Korxona iqtisodiyoti


Manzil: 703000 Samarqand sh. Amir Temur, 9



Yüklə 1,74 Mb.
səhifə2/103
tarix10.05.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#110722
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Manzil: 703000 Samarqand sh. Amir Temur, 9.
I bob. KURSNING MAZMUNI VA VAZIFASI

Reja:





  1. «Korxona iqtisodiyoti» kursining iqtisodiyotdagi

ahamiyati va iqtisodiy fanlar tizimidagi o`rni

  1. Kursning ob’ekti, predmeti va vazifalari

  2. Korxona iqtisodiyoti fanining usullari


  1. «Korxona iqtisodiyoti» kursining iqtisodiyotdagi

ahamiyati va iqtisodiy fanlar tizimidagi o`rni

Insoniyat faoliyati va hayoti moddiy borliqga bog‘liqdir. Inson yashash uchun nimaiki qilsa, doimo chegaralangan moddiy boyliklar muammosiga duch keladi. Insonning oliy maqsadi yaxshi yashash, lekin havodan tashqari hamma narsa chegaralangan. Ulardan ratsional foydalanish doimo inson ongi oldida ko`plagan siyosiy, iqtisodiy, texnikaviy, texnologik, ekologik va hakozo muammolarni qo`yadi. Bu muammolar yakka insondan tortib, korxona, firma, ularning birlashmalari, umuman region, davlat iqtisodiyoti miqiyosiga ta’alluqlidir. Shuning uchun ham inson paydo bo`lgandan tortib, uning bilan moddiy borliq o`rtasida doimo munosabat, kurash mavjuddir. Shuning asosida, xo`jalik yuritish, uni boshqarish to`g‘risida insoniyat doimo fikr yuritib u to`g‘risida bilimlar tizimini yaratib kelgan. Shunday bilimlar tizimi fan deb yuritiladi. Fan - bu insoniyat tarixida to`plangan tabiat, jamiyat va fikrlash to`g‘risidagi bilimlar tizimidir. Shu bilimlar asosida insoniyat tabiatni sirlarini, jamiyat mummolarini ichiga kiradi, o`rganadi va o`z hayotiga moslashtiradi.


Har qanday odamni oldida yosh bolaligidan savol to`g‘iladi, osmon, yer, oy, yulduzlar qanday vujudga kelganQ Kim yaratganQ Bu savollarga javob allohning payg‘ambarlarga yuborgan kitoblarida aniq javob bor. Lekin insonning moddiy borliq bilan munosabatlari, iqtisodiy muammolarni insoniyat o`zi to`plagan, yaratgan bilimlar tizimi orqali hal qilishi lozim. Umuman ibtidoiy jamiyat rivojlanib ibtidoiy jamoalar o`rtasida tovar almashish munosabatlari shakllana boshlanishi bilan insonlar iqtisodiyot to`g‘risida fikr yurita boshlagan. Chunki insonlar narsa (go`sht, bug‘doy, kamalak, bolta kabi) to`g‘risidagina o`ylab qolmay, ular narsalar, mahsulotlar orqali o`zaro munosabatlar to`g‘risida, ya’ni iqtisodiy, moddiy munosabatlar to`g‘risida fikr yurita boshlaganlar. Asta sekin insoniyat hayotidagi munosabatlar chuqurlashib, ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida alohida tarmoqlar, shu jumladan tijorat sohasi vujudga kelgan. Shu sababli insoniyat jamiyati kabi iqtisodiyot ham o`z tarixiga ega. Tijoriy fikr yuritishlar (tarixiy hujjatlardan ma’lumki) eramizdan 3000-2000 yillar oldin boshlangan bo`lib, uni savdogarlar tomonidan qilingan hisobiy yozuvlar bizlargacha yetib kelgan arxiologik topildiqlar (loydan qilingan taxtachalardagi hisob-kitob yozuvlari) tasdiqlaydi.
Qadimiy Sharqda eramizdan 3000 yillar oldin narsalarni kiraga berish, undan foyiz olish kabi faoliyatlar ishlatilgan. Qadimiy Yegipitliklar, Greklar oldi-sotdi, pul, baho, savdo, foyda, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalarni ishlatganlar. O‘zbek tilidagi «Iqtisod» so`zi Grekcha «Oikonomika» (ekanomika), ya’ni «Oikos» - uy, xo`jalik va «nomos» - qoida, tartib, qonun mazmunini bildiruvchi so`zlar birlashmasidan olingan bo`lib, uy xo`jaligini yuritish Qonuni mazmunini bildirishligi bejiz emas. Shuning uchun iqtisodiy fanlar o`rganadigan kategoriyalar qadimgi sharq olimlari qalamiga mansub bo`lgan asarlarda uchraydi (Sokrat, Kesnofont, Platon, Aristotel, Epikur).
Qur’onning “Yusuf” surasida berilgan ma’lumotlar bo`yicha eramizdan 3000 yillar oldin Yusuf payg‘ambar Misr shohiga: «Meni shu yerning xazinalari ustiga qo`ying. Chunki men (ularni) to`la to`kis saqlaydigan va to`g‘ri tasarruf qilishni biladigan kishiman» deb aytganlar. Bundan kelib chiqadiki, qadimda xazinalarni saqlash, sarf qilishni iqtisodiy tayanchlarini bilgan, ya’ni shu narsani aytish joyizki, Qur’onda «Olloh barcha narsa uchun miqdor-o`lchov qilib qo`ygandir» deb ”Taloq” surasida yozilgan. Qur’onda meros, sudxo`rlik, sadaqa, omonot, zakot, fitr kabi iqtisodiy kategoriyalar ham ishlatilgan.
Markaziy Osiyo allomalarining asarlarida iqtisodiyotga taalluqli g‘oyalar, xo`jalik yuritish bo`yicha fikrlar ko`pdan ko`p uchraydi. Ularning qatoriga Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Ulug‘bek, Bobur kabi mutafakkirlarni ijodlari kiradi. Misol uchun Amir Temur Tuzuklarini keltirish mumkin. Temur Tuzuklarida iqtisodiyotga, davlatni boshqarishga oid va hozirgi zamonda ham o`z faoliyatini yo`qotmagan iqtisodiy muammolarni hal qilish yo`l-yo`riqlari, qoidalarini topish mumkin. Unda davlatni tarkibiy tuzilishidan tortib, davlat byudjeti daromadlari va harajatlarini shakllantirish, mehnatni taqdirlash, maosh to`lash, soliq undirish, jarimalar, inomu-ehsonlar to`g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Insoniyat tarixiga ko`z tashlasak, jamiyatni tashkil qilinishida siyosiy va iqtisodiy jihatlaridagi farqlari aniqlanadi.
Siyosiy hayotda tarixan ongli (fahm orqali) tartibga solish orqali jamiyatni boshqarish boshlangan. Davlat boshqaruvi g‘oyasi o`sha davrlardanoq dohiy (qabila boshlig‘i), qariyalar kengashi, xalq majlisi kabilarda o`z aksini topgan.
Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot rivojlanishi bilan davlat boshqaruv funksiyalari mustahkamlanib va turg‘unlanib borgan. Iqtisodiy hayotda bunday emas. Ibtidoiy jamoa davridan to kapitalistik tizimgacha bir biri bilan ongli ravishda birlashmagan yakka ongli xo‘jaliklarni kuzatamiz. Har bir xo‘jalik sub’ektlari o`z tashabbusi, o`z ixtiyoricha, tavakkalchiligiga asosan ish yuritgan. Ularning birligi, jamiyatning va xalq xo`jaligining iqtisodiy jihatdan birligi yakka xo`jalik yurituvchilarning o`zaro iqtisodiy munosabatlari orqali amalga oshirilgan.
Ijtimoiy mehnat taqsimoti chuqurlashi, bozor munosabatlari shakllanishi bilan xo‘jalik yuritishni ongli ravishda tartibga solish g‘oyasi tug‘ila boshlaydi. Chunki uyushtirilmagan iqtisodiy faoliyatni (minglagan xo`jalik sub’ektlarini) ongli ravishda tartibga solmaslik ijtimoiy halokatlarga olib kelishi mumkin.
Hozirgi zamon korxonalari iqtisodiyotning (xalq xo`jaligining) uyushtirilgan, davlat tomonidan tartibga solinadigan xo`jalik sub’ekti bo`lib hisoblanadi.
Xo‘jalik korxonasi iqtisodiy fanlar nuqtai nazaridan ishlab chiqarish elementlarini (mehnat, kapital, tabiiy resurslar, tadbirkorlik) o`z manfaatlari, xo`jalik yuritish va foyda olish maqsadi orqali birlashtirgan, o`z resurslarini o`z ixtiyori bilan ishlatish huquqiga ega bo`lgan sub’ektiga tushuniladi.
Shunday qilib, tarixdan iqtisodiy nazariya shakllanib kelgan va iqtisod (ekonomika) termini ishlatib kelingan. Hozirgi kunda iqtisod bir necha xil mazmunda ishlatiladi.
Birinchidan, iqtisodiyot deganda xo`jalik (xalq xo`jaligi, tarmoq, hudud, birlashmalar, korxonalar va firmalar) tushuniladi;
Ikkinchidan; iqtisodiyot bu ishlab chiqarish, taqsimot, muomala va iste’mol fazalarida vujudga kelgan insonlar, xo`jalik sub’ektlari o`rtasidagi moddiy va boshqa boyliklar bilan bog‘liq munosabatlar tushuniladi;
Uchinchidan, iqtisod bu siyosat, ya’ni davlat siyosati, davlatlararo aloqalar va hakozolardan iboratdir;
Va nihoyat, to`rtinchidan, iqtisod bu - fan.
Fan - bu tabiat, jamiyat va tafakkur, ijtimoiy taraqqiyotni tahlil qilish va umumlashtirish to`g‘risidagi insoniyat tomonidan jamlashtirilgan bilimlar yig‘indisiga tushuniladi. Bu bilimlar orqali insoniyat tabiat sirlarini chuqur o`rganish imkoniyatiga ega bo`ladi, texnika va texnologiyani, tabiiy fanlarni rivojlantiradi hamda ijtimoiy taraqqiyotni muhim muammolarini hal qiladi.
Fanlar tizimida alohida o`rinni iqtisodiy fanlar tutadi.
Iqtisodiy fanlar bir qancha mustaqil fanlardan iboratdir va ular bir-biri bilan chambarchas bog‘liq bo`lib, murakkab tizimni tashkil qiladi. 1.1.1-chizmada iqtisodiy fanlar tizimi keltirilgan1
1.1.1- chizmada keltirilgan fanlardan tashqari ayrim sohalar, iqtisodiy jarayonlarga oid boshqa iqtisodiy fanlar ham mavjuddir.
Barcha iqtisodiy fanlar bir birlari bilan tig‘iz bog‘liqlikda bo‘lib, har birini jamiyat iqtisodiyotini rivojlantirish va takomillashtirishda o`ziga xos ahamiyati bor.
Iqtisodni fanlar tizimi sifatida ko`rib chiqadigan bo`lsak ularning qanchalik keng ekanligi bizga yana bir bor yaqqol ko`rinadi. 1.1.1-chizmaga qaralsin.
1.1.1-chizma.

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin