Korxona iqtisodiyoti



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə1/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103



B.A.Abdukarimov, A.N.Jabriyev, N.R.Zugurov, A.T.Qutbetdinov, M.Q.Pardayev, E.Sh.Shavqiyev

KORXONA IQTISODIYOTI


Oliy o`quv yurtlari talabalari uchun darslik
TOSHKENT - 2005
KIRISH

Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat uchta bir-biriga bog‘liq bo‘lgan muammolarga duch keladi. Iqtisodiyot nazariyasi bu muammolarni quyidagicha tariflaydi.


Birinchidan, nima ishlab chiqarish va qancha miqdordaQ
Ikkinchidan, qanday ishlab chiqarish va qancha harajatlar zarur bo‘ladiQ
Uchinchidan, kim uchun ishlab chiqariladi va ular qanday taqsimlanadiQ
Jahon amaliyotidan ma’lumki, rivojlangan davlatlar ham, yuqoridagi masalalarni hal qilishda bir talay negativ hodisalarga duch kelmoqda. Bular jumlasiga krizislar, monopolizm, inflyatsiya, ishsizlik, iste’mol bozoridagi nomutanosiblik, resurslarni, tovar va xizmatlarni difitsitligi, pul muomalasidagi nuqson va kamchiliklar kabilar.
Yuqorida keltirilgan uchta fundamental muammoni hal qilish, keltirilgan kamchiliklarni, nuqsonlarni yechimini topish o‘z-o‘zidan hal bo‘lmaydi. Buning uchun ular hal qilish usullari va mexanizmini to‘g‘ri topish, iste’molchilar talabini to‘la qondirish yo‘llarini izlash, yuqori samarali ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni boshqarish, tarmoqlararo va xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni bog‘lash, sotuvchi bilan iste’molchilar orasidagi munosabatlarni takomillashtirish kabi iqtisodiy hodisalarni uyg‘unlashtirish kabi masalalarni hal qilish zaruriyati to‘g‘iladi.
Bularni hal qilish nazariy va amaliy bilimlarni mustahkam egallagan, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy vazifalarni hal etishda ijodiy qo‘llayoladigan, masalani to‘g‘ri o‘rgana oladigan, uni nihoyasiga yetkazish bo‘yicha optimal qaror qiladigan mutaxassislarga ko‘pdan bog‘liqdir.
Bunday mahoratlarga ega bo‘lish sifatli iqtisodiy, nafaqat abstrakt iqtisodiy nazariya, balki ko‘proq amaliy iqtisodiy bilim beradigan adabiyotlarni, darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratilishi va chop etilishiga ham bog‘liqdir.
Jamiyatning rivojlanib borishi davomida ko‘pgina yangi fanlar paydo bo‘la boshlaydi, mavjud fanlar esa yanada takomillashadi. “Korxona iqtisodiyoti” fani ikkinchisiga taalluqli.
Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi “Korxona iqtisodiyoti” fanining mazmunini o‘zgartirdi va uni o‘rganishga bo‘lgan talab yanada ortdi. Bu fanni bilmasdan turib, har qanday korxonani rivojlantirib bo‘lmaydi. Natijada jamiyatning rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi.
“Korxona iqtisodiyoti” fani ishlab chiqarish korxonalarida iqtisodiy qonunlarning amal qilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini va bu qonunlarning harakat qilish mexanizmini va ulardan foydalangan holda korxonalarni maqsadga muvofiq tashkil etish va yuritish yo‘llarini hamda usullarini o‘rgatadi.
“Korxona iqtisodiyoti” fani iqtisodiyotning birlamchi bug‘ini muammolari, ishlab chiqarish omillari bilan bog‘liq muammolar haqidagi ilmdir. Ishlab chiqarish omillariga moddiy, mehnat va moliyaviy resurslar hamda tadbirkorlik qobiliyati kiradi.
Ishlab chiqarishning rivojlanishi, qolaversa uning taqdiri, aksariyat hollarda, nafaqat korxonalardagi resurslar miqdoriga, ayni paytda ularda faoliyat yuritayotgan xodimlarning ishbilarmonligi bilan ham bog‘liqdir. Korxonalar rahbarlari va mutaxassislarining uddaburonlik, ishbilarmonlik hislatlari hozirgi iqtisodiy tanglik, moddiy va moliyaviy resurslarning taqsilligi davrida judayam seziladi.
“Korxona iqtisodiyoti” fani erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish asosida korxonalarning foydalilik darajasini oshirish masalalarini o‘rganadi. Mamlakatimizning iqtisodiy taraqqiyoti esa, aynan, ishlab chiqarish korxonalarining samarali ishlashlari bilan bog‘liqdir.
“Korxona iqtisodiyoti” fani o‘z o‘quvchilariga quyidagilarni o‘rganishga ko‘maklashishni asosiy vazifa etib belgilaydi:
- nazariyada va amaliyotda qo‘llaniladigan iqtisodiy kategoriyalarni;
- “Korxonalar to‘g‘risidagi” qonunni;
- korxonaning boshqaruv tuzilishini va ishlab chiqarishni tashkil etish usullarini;
