Ilg‘or xorijiy mamlakatlarda kasb tanlashga yo‘llash tajribasi
Motivlar va ularning mutaxassislar tayyorlashga ta’siri
Kasb va qiziqish
Kasbiy motivatsiya
Kasb tanlashga yo‘llash maqsadi va vazifalari
– umuminsoniy madaniyatni shakllantirish jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodning kasbiy tiklanishi
imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta’lim turini tanlash
tabiat in’om etgan (tug‘ma) layoqatlarini rivojlan- tirishga ko‘maklashish, insonga kasbiy o‘zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora-tadbirlar majmuasi
turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo‘lgan ehtiyojlarda jamiyatning g‘amxo‘rligi
Bosh maqsad
Kasb tanlashga yo‘llashning bosh maqsadi o‘ziga xos usullar yor- damida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat.
Asosiy maqsad
Kasb tanlashga yo‘llashning asosiy maqsadi – yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda ta’lim yo‘nalishini tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi ikki asosiy vazifani hal qilishga qaratilgan:
mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish hisobiga mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash
shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy ximoyalash, chunki o‘z qiziqishlari, moyillik va imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy jihatdan tezroq uni o‘zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.