Annotatsiya (lotincha: annotatio – “qayd”) qisqacha ta’rif degan ma’nolarni bildiradi. Kitob, maqola, qo’lyozma mundarijasini g’oyaviy-siyosiy yo’nalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi.
Annotatsiyani, masalan, kitobning o’zida, bibliografik ko’rsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi o’quvchilarda muayyan kitob, maqola, qo’lyozma to’g’risida umumiy tassavur tug’dirish va ularga adabiyot tanlashda yordam ko’rsatishdir.
- Tavsiyali (matn iste’molchilarning muayyan auditoriyasi uchun yaroqliligi tavsifini beradi)
- Umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi)
- Ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarini hisobga olib muayyan jihatlardagi tavsifini beradi)
1.Mazmuni va maqsadli vazifasi bo’yicha
- Guruhli (mavzu bo’yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)
Annotatsiya yozishning asosiy talablari:
Kompozitsiyasi mazmunan mantiqiy bo’ladi va dastlabki matn kompozitsiyasidan farqlanishi mumkin.
Ma’lumotlarning tanlanishi, ularning ifodalanishi va joylashuvi annotatsiya turiga bog’liq bo’ladi.
Til lo’ndaligi, soddaligi, aniqligi bilan ajralib turadi.
Dissertatsiya, maqolaga annotatsiya bibliografik varaqada rasmiylashtiriladi, xatboshilarsiz beriladi.
O’rtacha hajmi – 500 bosma belgi, kam hollarda esa – 800-1000 belgidan iborat bo’ladi.
Annotatsiya tuzishdagi asosiy xato – axborotning ko’pligi, fikrlarni ifodalashda gaplarning uzunligi va davrlarning ishlatilishi.
12 – 13 - mavzular
Esse
Esse (fransuzcha: “essai”- urinish, sinash, ocherk) – erkin kompozitsiyali, uncha katta bo’lmagan nasriy asar. Esse orqali narsa va hodisalarga yoki shaxsga oid sub’yektiv fikr bayon qilinadi.
Esselar falsafiy, tarixiybiografik, publitsistik, adabiy tanqidiy, ilmiy-ommabop yoki sof balletristik xarakterda bo’ladi.
Esse uslubi obrazliligi, aforistikligi, jonli tilga yaqinligi bilan ajralib turadi.
Esse yozish mustaqil janr sifatida A.Montel ijodida tarkib topdi. O’zbek adabiyotida XX asrning 70- 80- yillaridan yaratila boshlandi.
Insho fransuzcha so’z bo’lib, “tajriba, eskiz” degan ma’nolarni anglatadi. Insholar bir nechta mezonlarga ko’ra tavsiflanadi:
Muallifning muayyan fan sohasida bilimga ega ekanligini ko’rsatadigan asosiy tushunchalar, jumlalar va ta’riflar kiritilishi;
Qisqalik, to’liq javobni talab qilmaydi.
Ushbu janr so’nggi yillarda topshiriq sifatida taklif etiladi. Bu hujjatlar to’plamining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, ta’lim muassasalari yoki ishga kirish uchun.
Insho bu ma’lum bir mavzu bo’yicha sub’ektiv munosabatlarni, bilimlarni ifoda etuvchi, uni ochib berishini da’vo qilmasdan, erkin kompozitsiyali kichik hajmdagi janr.
Inshoni to’g’ri yozish uchun umumiy qabul qilingan qoidalarga rioya qilish kerak!
Esse turlari
Essening ko’p turlari mavjud. Ular
falsafiy,
tarixiy,
diniy,
adabiy-tanqidiy,
axloq va odob,
jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy muammolari va boshqa mini turlarda yoziladi.
Ular o’z shakllarida notalar, xatlar, lirik miniatyuralar, falsafiy nutqlar shaklida bo’lishi mumkin. Taqdimot uslubiga ko’ra – erkin, deyarli so’zlashuv, tahliliy, tavsifli va boshqalar. Esse turlari hikoyasi. Bu yerda diqqat voqea, vaqt va harakat yo’nalishiga qaratiladi. Xulosa qilib aytganda, voqeaning ahamiyati va unda aktyorning roli ko’rsatilishi kerak. Esse – ta’rif u yoki bu tushunchani tahlil qilishga, uni zarurligini ko’rsatishga qaratilgan!
Xulosa
Men ushbu slaydni tayyorlash jarayonida annotatsiya, esse va insho haqida ko’plab ma’lumotlarga ega bo’ldim. Ushbu janrlarning barchasi ijodkorlikni talab etadi. Annotatsiya biror manbaning to’liq yoki qisman ma’nosini, Esse uncha katta bo’lmagan nasriy asarni ifodalaydi va berilgan matnga tanqid qilmaydi. Inshoda esa fikrlar, qarashlar yoziladi. Hozirda u, asosan, maktab o’quvchilari bilimini baholash uchun beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.”Majmua akademik yozuv” – D.Toirova. Samarqand-2021.