- korxona faoliyatini rejalashtirish va tartibga solish tamoyillari va usullarini;
- ishlab chiqarish samaradorligi ko‘rsatkichlarini hisoblash usullarini;
- turli mulk shakllariga asoslangan korxonalarni tashkil etish va ularni iqtisodiy jihatdan mustahkamlash yo‘llarini;
- ishlab chiqarish jarayonlarida sodir bo‘ladigan qonuniyatlarni aniqlash va shu orqali ishlab chiqarish jarayonlariga iqtisodiy baho berish yo‘llarini va usullarini ishlab chiqishni va joriy qilishni;
- mehnatni tashkil etish va uni rag‘batlantirishning eng mukammal tizimini ishlab chiqishni va joriy etish yo‘llarini;
- korxona faoliyatini yuritishda sodir bo‘ladigan turli vaziyatlarni tahlil etish va to‘g‘ri xulosalar qilishni va takliflar kiritishni.
Fan va texnikaning shiddatli rivojlanayotgan hozirgi sharoitida olingan bilim doimo to‘ldirilib borilishi kerak. Faqat shundagina bilim amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi va jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga aylanadi.
«Korxona iqtisodiyoti» fani bakalavrlarni tayyorlash uchun mo`ljallangan bo‘lib, Davlat ta’lim standartlari va o`quv rejalari asosida «Iqtisodiyot» hamda «Menejment» yo`nalishlarida o`qitiladi.
Ushbu kursni o`qish jarayonida bakalavrlar quyidagilarni bilishi shart. Korxona bozor iqtisodiyotining asosiy bo`g‘ini ekanligi, korxonaning turlari va shakllari, uning moddiy-texnika va moliyaviy bazasini, ishlab chiqarish va boshqaruv tarkibini, moddiy-texnik ta’minotini, xo`jalik faoliyatini tahlili va rejalashtirishni, mehnatni tashkil qilish va ish haqi to`lash, investitsiya faoliyati kabilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik faoliyatini yuritish, chegaralangan moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish mutaxassislardan chuqur iqtisodiy bilimga ega bo`lishlikni talab qiladi. Xo`jalik yuritish bu asosan optimal va ratsional qarorlar qabul qilish bilan bog‘liqdir.Bu ishlar mulk shaklidan, turlaridan qat’iy nazar barcha xo`jalik ob’ektlari uchun bir xil qarashlarni talab qiladi.
Bunday vazifalarni bajarish uchun «Korxona iqtisodiyoti» fanida o`rgangan bilim mutaxassislar uchun nazariy va amaliy omil bo`lib xizmat qiladi degan umiddamiz.
Yuqoridagilarni e’tiborga olgan holda ushbu darslikda korxona faoliyatini yuritishga bog‘liq tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy masalalar, nazariy xulosalar amaliy ma’lumotlar bilan isbotlangan holda yoritilishiga harakat qilingan.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni bozor munosabatlariga o‘tishi, uning bilan bog‘liq ko‘p ukladli xo‘jalik yuritishga o‘tish, bozor infrastrukturasini hamda yangi xo‘jalik mexanizmini shakllanishi korxonalarda xo‘jalik yuritishni iqtisodiy, huquqiy, informatsion muhitini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu holat korxonani mazmunini, statusini, uning jamiyatdagi mohiyatini, bozor sub’ektlari ichidagi rolini tubdan o‘zgartirdi. Ularni ayrimlarini keltiramiz: birinchidan korxonaning maqsad va vazifalari oldingi “ma’muriy” boshqaruv iqtisodiyot tizimidagidan tubdan o‘zgaradi;
Ikkinchidan, o‘zgarishlar korxonani faoliyatini harakteriga ta’sir qilib, ularni oddiy tovar (ish, xizmat) ishlab chiqaruvchidan tadbirkorlik biznesiga yo‘naltirdi;
Uchinchidan, korxonalarning yangi tashkiliy-huquqiy shakllari va ko‘p turlari vujudga keldi;
To‘rtinchidan, korxonalarni tashqi muhiti, ularning o‘zaro aloqalari hamda iqtisodiyotdagi boshqa sub’ektlar bilan bog‘liqligi, aloqalari tubdan o‘zgardi;
Beshinchidan, korxona faoliyatini boshqarishda asosiy o‘rinni buyruqlar, farmoyishlar, direktiv ko‘rsatmalar o‘rniga iqtisodiy usullar, iqtisodiy manfaatdorlik kirib keldi;
Oltinchidan, korxonalar xo‘jalik sub’ekti sifatida xo‘jalikni boshqarish, yuritish, resurslarni ishlatish, o‘z qarorlarini bajarilishi uchun javobgarlik sohalarida mustaqillikga erishdi. Korxonalar faoliyatini natijasi, yutuqlari to‘la tekis ularni samarali ish yuritishga bog‘liq bo‘lib qoldi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib iqtisodiy bilimlarni, shu jumladan, korxona iqtisodi fanini ahamiyati ortib bormoqda, bu hol avtorlarni ko‘p yillik oliy o‘quv yurtidagi tajribasiga asoslangan holda ushbu darslikni yaratishga undadi.

Darslikning quyidagi boblari, paragrflari keltirilgan mualliflar tomonidan tayyorlandi:


Kirish - dots. B.A.Abdukarimov.
1 bob - dots. B.A.Abdukarimov.
2 bob - dots. B.A.Abdukarimov (2.2, 2.3, 2.4, 2.5).
2 bob - dots. B.A.Abdukarimov, dots. E.Sh.Shavqiyev (2.1).
3 bob – prof. A.N.Jabriyev, dots. B.A.Abdukarimov.
4 bob – prof. A.N.Jabriyev, dots. N.R.Zugurov.
5 bob - dots. B.A.Abdukarimov.
6 bob - dots. B.A.Abdukarimov, dots. E.Sh.Shavqiyev (6.1).
6 bob - dots. E.Sh.Shavqiyev (6.2, 6.3).
7 bob - dots. A.T.Qutbetdinov, dots. E.Sh.Shavqiyev.
8 bob - dots. A.T.Qutbetdinov, dots. E.Sh.Shavqiyev.
9 bob - dots. A.T.Qutbetdinov (9.1, 9.3, 9.4).
9 bob - dots. B.A.Abdukarimov (9.2).
10 bob - dots. E.Sh.Shavqiyev (10.1, 10.2, 10,3).
10 bob - prof. M.Q.Pardayev (10.4).
11 bob - dots. B.A.Abdukarimov.
12 bob – prof. A.N.Jabriyev, prof. M.Q.Pardayev.

Darslik dots. B.A.Abdukarimov rahbarligida yozildi.


Ushbu darslik bo‘yicha Siz o‘quvchilarning xolisona taklif va tavsiyalaringizni mamnuniyat bilan qabul qilamiz deb mualliflar.





Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin