Ko’p g’azallarida axloqning barcha normalariga rioya qilish kerakligini va shundagina kishi el hurmatiga, katta baxtga sazovor bo’lishini uqtirgan. Insonlarga hurmatni, mehr-oqibat va boshqa ezgu fazilatlarni doimo ulug’lagan. Quyidagi ruboiy Boburning kamtarligidan, fikr-mulohazaliligidan dalolat beradi:
Bobur she’rlarida haqiqiy, barkamol inson timsoli madh etiladi, ulug’lanadi. Eng avvalo, insonning qadr-qimmatini yuqori tutish, amal va davlatga erishib g’ururlanmaslik, kamtarinlik kabi xislatlar targ’ib etiladi.
U farzand tarbiyasida qo’llanishi lozim bo’lgan usullar deb quyidagilarni aytgan
Ota-onani farmoni farzand uchun vojibligi.
Har bir paytda o’zingizni ibrat aylab ko’rsatish.
Barcha insonlarga yaqinligini o’rgatish.
Mustaqillik, qat’iylik va uddaburonlik uchun bolaga doimiy talablarni qo’yish va uning ijrosini kuzatish.