Korrupsiya va uning kelib chiqish ildizi



Yüklə 30,52 Kb.
səhifə3/5
tarix03.12.2023
ölçüsü30,52 Kb.
#172169
1   2   3   4   5
korrupsiyani tarixi

Farmonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlari o`rta muddatli istiqbolda quyidagilardan iborat ekani belgilandi:

  • sud hokimiyatining mustaqilligini yanada mustahkamlash, sudyalarga har qanday tarzda qonunga xilof ravishda ta`sir o`tkazish shart-sharoitlarini istisno etish;

  • davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko`tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, ular uchun cheklovlar, taqiqlashlar, rag`batlantirish choralari hamda korrupsiyaning oldini olish boshqa mexanizmlarining aniq ro`yxatini belgilash;

  • davlat xizmatchilari daromadlarini deklarasiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish va ularning ish haqi etarli darajada bo`lishini ta`minlash, shuningdek, davlat xizmatini o`tashda manfaatlar to`qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish;

  • korrupsiya bilan bog`liq huquqbuzarliklar to`g`risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish;

  • aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish;

  • davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish;

  • fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta`minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o`tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etishga jalb qilish.

Idoraviy korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali dasturlarini amalga oshirish, ularning hisobdorligi va faoliyatining ochiqligi mexanizmlarini joriy etish, odob-axloq qoidalariga rioya etilishi va manfaatlar to`qnashuvining oldi olinishini ta`minlash bo`yicha amaliy chora-tadbirlarni bajarish orqali tegishli sohada korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga imkon yaratayotgan sabablar va shart-sharoitlarni tag-tomiri bilan yo`qotish davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining birinchi darajadagi muhim vazifasi hisoblanadi.
Qo`shimcha ravishda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini samarali qo`llashga yo`naltirilgan “Yo`l xaritasi” loyihasi ishlab chiqiladi. Unda Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning Oliy Majlis palatalari oldidagi hisobdorligi tartibini takomillashtirish, qarorlar qabul qilish jarayonida fuqarolar ishtirokining shaffof va samarali usullarini joriy etish ko`zda tutilgan.
Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ta`lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta`lim va tarbiya masalalari Qonunning 16, 17, 18-moddalarida o`z ifodasini topgan. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo`lgan va huquqiy ta`lim va tarbiya jihatdan etuk bo`lgan insonlar salbiy illat bo`lmish korrupsiyaga yo`l qo`ymaydilar.
Shunday ekan, o`zimizga xulosa qilishimiz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o`zimizni o`zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyanining har qanday ko`rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Qabul qilingan Qonun esa davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta`sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.
Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona echim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»ga sharoit yaratmoqda? Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir». Bu erda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. Ya’ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda? Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda. Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va’da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar etishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas. Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e’tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun’iy to‘siqlar. Sun’iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «ob’ektivka» orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy etukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining sudlanganligi» kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi, mahalliychilik, urug‘- aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar» zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a’zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin.

Yüklə 30,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin