Kasbiy motivatsiya


Kasb tanlashga yo‘llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə2/5
tarix11.10.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#153814
1   2   3   4   5
Kasbiy motivatsiya

Kasb tanlashga yo‘llashda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:

  • kasb tanlashga yo‘llash xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;

shaxsni kasb tanlashga yo‘llash va psixologik-pedagogik tashxis qilish shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi
  • kasb tanlash yoki almashtirish, ta’lim turi va ishga joylashish imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;

iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o‘rganish va prognoz qilish orqali jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish
O‘zbekiston fuqarolarining va (lozim bo‘lganda) boshqa davlat fuqarolarining o‘qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyo- qarashidan qat’i nazar kasb tanlashga yo‘llash xizmatlaridan foyda- lanishga teng huquqligi;
kasbiy tashxis va maslahat berishning ixtiyoriyligi

Kasb tanlashga yo‘llash


o‘z kasbiy o‘rnini topishi uchun shaxsga ta’sir etishning ilmiy asoslangan shakl
usul va vositalar tizimidir
U insonning kasbiy
qiziqishi va imkoniyatlari hamda jamiyatning aniq bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga erishishga yo‘naltirilgandir.
Kasb tanlashga yo‘llash mohiyat va samaradorlikni baholash ko‘rsatkichlariga ko‘ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir
bu har bir shaxsning o‘ziga xos indivi- dual xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda,

Kasb tanlashga yo‘llash quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladi


Kasbiy axborot – ma’lum bir kasbni egallash xohishi bo‘lgan shaxsga, turli mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o‘sish imkoniyatlariga mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning shakllanishiga, shaxsning istak va ko‘nikmalariga qo‘yilgan talablar hamda zamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, targ‘ibot qilish chora-tadbirlaridir.
Kasbiy maslahat – kasb tanlash yoki faoliyat turini o‘zgartirishda yordamga muhtoj bo‘lgan shaxsning individual-psixologik xususiyat- lari, shaxsiy fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog‘lig‘i va mehnat bozori ehtiyojlarini o‘rganish asosida psixologik maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o‘zaro muloqot tizimidan iborat.
Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida turlariga yaroqlilik darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan shaxsning psixofiziologik xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo‘lgan psixofiziologik me’yoriy talablar (saralash) asosida shaxsni har tomonlama o‘rganish tizimidir.
Moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy- psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni muvaffaqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart-sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin