Professor Robert Klitgaardning “Korrupsiya formulasi”
K=Я+Б-Ж
Я – yakkahokimlik
Б - boshqaruv sifati
Ж – javobgarlik
Yuqoridagi chizmada professor Robert Klitgaardning korrupsiya formulasini ko‘rishimiz mumkin. Ushbu korrupsiya turlari yuqorida tarifini bergan kichik (epizodik) katta (tizimli) va siyosiy (kleptokratik) korrupsiyaning ilmiy tildagi ko‘rinishi sifatida piramida shaklida tasvirlanganini ko‘rishimiz mumkin. Xo‘sh, o‘zi korrupsiyani qanday omillar keltirib chiqaradi, korrupsiya uchun javobgarlikni keltirib chiqaradigan qanday huquqiy asoslar mavjud degan savollarga javob berishimiz lozim. Korrupsiya ijtimoiy xavfli qilmish sanalib, davlat boshqaruvi tartibiga qarshi ijtimoiy xavfi yuqori jinoyatlardan biri hisoblanadi. Korrupsiyaning ijtimoiy xavfliligi, aybning mavjudligi, huquqqa xilofligi jazoga sazovorligi uning jinoyat ekanligini istisno qilmaydi. Birinchidan, korrupsiyaga oid jinoyatlar tegishlicha vakolatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidangina emas, balki bunday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar natijasida naf ko‘rayotgan boshqa shaxslarning qilmishlarini ham nazarda tutadi. Ikkinchidan, mazkur turdagi jinoyatlar o‘ziga topshirilgan vakolatlarning qonunga xilof ravishda va g‘arazli niyatlarda suiisteʼmol qilinishi orqali sodir etiladi. Uchinchidan, korrupsiyaviy jinoyatlardan olinadigan foyda moddiy va nomoddiy ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. To‘rtinchidan, bu turdagi qilmishlar faqatgina uni sodir etayotgan shaxsning o‘z manfaatlarini ko‘zlab emas, balki boshqa shaxslar manfaati yo‘lida ham sodir etiladi.
Korrupsiyaning kelib chiqish ildizi
Uning kelib chiqish sabablarini aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashning samarali yo‘llarini topish bo‘yicha mutaxassislar, turli institutlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuzlab, minglab tadqiqotlar o‘tkazilgan. O‘ziga xos reytinglar tuzilib, har xil ko‘rsatkich va raqamlar qayd etilgan jadvallar yaratilgan. Hatto korrupsiyaning xilma-xil ko‘rinishidagi formulalari ham ishlab chiqilgan. Hanuzgacha, barcha millatlar uchun qo‘l keladigan qarshi kurashda asqotadigan yagona yechim yo‘q. Gap shundaki, korrupsiyaning asl ildizi uning paydo bo‘lish geografiyasi bilan o‘zgaradi. Xo‘sh, O‘zbekistonda qanday omillar uning kurtak otib, «gullab-yashnashi»ga sharoit yaratmoqda?
Avvalo, Adliya vazirligi rasmiy saytida keltirilgan izohni qaytadan ko‘rib chiqish tavsiya etiladi: «Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir».
Bu yerda kalit so‘zi «davlat organlari xodimlari» sanaladi. Ya'ni, ushbu jumlaning o‘zi korrupsiya darajasi yuqori ekanida davlat xizmatchilarining roli muhim ekanligini ko‘rsatadi. Davlat organlarida xizmat qilayotganlarni bunday qabih ishga qo‘l urishga nima undamoqda?
Javob yana izohning o‘zida yastanib turibdi: «moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida»! Tabiiyki, korrupsiya ortida mo‘may daromad topish ilinji turibdi, biroq har bir quyi bosqichda uning hakalak otishiga davlat xizmatchilarining oylik maoshi pastligi sabab bo‘lmoqda.
Masalan, mahalliy hokimiyatning oddiy xizmatchisini ko‘z oldingizga keltiring, uning kichik maoshi, aslida xodim inson kapitaliga mos emasligi, korrupsiyaga qo‘l urishga majbur qiladi. Soddaroq qilib aytganda, kuchli bilim va tajribaga ega xodim hech qachon kichik maosh taklif etilgan ish lavozimida mehnat qilmaydi. Uning oldida tanlash uchun ikkita yo‘l turibdi: ish joyini o‘zgartirib, ko‘p oylik maosh va'da qilib turgan xususiy sektorga o‘tib ketish yoki kichik maoshga «qanoat» qilib, korrupsiyaga qo‘l urish. Bunday vaziyatda, davlat organlarida kadrlar yetishmovchiligi kuzatilib, tajribali va bilimli mutaxassislarni yo‘qotishi ham hech gap emas.
Davlat organlarida oylik maoshni oshirish bilan korrupsiyaga barham berish mumkinmi? Aslo! Korrupsiya darajasini susaytirish borasidagi takliflarni quyida batafsil mushohada etamiz, lekin, ayni chog‘da uni keltirib chiqaruvchi yana bir omilga e'tibor qaratsak: korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sun'iy to‘siqlar.
Sun'iy to‘siq, deb atalmish jihatlar shundan iboratki, ularning barchasini siyosiy iroda kuchi bilan yo‘q qilish mumkin. Ular nimalar? Ro‘yxatning boshida davlat organlari xodimlarini ishga qabul qilishda yuz berishi «belgilangan mantiqsizlik» va shaffoflikning yo‘qligidir. Gap shundaki, inson kapitalining haqiqiy qiymatini o‘zbek modelidagi «obektivka» orqali aniqlash mumkin emas. Bo‘lg‘usi kadrning salohiyatini tekshirish, uning psixologik va jismoniy yetukligi o‘rniga «Toshkent propiskasi», «yaqin qarindoshining sudlanganligi» kabi foydasiz vajlar har qanday bilimli kishini rasmiy doiradan uzoqroq yurishga undaydi. Agar tajribali va bilimli mutaxassis davlat organida ishlash istagi bilan eshik qoqsa, unga beriladigan ilk topshiriq ham bir talay hujjatlarni yig‘ib kelish bo‘ladi. O‘z o‘rnida har bir ma'lumotnomani olish kichik korrupsiyaga sabab bo‘lishi mumkin.
Undan tashqari, ishga joylashish masalasida har kim «tanish-bilish» tizimi, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, klanizm kabi «ijtimoiy hodisa»larga duch kelishi tayin. Ana shunday barcha «-chiliklar» zamirida korrupsiyaga boshlab boruvchi yo‘l mujassam. Shuningdek, kuchli fuqarolik jamiyatining haqiqiy belgisi sifatida davlat organlarining xalq oldida hisobdorligi, ularning faoliyati va moliyaviy harakatlar aniq raqamlar bilan ifodalanishi shart. Har bir sohaning xalq oldidagi hisobdorligidan tashqari, ayni paytda, Oliy Majlis a'zolari, vazir va davlat qo‘mita raislari, yuqori rahbarlik lavozimida ishlaydigan amaldorlarning shaxsiy mol-mulki, daromadlari hamda ularning manbasi shu paytgacha ko‘rsatilmagan. Hisobdorlik shakli qanday bo‘lishi kerak? Agar bironta vazirlik misolida qisqacha tushuntirish berilsa, hisobdorlik belgilangan vazifalar, taqvimdagi masalalar hamda bajarilgan ishlar kabi harakatlar bilan to‘yintirilishdan tashqari, moliyaviy shaffoflikni talab etadi. Bunda har qanday oddiy xalq vakili istagan savoliga javob olishga haqli bo‘lishi nazarda tutilsin.
Tarixda birinchi bo’lib korrupsiyaga qarshi kurashgan davlat sifatida Shumer davlati tan olinadi. Biz mamlakatimiz rivojlanishida korrupsiya illatiga qarshi kurashishda albatta, birinchi navbatda, muammoning ildizini topib, uni yo’qotish zarur. Zero,korrupsiyaga qarshi kurashishda korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o’rin egallaydi. Darhaqiqat ildizni izlashda, korrupsiya mamlakatda ildiz otishining sababi nimada? Insonlarni poraberishga yoki poraolishga nima majbur qilyabdi? Kabi savollarni ko’ndalang qo'ygan holda masalaga jiddiy yondashish zarur. Bizning xalq, mentalitetida bir insonga ishing tushib undan yordam sorasang, uni roziqilish kerak degan tushuncha bor, rozi qilish bo’lsa albatda ma’lum bir moddiysovg’a yoki pul hisobiga yechiladi, o’tmish tarixga ham nazar solsak podsholarga, xonlarning oldiga ma’lum bir mavqega ega bo’lish uchun sovg’a-salomsiz borishmagan. “Odatda hukimdorning muruvvatiga sazovar bo’lishi uchun odamlar o’zida bor engaziz, eng qimmatli narsani yoki uni xursand qiladigan narsani: chunonchi, otlarni, qurol-yarog'larni, qimmatbaho mato yoki toshlar va hukmdorning ulug’vorligiga munosib boshqa ziynatlarni hadya qiladilar.” Bunday munosabatlar balkim korrupsiyaning keng quloch yoyish sabablaridan biridir, buni Singapurning birinchi prezidenti Li Kuan Yuning o’z fuqarolari haqidagi o'y-fikirlarida ham ko’rish mumkin, “Mamlakat aholisining aksariyati xitoyliklar, ularning madaniy me’yorlari amaldorlarga “sovg’alarsiz” murojaat qilishga imkon bermasdi. Vaqti kelib, shunday “sovg’alar”ni mansabdor shaxslarning o’zi ham talab qila boshlashdi. Bu odat tusiga kirdi. Insonlarning korrupsiya qurboniga aylanishiga ya’na bir sabab, maosh masalasi bo’lishi mumkin, insonlarning ish joyidagi maoshi ularning moddiy talablarini qanaotlantira olmasa, ya’ni uy-ro’zgor ishlarigaham yetmasa, albatta insonda qo'shimcha pul topish istagi o’z-o’zidan paydo bo’ladi. “O’z maoshiga kun ko’raolmaydigan odamga hatto kichik bir vakolat berildimi, bu uning uchun mansabidan foydalanish taklifga aylanadi.5 Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, uni yo’qotish uchun xorijiy mamlakatlar tajriybasidan foydalanish ham o’z samarasini berishi mumkin. Hozirgi kunda dunyonining eng rivojalangan davlatlaridan biri bo’lgan Singapurning korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasi asoslari uchta muhim yo’nalishga qaratilgan, poraxo'rlarni davlat apparatidan chiqarib yuborish: davlat xizmatlarini maksimal darajada soddalashtirish, aniqlangan huquqbuzarlik holatlari bo’yicha jazo choralarini kuchaytirish. Bizning mamlakatda ham korrupsiyaga qarshi kurashishda keyingi yillardagi islohotlar natijasi yuqoridagi uchta strategiyani uchratish mumkin. Masalan: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko’rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida” 2017-yil 12-dekabrdagi Pq-3430-son qarori bilan takomilashtirilgan “Yagona Darcha” xizmati aholiga davla txizmatlarini ko’rsatishda soddalashtirilgan, ortiqcha ovaragarchiliklarnikamaytiradi. Yana bir misol, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi “O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6013-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish tog’risidagi 4761-sonli Prezident qarori bilan tashkilashtirilgan “O’zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hozirgikundagi olib borayatgan ishlari so’zimizning isbotidir. Mamlakatimizda Korupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Uz-report bilan o’tkazilgan so’rovga ko’ra keyingi ikki yilda respondentlar tomonidan yurtimizda eng yuqori Oliy ta’limda 21%, Sog’liqnisaqlashda 14%, ishga qabul qilishda 12%, Prokuratura va Ichki ishlarda 10% korrupsiyaholatlariga duch kelishgan, 18% respondent bolsa oxirgi ikki yilda korrupsiya bilan bog’liq holatga duch kelmaganini aytishgan. Xulosa o’rnida korrupsiyaga qarshi kurashishda mamlakatimizda davlat amaldorlari va ularning daromadlari korxona, muassasa oliy o'quvyurtlaridagi hisobotlari, ish jarayonlari rejadagi tekshiruvchilar emas, tasodifiy tekshiruvchilar o’tkazish maqsadga muvofiq. Shuni qo’shimcha qilish zarur, mansabdor shaxslarlarning maoshi yetarli darajada bo’lishi zarur. Lavozimli shaxslarga har qanday bajariladigan ish uchun minnatdorchilik tarqasida beriladigan sovg’a pora sifatida qabul qilinishi va unga qarshi nizomchilikda choralar ko’rsatilishi lozim.
Korrupsiya bu jamiyatni turli yo`llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to`sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta`kidlab o`tish joizki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag`al bo`lishidan qat`iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli illatni bartaraf etish bo`yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo`lsada, hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Korrupsiyaning tarixiy o`zaklari juda-juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma`lum mavqega ega bo`lish uchun qabila sardorlariga sovg`alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O`sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to`siq ekanligini ko`rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo`rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma`lum. Chunki bu holat davlatning obro`siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo`rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg`alarni qabul qilma, chunki sovg`a ko`rni ko`radigan qiladi va haqiqatni o`zgartiradi” deyilgan bo`lsa, Qu`roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo`l bilan olmangiz va boshqalarga tegishli bo`lgan narsalarni olish uchun o`z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar” deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga tobora ko`proq ta`sir ko`rsata boshladi. Bu o`sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o`z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSh Konstitusiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo`lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko`rsatib o`tilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o`rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.
Davlat apparati tizimida mansab suiiste`molchiligi, poraxo`rlik, uyushgan yoki korrupsion jinoyatchilikning ijtimoiy xavfliligi aynan shu tizim buzilishiga yoki zararlanishiga sabab bo`ladi. Davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur etkazadi. Korrupsiya jinoyatchiligini mansabdorlik jinoyatlarisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Mansabni suiiste`mol qilish orqali mulkni talon-taroj qilish yoki poraxo`rlik jinoyatlari korrupsiya jinoyatchiligining eng xavfli ko`rinishlari bo`lib hisoblanadi.
Davlat organlari faoliyatida qonuniylikni ta`minlash muhim jarayon bo`lib, bu jarayondagi asosiy vazifalardan biri korrupsiya bilan bog`liq holatlarning oldini olish, unga yo`l qo`ymaslik hamda bunday salbiy illatga qarshi samarali kurash olib borishdir.
Aytish joizki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan ilk davrdayoq korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga umumdavlat miqyosidagi vazifa sifatida qaralib, uning oldini olish va davlat apparatini korrupsiyadan tozalash bo`yicha izchil va muntazam ishlar olib borilmoqda. O`zbekiston Respublikasining ko`pgina huquqni muhofaza qiluvchi organlari tarkibida korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi alohida tuzilma va bo`limlar shakllantirildi.
Hozirda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish, fosh etish va unga qarshi kurashish borasida tashkiliy-huquqiy choralar amalga oshirilib, korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy mexanizmi yaratildi.
Xususan, 2017 yil 4 yanvardan O`zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to`g`risida”gi Qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo`ldi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi. Bu davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo`lishiga yo`l qo`ymaslik, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga nisbatan murosasiz munosabat qaror topadi. 34 moddadan iborat qonunda, avvalo, korrupsiya bilan bog`liq tushunchalar berilgan. Korrupsiya shaxsning o`z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o`zga shaxslarning manfaatlarini ko`zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir.
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo`nalishlari mustahkamlangan. Unga ko`ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi, qorrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari sirasiga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o`z vaqtida aniqlash, ularga chek qo`yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta`minlash ham shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, davlatimiz Rahbarining 2019 yil 27 maydagi “O`zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 5729-son Farmoni qabul qilindi.
Ushbu hujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish, eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro`-e`tiborini oshirishga qaratilgan.
Farmon bilan 2019−2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi qabul qilindi va Senat raisi Nig`matulla Yo`ldoshev boshchiligidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha respublika idoralararo komissiyasining yangilangan tarkibi tasdiqlandi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari, tuman va shahar xalq deputatlari Kengashlarining tarkibida korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari tashkil etiladi. Ular joylarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagiishlarning holatini kompleks o`rganish, joylarda korrupsiya ko`rinishlari namoyon bo`lishiga olib keladigan tizimli muammolar va korrupsiyaning holati to`g`risida O`zbekiston Oliy Majlisi palatalarining korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari bo`yicha qo`mitalariga ushbu sohadagi faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritgan holda muntazam ravishda axborot berib boradi.
Dostları ilə paylaş: |