O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
“KORXONA IQTISODIYOTI” FANIDAN
“KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA BASHORATLASH”
MAVZUSI BO‘YICHA MA’RUZA MATNI
Bilim sohasi:
200000
-
Ijtimoiy fanlar, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230000
- Iqtisod va biznes
Ta’lim yo‘nalishi:
5230100
- Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
Termiz – 2023
4-MAVZU: KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA
BASHORATLASH.
Reja:
1. Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari.
2. Korxonalarda qo’llaniladigan rejalashtirish shakllari.
3. Korxonalarning yillik ishlab chiqarish biznes-rejasi va korxonalar faoliyatini
bashoratlash.
Tayanch iboralar:
rejalashtirish,
bashoratlash, rejalashtirish tamoyillari, biznes
reja, ishlab chiqarish rejasi, ta’minot rejasi, sotish rejasi.
1. Rejalashtirishning mohiyati, asosiy tamoyillari va usullari.
Korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirishning
ijtimoiy-iqtisodiy,
tashkiliy, texnikaviy va texnologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va
nisbatlarni ta’minlash, rivojlanish yo‘llari va sur’atlari, tarmoqlar va bo‘linmalar,
takror ishlab chiqarishning asosiy bo‘g‘inlari o‘rtasida to‘g‘ri mutanosiblikni
shakllantirish jarayoniga rejalashtirish deb ataladi.
Xo‘jalik yuritishning bozor tizimiga xos bo‘lgan iqtisodiy munosabatlarning
rivojlanishi va ularning noaniqligi korxona iqtisodiyoti rivojlanishiga mos keluvchi
yo‘nalishlarini ishlab chiqish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Bu vazifa amalda
rejalashtirish va bashorat qilish yordamida amalga oshiriladi.
Rejalashtirishning ahamiyati to‘g‘risida gap ketganda, amerikalik davlat
arbobi B.Franklinning quyidagi fikrini keltirib o‘tish maqsadga muvofiqdir:
“Muvaffaqiyatsiz rejalashtirish – bu muvaffaqiyatsizlikni rejalashtirishdir” (“
Fail
to planning is planning to fail
”). Darhaqiqat, korxonalarda rejalashtirish jarayoniga
mas’uliyat bilan yondoshish talab etiladi. Chunki, to‘g‘ri
rejalashtirish
muvaffaqiyatga erishishning asosidir.
Korxona va uning ichki ishlab chiqarish bo‘linmalari hamda tarmoqlari
faoliyatini
ifoda
etuvchi
rejalar ichki
xo‘jalik
rejalari deb
ataladi.
Rejalashtirishning asosiy vazifasi korxona faoliyatini uzluksiz va jadal
rivojlantirish, tarmoqlar o‘rtasida zarur mutanosiblikni ta’minlash
orqali ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishni ta’minlashdan iborat.
Rejalashtirish odatda detalli hisob-kitoblar va ko‘rsatmalarga asosan amalga
oshiriladi. U bir tomondan barcha xodimlar uchun vazifalarni (har bir xodim
qachon va nima qilishi kerak), ikkinchi tomondan rahbariyat uchun ko‘rsatmalarni
(korxona belgilangan maqsadga erishishi uchun qanday boshqaruv qarorlari qabul
qilish lozim) belgilab beradi.
Ishlab
chiqilgan reja birinchidan, ishlab chiqarish imkoniyatlari bilan
bog‘langan bo‘lsa, ikkinchidan, undagi xato va kamchiliklar minimal bo‘lsa,
uchinchidan esa, ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulot iste’mol
talabiga ega
bo‘lsa, bu holda rejalashtirishni samarali deb hisoblash mumkin bo‘ladi. Korxona
rahbariyati tasdiqlagan reja buyruq maqomiga ega bo‘lib, barcha bajaruvchilar
uchun majburiy xarakterga ega bo‘ladi.
Korxona miqyosida rejalashtirishning maqsadli funksiyalari va tarkibini quyidagi
sxema yordamida aks ettirish mumkin (4.1-rasm).