1
KORRUPSIYA: NAMOYON BO„LISHI VA UNGA QARSHI KURASHNING TARIXIY
JIHATLARI
https://doi.org10.5281/zenodo.6348999
Qodirov Akbarshoh Komiljon o‟g‟li
Toshkent Moliya Instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
HBA-90 guruh talabasi
Ma‟lumki, korrupsiyaning jinoiy shakli ikki xil ko„rinishda namoyon bo„ladi.
Birinchisi
– bu mayda yoki turmushdagi korrupsiya bo„lib, u hokimiyat vakiliga
ko„rsatilgan kichik bir xizmat yoki kelajakda yaxshi munosabatda bo„lish uchun
sovg„a yoki kam miqdordagi pora berishdan iborat. Bunday ko„rinishdagi korrupsiya
barcha zamonlarda mavjud bo„lgan holda, u mamlakatlar yoki sivilizatsiyalarning
tanazzulga uchrashida unchalik katta rol o„ynamagan.
Ikkinchisi -
bevosita davlatlarning boshqaruvi tizimida mavjud bo„lib, u turli
zamon va davlatlarda turlicha namoyon bo„lgan. Jumladan, ayrim davrlarda u bir
kichik hodisalar sifatida namoyon bo„lgan bo„lsa, boshqa bir davrda u ommaviy tus
olgan. Bunday davrda xalq davlat hokimiyatining yuqori tabaqasi vakillari, yirik
amaldorlar, hukumat rahbarlari va podshohlarni hamda ularga aloqador bo„lgan boy
va nufuzli shaxslarni korrupsiyalashganlikda ayblagan yoki gumon qilgan. Nega
bunday holatlar ro„y bergan? Nega korrupsiya muammosi ayrim tarixiy davrlarda
kuchaygan? Keng ko„lamdagi korrupsiyaning qanday xavfi bor, u qanday ijtimoiy
oqibatlarga olib kelgan va olib kelishi mumkin? Keng ko„lamdagi korrupsiyani
yengish bo„yicha ijobiy misollar bormi, bunga qanday erishilgan? Ushbu maqola
orqali quyida savollarga qisman javob topishga harakat qilindi.
Shunday qilib, korrupsiyaning tarixiy ildizlari, qadimda qaror qabul qiluvchi shaxs
e‟tiboriga erishish maqsadida sovg„alar taqdim qilish an‟analariga borib taqaladi.
Chunki i
btidoiy va sinfiy jamiyatlarning ilk davrlarida qabila boshlig„i, koxin yoki harbiy
sarkardaga to„lov berish orqali yordam so„rab murojaat qilish umumiy me‟yor sifatida
qabul qilingan. Xususiy mulkchilikning rivojlanishi bilan korrupsiyaviy munosabatlarning
ko„rinishi va tabiati yangicha ko„rinish ola boshlagan. Bu esa jamiyat va davlatda
korrupsiya chegaralarining kengayishiga olib kelgan.
Korrupsiya muammosi bo„yicha tadqiqotlar olib borgan olimlarning e‟tirof
etishlaricha, u davlatchilikning ilk shaklla
ri paydo bo„lishi bilan, ya‟ni eramizdan
oldingi 8-7 ming yilliklarda
namoyon bo„la boshlagan.
2
Korrupsiyaning tarixiga nazar tashlaydigan bo„lsak, korrupsiya Qadimgi
Misrda Dastlabki (eramizdan avvalgi XXXIII-XXIX asrlar) va Qadimgi podshohlik
davrida (eramizdan avvalgi XXVIII-XXIII asrlarda
) o„zining eng yuqori va eng uzoq
davom etgan rivojlanishiga erishgan. Aynan shu davrda qishloq xo„jaligini
rivojlantirgan juda katta irrigatsiya tizimi va yozuv yaratilgan, fan va xunarmandchilik
rivojlangan. Mamlaka
tning iqtisodiy qudrati ulkan piramidalar qurishga qodir bo„lgan
va birinchi piramidalar qurilgan. Misrning bunday yuksalishi uni boshqargan
fir‟avnlarning I va III sulolalari davriga to„g„ri kelgan. Fir‟avnlarning IV sulolasi
boshqaruvining ilk davrlariga kelib Misr jamiyatida kuchli mulkiy tabaqalanish yuz
bergan.
Dostları ilə paylaş: |