Korxona iqtisodiyoti


Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti - korxonaning xo`jalik mexanizmidir



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə6/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Korxona iqtisodiyoti fanining predmeti - korxonaning xo`jalik mexanizmidir.



Korxona iqtisodiyoti fanini o`rganish to`g‘risida so`z yuritilganda albatta uning asosiy vazifalarini aniqlab olish kerak. Uning vazifalari quyidagi asosiy omillardan kelib chiqadi.


1. Korxonaning iqtisodiyotda tutgan o`rni. Buni namoyon qiladigan jihatlari: birinchidan korxona jamiyatni asosiy bo`g‘ini; ikkinchidan, korxonalarda jamiyatning barcha moddiy va ma’naviy boyliklari ishlab chiqariladi; uchinchidan ularning samarali ishlashidan jamiyatning rivojlanishi, xalqning moddiy va ma’naviy farovonligi, davlatning jahon davlatlari orasida tutgan o`rni.
2. Korxona faoliyatida ro`y berayotgan iqtisodiy reallikni doimiy o`zgaruvchanligi, unga ko`pgina omillarni ta’sir qilishi bir tamondan, ikkinchi tamondan korxonaning natijalari butun jamiyatni rivojlanishiga ta’sir ko`rsatishi.
3. Iqtisodiy kadrlarga qo`yiladigan talablardan (ularning kasbiy mahorati, bilimdonligi, tadbirkorligi, bashorat qila bilishligi va hokazolar) kelib chiqadigan omillar. Korxona faoliyatini yuritishda injenerlar, texnologlar, masterlar va boshqa xizmatchi va ishchilar qatorida iqtisodiy kadrlar (menejirlar, marketologlar, iqtisodchilar, buxgalterlar) faoliyat ko`rsatadilar. Ularni amaliyotda bejiz iqtisodiyotning «shturman»lari deb atamaydilar.
Iqtisodiy kadrlarning kasbiy mahorati, bilimdonligi, tadbirkorligi bashorat qila bilishligi kabi fazilatlari korxona iqtisodiyoti fanini o`rganish jarayonida shakllanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, korxona iqtisodiyoti fanining asosiy vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni, o`lchov birliklari, ko`rsatkichlari va kriteriyalarini aniqlash usullarini o`rganish;
- korxona xo`jalik mexanizmini holatini o`rganish, baholash, kelajakga bashorat qilish;
- bo`lajak iqtisodchilarni korxona faoliyatini tahlil qilish, rejalashtirish, kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish;
- xo`jalik yuritishni yangi shakl va usullarini aniqlash;
- barcha turdagi korxonalarning rivojlanish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish;
- korxonada birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat, tadbirkorlik) samarali foydalanish yo`llarini belgilash. Chunki bu omillar jamiyat, tarmoq va sohalar bo`yicha, ayniqsa alohida korxonalar bo`yicha olinganda, makon va zamon birligida, chegaralangan ekanligini hech kim inkor qilmaydi.


  1. Yüklə 1,74 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin