Korrupsiyaga qarshi kurash. O‘zbekiston respublikasining qonuni



Yüklə 64,78 Kb.
səhifə12/28
tarix02.01.2022
ölçüsü64,78 Kb.
#42793
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28
Abdug'ani 1-m

13-modda. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari

(13-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti o‘z vakolatlari doirasida:



(13-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi;



Oldingi tahrirga qarang.

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan bog‘liq jinoyatlar, iqtisodiy va korrupsiya bilan bog‘liq boshqa jinoyatlar bo‘yicha tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni va surishtiruvni amalga oshiradi;



(13-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning ehtimol tutilgan yo‘llari va mexanizmlarini aniqlash uchun pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalarning monitoringini tashkil etadi hamda o‘tkazadi;

jinoiy ta’qib etishni tashkil qilish va huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ko‘rish uchun tegishli davlat organlarini korrupsiyaga oid aniqlangan huquqbuzarliklar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qiladi;

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi;

korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi.



Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.



(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 15-yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son)


Yüklə 64,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin