi;

  • 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-sonli «Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo‘llab- quwatlash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni;

  • 0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-sonli «2009-yilga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni va 0‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametlarini bashorat qilish to‘g‘risida»gi qarori (8-bandi).

Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash jarayoniga tijorat banklarining mab- laglarini kengroq jalb qilishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Bankrot korxonalarni tijorat banklariga sotish (balansiga be- rish)ning 3 ta mexanizm bo'yicha amalga oshiriladi. Ushbu mexa- nizmlarning barchasi Respublika Komissiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.

  1. Bankrot korxonaning kreditorlik qarzining tarkibini 70 va undan ortiq foizini bank kreditlari tashkil etsa, tijorat banklari balansiga berish;

  2. Auksion savdolari orqali tijorat banklariga sotish (eng ko‘p narxni taklif qilgan va tegishli majburiyatni o‘z zimmasiga olgan);

  3. Tanlov savdolari orqali — tijorat banklariga «0» (nol) qiymatga investitsion majburiyat sharti bilan sotish.

Bankrot korxonalari negizida yangi tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar korxonalari:

  • qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilindi;




  • uch yil davomida foyda solig‘i, yagona soliq to‘lovi, mulk solig'i va yer soliqlarini to‘lashdan ozod qilindi;

  • boshqaruv kompaniyalarga berilganda foyda solig‘i va yagona soliq todovidan ikki yil davomida ozod qilindi.

Tijorat banklariga berilgan inikoniyatiari quyidagilardan ibo­ratdir:

  • negizida ustav jamg‘armasi 100%gacha bo‘lgan yangi korxona tashkil etish;

  • tugatilishi munosabati bilan unga awal berilgan, qoplanmagan kreditini, shu jumladan Hukumat kafolati bilan berilgan kredit sum- masini bank kengashining qarori bilan hisobdan chiqarish;

  • malakali boshqaruv kompaniyasini tuzish va jalb qilish;

  • ularni tugatish bahosida olib, faoliyatini tiklab uni bozor bahosida sotish kabilar.

Tijorat banklarining majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
L Tijorat banklari balansiga o'tkazilgan bankrot korxonalarni tikiash, texnik va texnologik modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, zarur bo'lganda korxonani todiq restrukturizatsiya qilish orqali faoliyat yo‘nalishini o‘zgartirish, strategik hamkorlar va investorlarni jalb qilishni nazarda tutuvchi biznes-rejalarni ishlab chiqish;

  1. Yollangan har bir korxona boshqaruvchisi ishlab chiqarishda kutilgan natijalarga erishishi orqali ishlab chiqarishlarga zamonaviy va yuqori malakali boshqaruvchilarni jalb qilish ishlarini olib borishi;

  2. Banklar tasarrufiga berilgan bankrot korxonalari kelgusi fao­liyati ustidan Respublika komissiyasida hisobot berishlari yo'lga qo'yilgan.

Iqtisodiy nochor korxonalarni hududlar taqsimotida oladigan bo‘lsak, asosiy qismini Toshkent shahridagi, Qoraqalpog‘iston Res­publikasi, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Xorzam, Andijon va Surxondaryo viloyatlaridagi korxona va tashkilotlar tashkil qilmoqda (9-jadval).
10-jadvalda keltirilgan ma’lumotlari 2007-yil yangi tashkil etilgan kompaniya soni 67 ta bo‘lgan boTsa, 2008-yilga kelib 96 ta kompaniyani tashkil etgan, ushbu kompaniyalarda yangi mahsulot turlari 25 taga oshgan, jalb qilingan investitsiyalar miqdori, yaratilgan ish o‘rinlari, jami toTab berilgan kreditorlik qarzlari miqdori oshgan- ligini dalolat beradi (10-jadval).





12— Korporativ boshqaruv



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin