Ta’lim menejmenti



Yüklə 16,83 Kb.
tarix15.06.2023
ölçüsü16,83 Kb.
#130693
Shoira Taqriz yangi


Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti “Ta’lim menejmenti” kafedrasi maktab menejmenti yo‘nalishi 4-kurs talabasi Ozodova Shoira Zafar qizining “Ta’lim natijalariga mo’ljallangan o’quv jarayonini tashkil etishning xalqaro tajribalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga berilgan


TAQRIZ

O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyot strategiyasida mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot natijalarini «Inson qadri uchun» tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini transformatsiya qilish va ta’lim tizimi halqaro standartlar asosida rivojlantirish masalasi vazifasi belgilangan. Bunga ko‘ra, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish ta’lim tizimida ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish maqsad qilingan. Maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida boshqaruvga yangi tamoyillarning kiritilishi va amalda ulardan foydalanish hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taqazo etadi. Maktab menejmenti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Turdiqulova Maftuna Maxmud qizining “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi 2 bob, 5 ta rejadan iborat bo‘lib, unda bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish masalalari yoritilgan.


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish masalasini nazariy jihatdan asoslash hamda malakali kadrlar tayyorlash jarayonida o‘qituvchining pedagogik kompetentlik sifatlarini yaratishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning vazifalari - muammoga oid ijtimoiy-falsafiy, psixologik, pedagogik va metodik manbalarni o‘rganish, tahlil qilish, umumlashtirish; bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratish dolzarb pedagogik muammo ekanligini nazariy jihatdan asoslash; bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosining amaliyotdagi ahvolini o‘rganish va tahlil qilish; bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish mazmuni, shakllari, yo‘llari va pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash; bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va ularning samaradorlik darajasini aniqlashdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining ob’ekti sifatida bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish texnologiyasini yaratishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon olingan. Birinchi bob, bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari deb nomlanib, bunda O‘zbekistonda yuqori malakali kadrlar tayyorlashning huquqiy-normativ asoslari, Oliy ta’lim tizimida bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosi to‘g‘risida ma’lumotlar yoritilgan. Ikkinchi bob, “Iqtisodiy kompetentlikning tuzilishi va mazmuni” deb nomlanib, Pedagogikada “kompetentlik” tushunchasining talqini, Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish muammosining o‘rganilganlik holati bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, Iqtisodiy kompetentlik sifatlarini rivojlantirish usul va yo‘llari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Shu bilan birga, Maktab menejmenti yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Turdiqulova Maftuna Maxmud qizining “Bo‘lajak maktab menejerlarida iqtisodiy kompetentlikni shakllantirish” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishidagi kamchiliklar to‘g‘irlangan, ish tugallangan, taqrizchi sifatida himoyaga tavsiya etaman.


Ilmiy rahbar
Nizomiy nomli TDPU
Ta’lim menejmenti” kafedrasi
v.b. dotsenti p.f.f.d.(Phd) R.Sh.Shamuratov
Yüklə 16,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin