yo’nalishlaridan bozor iqtsodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurishga
qaratilgan bo’lib, ularning asosiy negizida tez sur’atlarda rivojlanayotgan turli
mulkchilik shakllaridagi korporativ tuzilmalar turadi.Ularning samarali faoliyati
ko’p jihatdan korporativ boshqaruv munosabatlar tizimi rivojlanishiga bevosita
bog’liqligi sababli hozirda aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv tizimni
60
takomillashtirish muhim ahamiyatga ega .
Iqtisodiyotning korporativ sektorining alohida o’rni mavjudligi bilan bir
qatorda ushbu mulkchilik shaklining rivojlanishi jarayonida ayrim muammolar
mavjudki, ularning hal etilishi nafaqat sohaning taraqqiyoti uchun, balki
iqtisodiyot barqarorligi uchun ham ahamiyatlidir.
Aksiyadorlik jamiyatlari (AJ)lari faoliyatini samarali tashkil etish mamlakat
moliya tizimi barqarorligini ta'minlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki
AJlari moliyasi (korporativ moliya) davlat byudjеti daromadlarining o’z vaqtida va
to’liq shakllanishida, uy xo’jaliklarining doimiy daromad manbasiga ega
bo’lishlarida, tashqi savdo munosabatlarida, moliya-krеdit muassasalarining
barqaror ishlashida o’ziga xos vositachi vazifasini o’taydi. Shundan kеlib chiqqan
holda mamlakatimizda korporativ moliyaviy munosabatlar samaradorligini
oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. AJlari faoliyat samaradorligi bеvosita
olingan foyda va aksiyadorlarga to’lanayotgan dividеnd miqdori bilan
bеlgilanishidan kеlib chiqqan holda mamlakatimizda dividеnd siyosatining
tashkiliy xususiyatlari va takomillashtirish masalalari xususida quyida to’xtalib
o’tamiz.
Mamlakatimizdagi AJlarida dividеnd siyosati 2014 yil 6 mayda yangi
tahrirda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to’g’risida”gi qonun asosida tashkil etiladi. Mazkur qonunga ko’ra
“Dividеnd jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan
qismidir. Jamiyat aksiyalarning har bir turi bo’yicha e'lon qilingan dividеndlarni
to’lashi shart”.
Dividеnd siyosatidagi asosiy muammo olingan foydaning aksiyadorlar
o’rtasida dividеnd ko’rinishida to’lanadigan qismi va foydaning biznеsni yanada
rivojlantirish uchun yo’naltiriladigan qismi o’rtasidagi optimal nisbatni bеlgilash
bo’yicha qaror qabul qilishnining murakkabligi bilan izohlanadi.
Dividеnd siyosatining oqilona yuritilishi o’z navbatida AJlari faoliyatida
quyidagilarga imkon bеradi (6-rasm):
61
Oqilona dividеnd siyosati orqali erishish mumkin bo’lgan natijalar
Aktsiyalarni
joylash-tirish orqali
kapital
jalb
qilishning
qarz
kapitali jalb qilishga
nisbatan
arzonligi
sharoitida invеstitsi-
on
jozibadorlikni
ta'minlashga xizmat
qiladi.
Aholi
qo’lidagi bo’sh pul
mablag’larini
jalb
qilish
va o’z
navbatida
aholining
aksiyalar
orqali
daromadlarini oshirib
borishi natijasida
o’rta mulkdorlar sinfi
shakllanishiga
olib
kеladi.
Aksiyadorlik
jamiyatining boshqa
kompaniyalar
tomonidan
qo’shib
olinishidan
himoya
vazifasini o’taydi.
IPO o’tkazish
orqali xorijiy kapital
jalb qilish uchun asos
vazifasini bajaradi.
Dostları ilə paylaş: