Korxona hududida ta asosiy va ta yordamchi ttsexlar joylashgan



Yüklə 1,27 Mb.
tarix22.09.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#146525
Kvarts





Kvarts” AJ list ko'rinishdagi rangli, qoraytirilgan va toblangan oyna, shisha bankalari va butilkalarni ishlab chiqish bo'yicha Markaziy Osiyo hududidagi eng katta korxonalardan biri hisoblanadi. Korxona 1975 yilda ishga tushirilgan. Korxona mahsudotlari ichki bozorni to'liq ta'minlaydi va ko'plab xorijiy mamlakatlar - Qozog'iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg'iziston va Afg'onistonga eksport qilinadi.


Korxona hududida 5 ta asosiy va 9 ta yordamchi ttsexlar joylashgan:
MVP 1-uchastkasi – shisha banka ishlab chiqarish ttsexi. Shisha tarasi belgilangan tarkibdagi shixtani eritish va mahsulot qolipini shakllantirish yo'li bilan shisha massadan tayyorlanadi. Liniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 219 mln. donani tashkil etadi.
MVP 2-uchastkasi – butilka ishlab chiqarish ttsexi. Shisha tarasi belgilangan tarkibdagi shixtani eritish va mahsulot qolipini shakllantirish yo'li bilan shisha massadan tayyorlanadi. Liniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 33,9 mln. donani tashkil etadi.
MVP 3-uchastkasi – butilka ishlab chiqarish ttsexi. 2005 yilda "Emxart" (Germaniya) kompaniyasi uskunasi asosida yangi liniya ishga tushirildi. Rekonstruktsiya ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 120 mln. donaga yetkazish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini beradi.
Silliq list oynasi ishlab chiqarish ttsexi. Ttsex 1996 yilda qurilgan. Eng zamanoviy va ilg'or bo'lgan usul, ya'ni shisha lentasini metallni eritish asosida termik shakllantirish usuliga asoslangan. Shisha tayyorlash pechkasining quvvati – sutkasiga 200 tonna. 2002 yilda silliq list oynasini ishlab chiqarish jarayoni "Tekint" (Italiya) firmasining ishtirokida modernizatsiya qilindi, natijada liniyaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 10 mln. kv. m ni tashkil etdi. Qayta qurish ishlab chiqarish hajmini oshirish va ishlab chiqarilayotgan oyna sifatini oshirish imkonini berdi.
Ishlab chiqarilayotgan M1, M2, M3 va M4 markadagi arxitektura-qurilish oynalari romlar, vitrajlar, mebellarni oynalash, yerda harakatlanadigan transportga toblangan oynalar uchun ishlab chiqariladi. Oyna 800x1300 mm, 1300x1600 mm, 2000x3000 mm va xaridor bilan kelishilgan o'lchamlarda ishlab chiqariladi. Oynaning qalinligi 2 mm dan 10 mm gacha.
Me'yorlash-aralashtirish ttsexi – xom-ashyoni qayta ishlash va belgilangan kimyoviy tarkib bo'yicha shixta tayyorlashga va uni shisha tayyorlash pechlariga uzatishga xizmat qiladi.
Yordamchi ttsexlar
Metall shakllar ttsexi – shisha taralar uchun metalldan turli shakllar komplektlarini tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Atmosfera muhofazasi stantsiyasi – belgilangan tarkib, ko'rsatkich bo'yicha azotli vodorod aralashmasini tayyorlash va silliq shisha tayyorlash uchun yuborishga xizmat qiladi.
Qadoqlash materiallari ttsexi – list oynalarini qadoqlash uchun yog'och yashiklarni tayyorlashga xizmat qiladi.
Markaziy zavod laboratoriyasi – shixtaning to'g'ri tayyorlanishi, shisha tara va silliq list oynasini tayyorlash uchun shisha tarkibining to'g'riligini aniqlaydi.
Texnik nazorat bo'limi – ishlab chiqarilayotgan mahsulotni nomativ hujjatlar talablariga mos kelishi yuzasidan sinovdan o'tkazadi. “Kvarts” OAJ sinov bo'limi O'zbekiston Respublikasi Davlat standarti tomonilan akkreditatsiyadan o'tkazilgan. Korxonada ISO 9001: 2000 Xalqaro standartlarga mos ravishda sifat menedjmenti tizimi joriy etilgan va sertifikatlangan. Sertifikatsiya organi RW TUV (Germaniya) tomonidan sertifikatsiyaning ijobiy natijasi to'g'risida rasmiy tasdiq olingan.
Nazorat-o'lchov asboblari ttsexi – ishlab chiqarish protsesslarini nazorat etishga qaratilgan bo'lib boshqaruvning yangi avtomatlashtirilgan tizimi orqali ta'minlanadi.
Transport ta'minoti
Korxonada 4 ta transport bo'linmasi faoliyat yuritadi:
temir yo'l (teplovozlar);
avtomobil (yuk va yengil avtomobillar, avtobuslar);
yuk ko'targichlar (elektr va avto karlar, yuklovchi mashinalar);
kichik mexanizatsiya uchastkasi (traktorlar, avtokranlar, yo'l-ta'mirlash texnikasi).
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom-ashyo manbalari:
Kaltsiy sodasi – O'zbekiston;
Kvarts qumi – O'zbekiston;
Natriy sulfati – O'zbekiston;
Dala shpati – O'zbekiston;
Dolomit – O'zbekiston;
Ohak – O'zbekiston.
“Kvarts” OAJ mahsulotlari Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'onistonga eksport qilinadi.
Korxonada ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga alohida e'tibor qaratiladi.
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini yaxshilash va assortimentini ko'paytirish maqsadida 2008 yilda korxona tomonidan quyidagi yangi xildagi uskunalar xarid qilindi va o'zlashtirildi:
MA-5V\40 NE NAAS markadagi beshta koordinatli frezer qayta ishlov berish markazi;
Juhger US-450 markadagi universal qayroqlash stanogi;
Finnsonic MO 170\IV markadagi ultratovush tozalash stanogi. Asbob mahsulotlarga logotiplarni tushirgan holda murakkab konfiguratsiyadagi shisha taralarning shakl komplektlarini va yuqori aniqlikdagi detallarni tayyorlash imkonini beradi.
2010 yilda «Kvarts» AJ massasida bo'yalgan mis oynalarni ishlab chiqarishni o'zlashtirdi. Avval bunday oyna respublikaga Xitoy, Rossiya, Turkiyadan keltirilar edi, bu esa katta miqdorda valyuta mablag'larini sarf qilish bilan bog'liq edi.
Keyingi yillarda zamonaviy qurilmalarni o'zlashtirilishi natijasida korxona tomonidan yuqori sifatli jahon standartlariga mos keluvchi yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoni tug'ildi. Buning natijasi o'laroq, korxona biznesdagi benuqson obro'yi va mahsulotining yuqori sifati uchun “G'alaba chambaragi” va “Oltin sirtlon” kabi xalqaro mukofotlarni qo'lga kiritdi.


Kompaniya haqida ba’zi ma’lumotlar
Bozordagi ulushi:
ichki bozor:
Shisha banka bo’yicha
95%
Qurilish oynasi bo’yicha
60%
Shisha butilka bo’yicha
50%
"KVARTS" AJ
qurilish oyna, shisha banka, butilka ishlab chiqaruvchi O’zbekistondagi yirik va yetakchi korxona hisoblanadi.

Shisha zavodi


1995 yilda korporativlashtirildi va 1996 yilda qurilish shisha ishlab chiqarish boshlandi

Asosiy aksiyador


“KVARTS” AJning eng yirik aktsiyadorlari – bu ustav kapitalining 87,9 %ga egalik qiluvchi davlatimiz vakili sifatida Davlat mulkini boshqarish markazi, hamda UKining 18,63%. ulushiga ega “O’zqurilishmateriallari” AJ hisoblanishadi
KORPORATIV AXBOROT YAGONA PORTALI CHOP ETILGAN MA’LUMOTLARGA KO’RA 2021 YILDA

54.7 sof foyda, mlrd. so’m


sof foydaning 54.7 milliard so’mi korhonaning rivojlantirishga yo’naltirildi

Sifat siyosati

“Kvarts” AJ o’z oldiga faoliyatining asosiy vazifasi qilib, raqobatbardosh va sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish, oyna mahsulotlari iste’molchilari va manfaatdor shaxslar talab va istaklarini yanada ko’proq qondirish orqali barqaror foyda olishga erishishni qo’yadi.

Qo’yilgan maqsadlarga yerishish uchun “Kvarts” AJ rahbariyati korxonaning maqomini mustahkamlash va sifat menejmenti tizimining samaradorligini doimiy ravishda oshirishni ta’minlashga qaratilgan quyidagi faoliyat yunalishlarini belgiladi:

Jamoatchilikka ommaviy axborot berish orqali mahsulotimiz iste’moli qamrovini oshirish;
Texnik xarakteristikalari va dizayni, mijozlarning talablarini to’liq qondiradigan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali sotish, bozorini kengaytirish;
Iste’molchiga nomaqbul mahsulot yetkazib berish holatlarini bartaraf etish.

Korhona xodimlari tashkilotning farovonligi va binobarin, ularning farovonligi har bir xodimning sifatli bajarayotgan ishiga bog’liqligini tushunishadi. Sifat boshqaruvi tizimi qo’llanilish sohasi belgilangan bo’lib, u shisha qadoqlarini loyihalash va ishlab chiqarish, hamda silliqlangan oyna va toblangan oyna ishlab chiqarish etib tayinlandi.



Kvarts AJ rivojlanishidagi asosiy voqealar




Innovatsiyalar uchun rejalashtirilgan tadbirlar
De yilda onc rivojlantirishning taxminiy qiymati
Moliyalashtirish manbai

Bajarish vaqti

Kutilgan natija
Institut bilan hamkorlik
shisha Gus-Xrustalniy
("Center Steklo-Gaz" YoAJ) shisha ishlab chiqarish sohasida, k/v pechini modernizatsiya qilish loyihasi bo'yicha shartnoma tuzish
Foyda markazi № 2.
Shisha institutlari bilan ishlash
Moskva va Saratov.

3,5 ming dollar AQSH


O'z mablag'lari 2022-2026 yillar

Shisha eritishning zamonaviy usullarini ishlab chiqarishga joriy etish masalalari hal etilmoqda.
iste'molni minimallashtirish
energiya tashuvchilar.
Shisha sanoati sohasida yetakchi bo‘lgan jahonning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik.

O'z mablag'lari


2022-2026-yillar C/qadoqlash va qadoqlash sexini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
yangi float liniyasini qurish
stakan.
Toshkent kimyo korxonasi bilan shartnoma tuzish
texnologik instituti,
olishning yangi usullarini ishlab chiqishda uning yetakchi xodimlarini jalb qilish
shisha buyumlar.

O'z mablag'lari


2022-2026 yillar
bilan shartnomalar tuzish
nashriyotlar
shisha ustida bosma nashrlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan
mavzular.
50,0 ming rus surtish.
Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin