«BOSHLANG’ICH TA’LIM ONA TILI DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH» Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich ta’lim ona tili fanini oʻqitish jarayonida,oʻquvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, qaratilgan innovatsion texnologiyalardan keng foydalanishning samarali usullari yoritib berilgan.
Kalit so`zlar: innovatsion texnologiyalar, ijodkorlik, samarali natija
Аннотация: В данной статье выделены эффективные методы широкого использования инновационных технологий, направленных на повышение интереса учащихся к уроку в процессе преподавания предмета родной язык в начальных классах.
Ключевые слова: инновационные технологии, креативность, эффективный результат.
Abstract: In this article, effective methods of wide use of innovative technologies aimed at increasing students' interest in the lesson in the process of teaching the subject of the mother tongue in primary education are highlighted.
Key words: innovative technologies, creativity, effective result
O'zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo'lidan borar ekan, o'z fuqarolarining, xususan o'sib kelayotgan yosh avlodning jismonan sog'lom, ma'nan barkamol, aqlan raso bo'lib tarbiyalanishiga, zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan qurollangan holda ta'lim olishiga alohida e'tibor qaratmoqda. Respublikamizda ta'lim tizimiga e'tibor va munosabat tubdan o'zgargan hozirgi davrda har bir fanning rivojlantirishi, takomillashtirishi, o'rgatishning samarali usullarini amaliyotga joriy etilishiga alohida e'tibor qaratilayotir.
Barkamol shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosati doirasiga ko‘tarilgan bo‘lib, uni amalga oshirish jarayoni hisoblangan pedagogik jarayon samaradorligini ta’minlash esa, ta’lim muassasasi rahbarlari, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, pedagogik jarayon ishtirokchilari va boshqa mutaxassis xodimlarning faoliyatini samarali tashkil etish va takomillashtirish mexanizmlarini yaratish, innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyatini belgilaydi.
Hozirgi davrga kelib, umumta’lim maktablarda darslarni tashkil qilishning noan’anaviy usullaridan foydalanishning afzalliklari har bir zamonaviy pedagog-o’qituvchi tomonidan e’tirof etilmoqda. 1950-yillarga kelib, AQSHning Garvard universitetida ilk pedagogik texnologiyalardan foydalanib, dars o’tish sinab ko’rildi. Ayni paytda O’zbekistonning ta’lim maskanlarida ham turli interfaol metodlardan qo’llash o’qituvchilarning kundalik ish rejimiga aylanib ulgurgan.
Oʻqish savodxonligi doirasida oʻquvchida toʻgʻri, tez, ongli, ifodali oʻqish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob oʻquvchidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga koʻtarish; oʻqish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday uslubdagi matnni oʻqish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash koʻnikmasini oshirish nazarda tutiladi.Oʻquvchining nutqini oʻstirish uchun albatta badiiy asarlarning oʻrni beqiyos hisoblanadi. Boshlangʻich sinfda hikoya, kichkina matn oʻqishga qiziqqan bola, albatta yuqori sinfda kattaroq asar oʻqishni boshlaydi va bu koʻnikmaga aylanib boradi. Boshlangʻich sinf ona tili va oʻqish savodxonligi darsliklarida ham bir qancha hikoyalarni uchratishimiz mumkin. Biz oʻzimizga savol beraylik, matn oʻqish, hikoya oʻqish bolaga nima beradi? Biz uni oʻquvchiga qanday usullar bilan yetkazsak, samarali natijaga erishamiz.Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini koʻtarishga boʻlgan qiziqish, e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qoʻllanilgan mashgʻulotlar oʻquvchilar egallayotgan bilimlarni oʻzlari qidirib topishlariga, mustaqil oʻrganib, tahlil qilishlariga, xato xulosalarni ham oʻzlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Oʻqituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yoʻnaltiruvchilik vazifasini bajaradi.
Birinchi bosqichda o'`quvchilarga og'zaki va yozma nutq, gap, so'z, bo'g'in va tovushlar, nutqning gaplardan, gaplaring so' zlardan tuzilishi, so`zlarning bo`g'inlarga bo'linishi, bo'g'inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma`lumot beriladi.
Tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o'rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko'nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o'quvchilarning bog'lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga "Alifbe"'da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdiriladi. Maktab kutubxonasidagi kitoblardan foydalanib o'zlari bilgan she'r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo'shiqlar, latifalardan ayttiriladi. Bundan tashqari ta'lim jarayonida yaxshi samara berishi mumkin bo'lgan metodlardan yana biri tayanch so'zlar asosida gap tuzdirishdir. "Alifbe" kitobi sahifalaridagi so'zlarning talaffuzi, ularning o'qilishi va ma'nolari ustida ishlash kabi mashg'ulotlar uyushtiriladi. Bu tarzdagi ishlarning har bir darsda mavzularga bog'liq ravishda izchil davom ettirib borilishi dars samaradorligini oshiradi. Bu bosqichdagi yozuv darslarida o'quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elementlarini yozishga o'rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash, o'z-o'zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko'nikmalar hosil qilinadi. Ikkinchi bosqichda esa unli tovush va harflar o'rgatiladi. Bunda quyidagi uch xususiyatni o'quvchilar tomonidan amaliy ravishda puxtavegallashlariga erishish lozim:
1. talaffuzda (og'izda) to'siqqa uchramaslik;
2. cho'zib aytilishini nazorat qilish;
3. faqat ovozdan tashkil topishi
Shuningdek, bu bosqichda o'quychilarni tovush bilan harfni farqlashga o'rgatish ko'zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o'rtasidagi chegaraga qat'iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi ma'lumotlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko'rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o'ziga xos xususiyatlar, ya'ni, tovushlarni talaffiuz qilamiz, eshitamiz, harflarni yozamiz, ko'ramiz va o'qiymiz. Bu tushunchalar bolalarga ulaming o'zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida quyidagi interfaol usullarni qo‘shimcha mashqlar bajarishda samarasi kattadir:
Aqliy hujum metodi;
Muammoli ta’lim metodi;
Kichik guruhlarda ishlash metodi
Ushbu noan‘anaviy interfaol usullar yordamida o‘quvchilarga qo‘shimcha mashqlar bajartirganaimizda o‘qish-o‘rgatish jarayonini yaxshi o‘zlashtirishga olib keldi. O‘z vaqtida aloqani tikladi. Motivatsiya yuqori darajada bo‘lishini taminladi, o‘tilgan materialni puxta xotirada saqlab qolishga imkon berdi. Mustaqil fikrlay oladigan o‘quvchining shakllanishiga yordam berdi.
Aqliy hujum interfaol metodidan foydalanganimizda o‘quvchilarga mashq shartidan kelib-chiqib o‘quvchilar aqliga hujum qilinadi, o‘quvchilarda fikr va g‘oyalar tug‘iladi. Bu fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, yagona, to‘g‘ri xulosa chiqariladi.
Muommli ta‘lim interfaol usulidan foydalanib, o‘quvchilarga o‘tilgan mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni vujudga keltirib, ularning ushbu muammoli vaziyatni bartaraf etishlarini so‘radik. Masalan, quyidagi muammoli vaziyat yuzaga keldi; Gaplarda tushub qolgan kim? va nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni topib, nuqtalar o‘rniga qo‘ying, gaplarni ko‘chiring.
1. O‘quvchilar ……..ni sevib o‘qishadi.
2. …….g‘o‘zaga suv quymoqda .
3. Oshpaz qozonga gurunchni solib, ..ni damladi.
4. ……mashinani tez haydab ketdi.
5. Bog‘dan gullar uzib , …….yasadim.
O‘quvchilardan ushbu muammoni hal qilib berishni so‘raganimizda, ular nuqtalar o‘rniga gap mazmuniga mos so‘zni qo‘yib, biz o‘rtaga tashlagan muammoni bartaraf eta oldilar. Ushbu interfaol metod o‘quvchilarni fikrlashga, muammoni qanday yechim, bartaraf etish choralarini o‘ylashga, fikr va xulosalar chiqarishga, o‘z fikr va mulohazalarini erkin bayon eta olishga katta yordam berdi.
Kichik guruhlarda islash interfaol metodidan dars jarayonida kengroq foydalanish kerak, chunki ushbu metod o‘quvchilarni dars davomida quvnoqroq bo‘lishiga, kayfiyatlarini yuqori bo‘lishini ta’minlaydi. Mavzuni mustahkamlashda mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar bajarishdan oldin, sinf o‘quvchilarini uch kichik guruhlarga bo‘lib olinadi. O‘quvchilarning taklif, istak va talablarini hisobga olgan holda kichik guruhlar nomlanadi. O‘quvchilarga ushbu kichik guruhlar o‘rtasida “Kim epchil, chaqqon va bilimdon” deb nomlangan musobaqa o‘ynashimizni aytib, musobaqa sharti ularga tanishtiriladi.So‘ng har bir kichik guruhdan bittadan o‘quvchini doskaga chiqarib, berilgan mavzuga oid qo‘shimcha mashqni shartiga ko‘ra bajarish buyuriladi.Mashq bajarib bo‘lingandan so‘ng g‘olib va mag‘lub jamoalarga tegishli ballarni qo‘yib, ushbu ballar izohlanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari kichik guruhlarda ishlash interfaol usuli yordamida mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar bajarganlarida erkin harakat qildilar, jamoalar g‘alabasi uchun kurashdilar, mashqni tez va sifatli bajarishga harakat qildilar. Boshlang‘ich sinflarda mavzuga oid qo‘shimcha mashqlar bajarish, ayniqsa, mashqlarni interfaol dars metodlari yordamida bajarish o‘quvchilarni mavzuni puxta egallashlarida, o‘zbek tilining o‘ziga xos grammatikasini o‘rganishda juda ham katta ahamiyatga ega, degan tilshunos pedagog olimlarimiz fikrlariga qo‘shilamiz.
Xususan, boshlang’ich ta’lim darslarida texnika vositalari va interfaol metodlarni qo’llash orqali o’quvchilarga taqdim etilayotgan yangi materialni osonroq yetkazishni ta’minlashga erishiladi. Innovatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etishdan ko'zlanadigan asosiy maqsadlarni quyidagicha tasniflash mumkin:
birinchidan, ta'lim tizimini jadallashtirish;
ikkinchidan, jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan bugungi jamiyatda har qanday axborotlarni o'quvchilarga yetkazishda vaqtdan unumli foydalanish;
uchinchidan, bilim berishni yangi sifat bosqichiga ko'tarish va o'quvchilarni ta'lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish;
to'rtinchidan, mustaqillik, erkin fikr, o'zaro hamkorlik aloqalarini keng yo'lga qo'yish.
Innovatsion texnologiyalardan foydalanib o'tkazilgan har bir dars o'quvchilarni erkin fikrlashga, o'z nuqtai nazarini bayon qilishga imkon yaratadi. Jamiyatimiz rivoji, barqarorligini ta'minlashda, eng avvalo, olingan axborotlarni mustaqil tahlil eta oladigan, erkin fikrlaydigan yoshlar zarur. Shuning uchun ham o'quv-tarbiya jarayonida innovatsion usullar, texnologiyalarning o'rni va ahamiyati beqiyos. Pedagogik texnologiyalarni ta'limda qo'llash o'quvchilarning bilimli va yetuk malakali bo'lishlarini ta'minlaydi.
"Innovatsiya" inglizcha so'z bo'lib, "yangilik kiritish", "yangilik" degan ma'nolarni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar orqali ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik va o'zgartirish kiritiladi va bu jarayon interfaol usullardanfoydalanish orqali amalga oshiriladi. Innovatsion pedagogik muammolar yechimini izlash ta'lim sohasida innovatsion jarayonning xususiyati, mazmuni, tarkibini tasniflash va tekshirish natijalarini tahlil qilish bilan amalga oshiriladi. Ta'lim jarayonini boshqarish o'qituvchidan katta mahorat talab qiladi. Mashg'ulot jarayonida o'qituvchi o'z faoliyati va o'quvchilar faoliyatini tashkil etish yo'llarini, o'quvchilar bilimini nazorat etish eng samarali usullarini ishlab chiqadi. Bu jarayonda interfaol usullardan foydalanishning, ko'zlangan maqsadni amalga oshirish uchun zamin bo'ladi. Interfaol usullar zamirida o'qituvchi va o'quvchi hamkorligi yotadi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayonining o'ziga xos xususiyati shundaki, o'quvchining dars jarayoniga loqaydligi, nofaolligining oldi olinadi va mustaqil fikrlash, ijod qilish, izlanishga jalb qilinadi, o'quv jarayoniga, fanga bo'lgan qiziqishlarining doimiyligi ta'minlanadi.Pedagogik texnologiyaning maqsadi o'qituvchi va o'quvchining belgilangan maqsadga hamkorlikda erishishlarini ta'minlashdir. O'qitish jarayonida maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishi mumkin.
O'quv jarayonida o'quvchilar mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o'zlari xulosa qila olsa, ko'zlangan maqsad amalga oshadi. O'qituvchi o'quvchilarning faoliyati uchun imkoniyat va sharoit yarata olishi, o'qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o'quv fanining o'ziga xos texnologiyasi bor. Bugungi kunda bizga ma'lum va keng qo'llanadigan usullardan "Aqliy hujum", "Klaster", "Venn diagrammasi", "BBB", "FSMU" kabilar dars jarayonida o'zlanining samarali natijalarini ko'rsatib kelmoqda. "Qiyoslash metodi", "Davra metodi", "6x6x6 "kabi metodlarning dars samaradorligini ta'minlashda o'ziga xos o'rni bor. Shuningdek, ona tili fanidan "Gapning ikkinchi darajali bo'laklari" mavzusi o'rgatib bo'lingandan keyin, o'quvchilarga "Guruhlarda ishlash metodi"dan foydalangan holda, "Men To’ldiruvchiman!" mavzusida ijodiy matn tuzish topshiriladi. Bu topshiriq yakka tartibda, kichik yoki katta guruhlar tomonidan ham bajarilishi mumkin. Mavzu yuzasidan tuzilgan matn o'quvchilar tomonidan taqdim qilinadi. Bu metod orqali o'quvchilarning jamoada ishlash ko'nikmalari rivojlantiriladi, xotirasi mustahkamlanadi, yozma va og'zaki savodxonli o'stirilib, ijodiy matn yaratish malakasi mustahkamlanadi. Ona tili darslarida o'quvchilarning yozma nutqi va imlosavodxonligini mustahkamlash maqsadida matn yaratish yuzasidan bir qancha qiziqarli topshiriqlar berish mumkin.
Tilning rivojlanishi, ayrim so‘zlarning ma’nolari haqidagi bilimni boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lni o‘rganish jarayonida asta-sekin bilib oladilar. Bu o‘rinda «So‘zning tarkibi» bo‘limi katta imkoniyatga ega. O‘quvchilar bu bo‘lim materiallarini o‘rganish jarayonida tilimizning yangi so‘zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so‘z yasalishi bilan tanishadilar.
Jumladan, " So‘zning tarkibi " bo'limini o'tish jarayonida har bir so'z turkumi yuzasidan ertak yaratish vazifasi topshirilsa, o'quvchilarning grammatik savodxonligi o'sish bilan bir qatorda, mantiqiy mushohada qilish qobiliyati rivojlanadi, ijodkorligi oshadi. Innovatsion texnologiyalar ta'lim sifati va samaradorligini oshirib, ta'lim jarayoning markaziga o'quvchilarning o'quv-biluv faoliyatini qo'yadi, ta'lim jarayonining yaxlitligini ta'minlaydi. O'quvchi faoliyatining yuqori darajadagi ko'rsatkichi, o'quv-biluv faoliyatini o'zi tashkil etishi, iroda va faoliyatning o'quvchi ongining predmetiga aylanishidir. Bu maqsadni amalga oshirish uchun, avvalo, ta'lim beruvchi maqsadga eltuvchi usullarni tanlay bilishi, o'quv-tarbiyaviy jarayon yaxlitligini ta'minlashi lozim. Innovatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga joriy etish, ta'lim samaradorligini oshirish uchun tinimsiz izlanish bugungi kunning ehtiyojiga aylanmoqda. Yangi metodlarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish pedagoglar oldida turgan masalalardan hisoblanadi.Ona tili darslarida o‘zbek tiliga muhabbat vaso‘zga ehtiyotlik bilan munosabatni tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi.
Buning uchun matn puxta tanlanadi. Tilni o‘rganish jarayonida leksik-uslubiy ishlarga katta o‘rin beriladi. Darsda she’r, soddalashtirilgan matnlar bilan birga, yuksak badiiy matnlardan ham foydalaniladi.Ona tili o‘qitish jarayoni o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirishgaqaratiladi. Ona tili darslari har bir kishi uchun zarur bo‘lgan saranjom-sarishtalik,mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirishda har bir ,pedagog bugungi kun talabi doirasida yondashishi, innovasion texnologiyalardan unumli foydalanishi zarur.