Korrupsiya haqida qiziqarli malumoit



Yüklə 50 Kb.
səhifə3/7
tarix02.01.2022
ölçüsü50 Kb.
#40738
1   2   3   4   5   6   7
Korrupsiya haqida qiziqarli malumoit

Hongkong tajribasi

Xitoyning shundoqqina yonida joylashgan Hongkong ham korrupsiyaga qarshi kurashda erishgan muvaffaqiyatlari bilan maqtansa arziydi - ilgari mamlakatning deyarli barcha davlat idoralari korrupsiya botqog'iga botgandi. Bu botqoqdan chiqish uchun quyidagi choralar amalga oshirildi: davlat amaldorlari barcha mulklari, avtomobillari va boshqa qimmatbaho buyumlarini halol yo'l bilan topgan mablag'lariga sotib olganini isbotlab berishi lozim. Agarda buni isbotlay olmasa, uni qamoq kutadi va barcha mol-mulki musodara qilinadi.

Ikkinchidan, 1974 yilda bu yerda "Korrupsiyaga qarshi mustaqil komissiya" tashkil etilgan bo'lib, komissiya ofitserlar hamda ziyolilar va biznesmenlardan tashkil topgan. Ular o'ta katta miqdorda maosh olishadi va faqatgina gubernatorga bo'ysunishadi.

Va nihoyat, Hongkong aholisi va OAV vakillariga poraxo'rlikka qarshi kurashish uchun keng imkoniyat berilgan - fuqarolar pora so'ragan amaldor ustidan komissiyaga shikoyat qilishi, jurnalistlar esa har qanday amaldor faoliyati yuzasidan tekshiruv o'tkazishlari mumkin. Natija esa hayratlanarli - 30 yil ichida poraxo'rlik darajasi 90 foizdan 3 foizga tushgan.




Yüklə 50 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin