Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning obyektlari
sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko’rsatish
mumkin. Korxonalar faoliyatida
iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o’rin
egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
rivojlanish
maqsadlarini belgilash, optimal yo’nalishlar va ularga erishish
vositalarini izlab topish, resurslarni va qo’yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini
belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan cheklashlarni
aniqlash.
Rejalashtirish – qaror qabul qilishning uzluksiz bir jarayoni bo’lib, bu
jarayon davomida korxona faoliyati va rivojlanishining maqsad va vazifalari
atrofda ro’y berayotgan o’zgarishlarni inobatga olgan holda vaqt bo’yicha
aniqlanadi va belgilanadi hamda ularni amalga oshirish uchun resurslar aniqlanadi.
Mazmuniga ko’ra, rejalashtirish texnik-iqtisodiy
va tezkor-ishlab chiqarish
turlariga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: