13
Uztransgaz AK ning moliyaviy hisobot shakllari asosida talaba tomonidan tayyorlandi.
47
O’ztransgaz AKning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga e’tibor bersak, mahsulot
sotishdan sof tushum va ishlab chiqarish tannarxi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi holati
o‘zaro proporsional. Chunki, tannarx ko’payganda tushum ham ko’paymoqda.
Mahsulot sotishdan yalpi foyda 2016 yilda 3 019 059 638 ming so‘mni, debitorlik
qarzlari 10 567 864 048 ming so‘mni, kreditorlik qarzlari 3 700 727 978 ming
so‘mni tashkil etgan. 2017 yilda esa yalpi foyda 2 668 840 760 ming so‘m,
debitorlik qarzlari 12 967 789 095 ming so‘mni kreditorlik qarzlari 11 019
882 390 ming so‘mni tashkil etgan. Bundan ko‘rinadiki, yalpi foyda 2017 yilda
350 218 878 ming so‘mga kamaygan. 2017 yilda debitorlik hamda kreditorlik
qarzlari ko’payish tendensiyasiga ega bo’lib, o’tgan yilgiga nisbatan mos ravishda
2 399 925 047 va 7 319 154 412 ming so’mga ko’paygan. Bu korxona yalpi
foydasini sezilarli darajada ta’sir qilishiga ishora qiladi.
8-jadval
Dostları ilə paylaş: