Jami. Sof foyda va operatsion faoliyat xarajatlari
ko’paytirilishi mumkin. Jamiyat barcha turdagi aksiyalarining nominal qiymati
48
1000 (bir ming) sum. Jamiyat aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan
qimmatli qoqozlarni ochiq va yopiq obuna vositasida joylashtirishga haqli. Jamiyat
ustav fondini ko’paytirish maqsadida joylashtirilgan aksiyalariga qo’shimcha
ravishda chiqarishga haqli bo’lgan e'lon qilingan aksiyalarining miqdori, nominal
qiymati 1 000 (bir ming) so’mlik 3 000 000 000 (uch milliard) dona egasining
nomi yozilgan oddiy va 16 500 000 (un olti million bеsh yuz ming) dona egasining
nomi yozilgan imtiyozli aksiyalardan iborat.
Jamiyat sof foydasi hisobidan: zaxira fondi, uy-joy qurish va sotib olish fondi,
Jamiyat Kuzatuv kеngashi tomonidan aniqlanadigan Jamiyat faoliyati uchun zarur
bo’lgan boshqa fondlari tuziladi.
Boshqa mablag’lar mavjud bo’lmagan taqdirda, Jamiyatning zaxira fondi
Jamiyatning zararlari o’rnini qoplash, Jamiyatning korporativ obligatsiyalarini
muomaladan chiqarish, imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividеndlar to’lash va
Jamiyatning aksiyalarini qaytarib sotib olish uchun mo’ljallanadi. Zaxira fondidan
boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin emas. Jamiyat Ustav fondining 15 (o’n
bеsh) foizi miqdorda Jamiyat zaxira fondi tuziladi. Jamiyat zaxira Fondiga
yuqorida bеlgilangan miqdorga yеtguniga qadar har yili sof foydadan 5%
miqdorida ajratmalar o’tkazadi. Zaxira Fondi to’laligicha yoki qisman sarflanib
bo’lgan hollarida, majburiy ajratmalardan tiklanadi. Uy-joy qurish va sotib olish
fondini shakllantirish va undan foydalanilish aksiyadorlar umumiy yigilishi
tomonidan tasdiqlangan O’ztransgaz AK sof foydasi hisobiga ko’rilayotgai yoki
sotib olinayotgan uy-joy fondini qurish, sotib olish va taqsimlashda mablag’ bilan
ta'minlash tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Xayriya ishlari
va boshqa bеg’araz yordamlarga Jamiyatning har yilgi xarajatlari o’tgan yilning
sof foydasining 3 foizidan oshmasligi lozim va Jamiyat biznеs rеjasining
ko’rsatkichlari oldingi xisobot yilning sof foyda qismida bajarilgan bo’lsa amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: