Korxona iqtisodiyoti


 Korxonalarda qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari



Yüklə 84,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix20.12.2023
ölçüsü84,43 Kb.
#187232
1   2   3   4   5   6   7
Korxona iqt 4-mavzu Ma\'ruza matni

2. Korxonalarda qo‘llaniladigan rejalashtirish shakllari. 
Qo‘yilgan maqsad va vazifalarning mazmunidan kelib chiqib rejalarning quyidagi 
shakllarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 

rejalashtirilayotgan davrning davomiyligidan kelib chiqib
– 
qisqa muddatli 
(joriy, operativ), o‘rta muddatli va uzoq muddatli (istiqbolli) rejalar;
 

korxona faoliyatining yo‘nalishi jihatidan
– 
tashkiliy reja, ishlab chiqarish 
rejasi, marketing rejasi, moddiy ta’minot rejasi va moliyaviy reja;
 

mo‘ljallanishi jihatidan
– 
korxona boshqaruvchilariga, statistik organlar va 
yuqori tashkilotlarga, tashqi investorlarga taqdim etiladigan rejalar. 
Joriy yoki yillik rejalar korxonani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yillik 
ishlab chiqarish-moliyaviy biznes-rejasidan, ishlab chiqarish bo‘linmalarining 
yillik ishlab chiqarish rejalari va topshiriqlaridan iborat bo‘ladi. 


Operativ yoki ish rejalari – yillik rejalarni yanada detallashtirish maqsadida 
tuziladi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: 

ayrim ish davrlari uchun tuzilgan ishchi rejalar; 

tarmoqlarda haftalik, oylik va choraklik rejalar; 

ayrim ishlarni bajarish uchun berilgan qisqa muddatli rejalar. 
Rejalarning barcha turlari o‘zaro bog‘liqlikka ega va ularning hammasi 
yagona maqsadni amalga oshirishga xizmat qiladi. 
Istiqbol rejalar kelgusi bir necha yilda korxonani ijtimoiy va iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari, sur’atlari va ko‘lamini belgilab beradi. 
Istiqbol rejalar ko‘pincha prognoz xarakteriga ega bo‘ladi. Prognozlar joriy 
rejalardan farq qilib direktiv xarakterga ega emas, balki ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 
Qo‘yilgan vazifani bajarish muddatiga ko‘ra, istiqbol rejalar uzoq muddatli va o‘rta 
muddatli rejalarga bo‘linadi. 
Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan biznes rejalar
 
biror 
bir loyihani amalga oshirish maqsadida korxonaga investitsiyalar yoki kreditlar 
jalb etish maqsadida tuziladi. Biznes-reja biznes g‘oyalarini kelajakda 
muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi. 

Yüklə 84,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin