3-chizma. Joriy aktivlarning tarkibi.
Yuklab jo’natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16-vedomostining II
bo’limida yuritiladi.
Joriy aktivlar
Xom ashyo va materiallar
Yarim tayyor ma
hsulotlar va
komplektlovchi buyumla
ri
Ehtiyot qismlar, yoqilg’i
Qurilish materiallari, idish va
idish materiallar
Tugallanmagan ishlab chiqarish,
kelgusi davr harajatlari
Tayyor
mahsulotlar, mollar
Pul mablag’lari
Hisob kitobdagi mablag’lar
Banklarning har xil
schyotlaridagi
mablag’lar
Valyuta schyotidagi
mablag’lar
Hisob kitob schyotidagi
mablag’lar
Kassadagi mablag’lar
Hisobdor shaxslar
tomonidan hisobot
berilmagan bo’nak
summasi
Debitor qarzlar summasi
Jo’natilgan mol,
bajarilgan ish va
xizmatlar summasi
37
Unda jo’natilgan, sotilgan mahsulotlar, material qiymatliklar, xizmatlar va
xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi birlashgan. Jo’natilgan
va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularning natural ko’rinishdagi turlari bo’yicha
yoki to’lov hujjatlari bo’yicha ikki bahoda-haqiqiy tannarxda va sotish narxida
tashkil etiladi.
16-vedomostning III-bo’limida to’langan, hisobdan chiqarilgan, to’lanmagan
va hisobdan chiqarilmagan summalar to’g’risidagi yig’ma ma’lumotlar aks ettiriladi.
Kassadagi pul mablag’lar, valyuta mablag’lari, qisqa muddatli qo’yilmalar va
shunga o’xshash pul mablag’larini hisobini yuritish uchun 5000, 5100, 5200, 5500,
5600, 5700, 5800 kabi sintetik schyotlardan foydalaniladi. Kassa muomalalarini
hisobga olish 5000-«Kassa» nomli schyotda hisobga olinadi.
Mustaqil balansga ega bo’lgan va xo’jalik hisobidagi korxona hisoblanuvchi
yuridik shaxslarga bankda hisob-kitob schyoti ochiladi. Markaziy Bank
yo’riqnomalariga binoan korxona (tashkilotlar)ga faqat bitta o’zlari tanlab olgan
bankda («O’zbekiston Respublikasi banklarida bank schyotlari ochish to’g’risidagi
Yo’riqnoma»ning 1.7.1. va 1.7.2. bandlarida nazarda tutilganlardan tashqari) pul
mablag’larini saqlash va barcha turdagi hisoblashishlarni, ro’yxatdan o’tgan joyda
kredit va kassa muomalalarini amalga oshirish uchun va talab qilib olingungacha
valyuta depozit schyoti ochilishi mumkin.
Hisob-kitob schyoti bo’yicha sodir bo’ladigan muomalalarni hisobga olish
uchun korxonalarda 5110- «Hisob-kitob» schyoti ochiladi. Bu schyot aktiv bo’lib,
uning debetida hisob-kitob schyotiga tushgan har qanday tushumlar, kreditida esa
hisob-kitob schyotidan sarflangan barcha pul mablag’lari aks ettiriladi.
5110- «Hisob-kitob» schyoti bo’yicha muomalalar tekshirilgan bank
ko’chirmasi va unga ilova qilingan pul hujjatlariga asosan ko’rsatiladi. 5110-
schyotining sal’dosi hisob-kitob schyotidan berilgan ko’chirmada ko’rsatilgan
qoldiqqa teng bo’lishi kerak.
Horijiy valyutidagi pul mablag’larini va horijiy valyuta muomalalarini har bir
korxona amalga oshirishi mumkin. Horijiy valyuta muomalalarini rasmiylashtirish
uchun bankda valyuta joriy schyotini ochish kerak. Bu schyotga doir muomalalarni
38
amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi banklar tomonidan belgilanadi. Uning
debetida korxonaga pul mablag’larining kelib tushishi, kreditda esa ularning chiqib
ketishi aks ettiriladi. Agar mablag’lar bu schyotning debeti yoki kreditiga xato yozib
qo’yilgan bo’lsa, unda xato yozilgan summaga bu schyot 4860- «Da’volar bo’yicha
olinadigan schyotlar» bilan korrespondensiyada bo’ladi.
«Valyuta schyoti» ga doir ikkita subschyot ochilishi mumkin:
1.
Mamlakat ichidagi valyuta schyotidagi mablag’lar;
2.
Xorijiy valyuta schyotidagi mablag’lar.
«Valyuta schyoti» ga doir analitik hisob banklarda chet el valyutalarda pul
mablag’larni saqlash uchun ochilgan har bir schyot bo’yicha yuritiladi.
Debitor qarz har doim boshqa korxonaning aktivlariga qilingan da’vo bo’lib
hisoblanadi. Debitor qarzi bilan bog’liq bo’lgan asosiy buxgalteriya muomalalari tan
olish va baholash hisoblanadi.
BHMA ning «Moliyaviy hisobotni tayyorlash va topshirish uchun konsepsiya
asoslari» da kreditor qarzlar, ya’ni majburiyatlar «buxgalteriya balansida qachonki
o’zida iqtisodiy foydani mujassamlagan resurslarni oqib ketishi ehtimoli bo’lsa,
shuningdek majburiyatlarni qabul qilish natijasi bo’lsagina, buxgalteriya balansida
tan olinadi» (66-paragraf) deyilgan.
Turli debitor va kreditorlarga notijorat xarakteridagi muomalalarni olib
boruvchi tashkilotlar (oliy o’quv yurtlari, ilmiy muassasalar), ko’rsatilgan xizmatlar
uchun hisob-kitoblar olib boradigan transport (temir yo’l va suv) tashkilotlari,
tashkilot va shaxslar deponentlari, ijro hujjatlari asosida ushlab qolishlar, noturar
joylarni ijaraga oluvchilar va hokazolar kiradi.
Debitorlar tarkibida moliyalanadigan va operativ lizinglar bo’yicha
olinadigan to’lovlar, olinadigan foiz va dividendlar, royalti va gonorar bo’yicha
olinadigan schyotlar va boshqa shaxslarning qarzlari (joriy qismi) hisobi 4800-
«Turli debitorlarning qarzlari hisobvaraqlari» bo’yicha olingan (4810, 4811, 4820,
4830, 4840, 4950, 4860 va 4890) schyotlarda aks ettiriladi.
Korxonaning turli kreditorlardan bo’lgan qarzlari tarkibiga moliyalanadigan
va operativ lizinglari bo’yicha to’lanadigan summalar, to’lanadigan foizlar, royalti
39
va gonorarlar bo’yicha qarzlar, da’volar bo’yicha to’lanadigan schyotlar, xisobdor
shaxslardan bo’lgan qarzlar va boshqa majburiyatlar kiradi. Bunday
muomalalarning hisobi 6900-«Turli kreditorlarga bo’lgan majburiyatlarning
hisobvaraqlari» bo’yicha ochilgan (6910, 6920, 6930, 6940, 6950, 6960, 6970 va
6990) schyotlarida aks ettiriladi.
4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar», 4110-«Alohida
balansga ajratilgan bo’linmalardan olinadigan schyotlar», 4610-«Muassislarning
ustav kapitaliga badallar bo’yicha qarzlari», 4800-«Turli debitorlarning qarzlari
hisobvaraqlari», 6110-«Alohida balansga ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan
schyotlar», 6310-«Xaridor va buyurmachilardan olingan bo’naklar», 6500-«Davlat
maqsadli fondlari va sug’urta bo’yicha qarzlarining hisobvaraqlari», 6600-
«Muassislarning qarzlari hisobvaraqlari», 6900-«Turli kreditorlarga bo’lgan
majburiyatlarning hisobvaraqlari» va 7010-«Mol yetkazib beruvchilarga
to’lanadigan schyotlar» bo’yicha analitik hisob 7-vedomostda yuritiladi. Oy oxirida
analitik hisob vedomosti bo’yicha jami chiqarilib keyingi oy boshiga qoldiq
yoziladi.
Kredit oborotlari korrespondentlanuvchi schyotlar doirasida 7-vedomostdan
7010, 4010, 4860, 6410, 4710, 4810, 6910, 4110, 6110 va boshqa schyotlarning
krediti bo’yicha 8-jurnal-orderga yozib qo’yiladi.
4110, 4860, 4710 schyotlar bo’yicha yozuvlar jurnal-orderda bir qatorda
ko’rsatiladi. 4810, 6910-schyotlar bo’yicha sintetik va analitik hisob birga
ko’rsatiladi.
Dostları ilə paylaş: |