Korreksion pedagogika



Yüklə 24,66 Kb.
səhifə2/2
tarix28.11.2023
ölçüsü24,66 Kb.
#166830
1   2
Korreksion pedagogika 

oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi:
surdopedagogika (lotincha surdus — kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan;
logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini urganadigan fan.
Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda katta buldi.
L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi xususiyatlarni o‘rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish kerakliginikorreksiya, kompensatsiya usullari va bularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki "ijobiy" tomonlarini ham o‘rganib, aniqlab, shularga tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya fanining asoschisi sanaladi.
Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sobiq sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldilar. Ular aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" degeneratsiya nazariyasi", "ma’naviy defektli" kabi g‘ayri ilmiy va reaksion nazariyalarni fosh etdilar.
Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday o‘zgarib borishini o‘rganish, ulardagi mavjud nuqsonlarni ham,ijobiy ham salbiy tomonlarni aniqlash yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi.
Sog‘lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama o‘rgandi. “Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining psixologiyasi" nomli kitob shu ishning natijasi bo‘ldi. I. M. Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar yordamida o‘rganishda chinakam novatorlik ko‘rsatdi.
Yüklə 24,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin