Bunda: Vhaqiqiy – uskunalar bilan vaqt birligi ichida haqiqatdagi
mahsulot ishlab chiqarish;
Vmeyoriy – uskunalar bilan vaqt birligi ichida texnik
asoslangan mahsulot ishlab chiqarish.
Misol. Smena mobaynida stanok haqiqatda 6 soat ishladi. Biz 2 soat mobaynida bo`sh turgan deb faraz qilib, foydalanilgan 6 soat uchun undan foydalanish samaradorligini tahlil qilamiz. Faraz qilamiz stanoklar soatiga 120 birlik mahsulot ishlab chiqarishi kerak, lekin ular 6 soatlik ish vaqtida soatiga 90 birlik mahsulot ishlab chiqardi. Unda Kint= 90/120=0,75 bo`ladi. Bu uskunlara quvvatining atigi 75 %idan foydalanilganligini bildiradi.
Asosiy fondlardan foydalanish ko`rsatkichlarining uchunchi guruxiga:
- uskunalardan integral foydalanish koeffitsiyenti;
- ishlab chiqarish quvvatidan foydalanish koeffitsiyenti;
- mahsulotlarning fondlar qaytimi va fondlar sig‘imi ko`rsatkichlari kiradi.
Uskunalardan integral foydalanish koeffitsiyenti uskunalardan ekstensiv va intensiv foydalanish koeffitsiyentlari ko`paytmasi sifatida aniqlanadi. Bu ko`rsatkich uskunalardan foydalanishni vaqt va quvvati bo`yicha tavsiflaydi. Bizning misolimizda Kekst= 0,86. Kint=0,75, shunga ko`ra uskunalardan integral foydalanish koeffitsiyenti
Kinteg.foyd.= 0,86 x 0,75 = 0,65
ga teng bo`ladi.
Bu ko`rsatkich uskunalardan ham ekstensiv ham intensiv foydalanishdagi kamchiliklarni birgalikda aniqlaydi. Ushbu ikki omil ta’siri natijasida stanoklar soatiga 0,65 % ishlatilgan.
Asosiy fondlardan samarali foydalanish ishlab chiqarish hajmining oshishiga olib keladi. Shuning uchun asosiy fondlar samaradorligi ko`rsatkichini aniqlashda mahsulot ishlab chiqarilishida qatnashgan barcha asosiy fondlar qiymatini hisobga olish lozim. Bu ko`rsatkich asosiy fondlarning 1 so`miga qancha ishlab chiqarilgan mahsulot to`g‘ri kelishini, ya’ni fondlar qatimini ifodalaydi. Uni hisoblash quyidagi formula yordamida amalga oshiriladi: