O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Guliston davlat universiteti
MAVZU: Tarbiya fanlarini o’qitishda yangi pedagogik texnalogiyalarni tashkil etish
Fakultet: Ijtimoiy-iqtisod Yo’nalish: Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi Guruh:75-20 Bajardi: Toshpo’latov Baxtinur Qabul qildi: Xolnazarova Dildora GULISTON-2023 Mundarija Kirish………………………………………………………………………..…….3 Asosiy qism I BOB Tarbiya fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnalogiyalarni qo’llash, ta’lim sifatini ta’minlashning muhim omili Ta'limda innovatsion texnologiyalar turlari. Ta'limdagi zamonaviy innovatsiyalar………………………………………………………………………6
Tarbiya fanini o’qitish metodikasi, fanning asosiy maqsad va vazifalari…….25
II BOB Ta’lim jarayonini samarali tashkil etishda yangi pedagogik texnalogiyalar qo’llashning ahamiyati 2.1 Axborot texnalogiyalaridan ta’lim jarayonini tashkillashtirishda foydalanish..32 2.2 Zamonaviy pedagogik texnalogiyalar va uning bugungi kundagi zarurati…...38
Xulosa…………………………………………………………………….………50 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………53 Elektron ta’lim resurslari…………………………………………………….....55
Kirish Pedagogik texnologiya pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida XIX-asrning 2-yarmida rivojlandi va fanga kirib keldi. Pedagogika fani differensiyalash jarayonida pedagogika fani tarkibidan alohida yo’nalish, mustaqil fan bo’lib ajralib chiqdi. Pedagogik texnologiya fani hozirda pedagogikaning mustaqil soxasi sifatida OTM.larida o’qitilib kelinadi. Pedagogik texnologiya fanining asosiy maqsadi-yosh avlodda mazkur fan orqali BKM.larni shakllantirish, ta’lim-tarbiya jarayonini yuksak mahorat va san’at bilan bosqara olishdir. Pedagogik texnologiya ta’lim – tarbiya jarayonini yuksak mahorat san’at bilan boshqarishdir. Pedagogik texnologiya – texnologiyaga nisbatan tor tushuncha bo’lib-unda faqat ta’lim-tarbiyaning nazariy va amaliy asoslarini mahorat, san`at bilan o’rganish. Pedagogik texnologiyalar pedagogik jarayonning ijtimoiy maqsadga yo’naltirilgan usul, shakl va uyushmalar yigindisiga asoslangan loyihadir. Shuningdek, pedagogik texnologiyalar-pedagogik jarayonni yangicha qurish boshqarish tashkil etishning mexanizmidir. Pedagogik texnologiya fan sifatida, uning asosiy kategoriyalari, metodologik asoslari va o`ziga xos jixatlari Pedagogik texnologiya (PT) – shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida 3 – ming yillikda davlatimiz ta’lim sohasida tub burilishlar yuz beradi, Ta`lim beruvchifaoliyati yangilanadi, talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, vatanga mehr-muhabbat, insonparvarlik tuyg’ulari tizimli ravishda shakllantiriladi. «Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo`lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o`q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo`ldi.
Bunday murakkab va mehnattalab mashina va 6 jihozlarni ishlab chiqarishni, faqat texnologik jarayoni aniq ishlab chiqilgan texnologik hujjatlar asosida tashkil etish mumkin edi. Ushbu hujjatlarda – xom ashyo, materiallar, yarim fabrikat va mahsulotlarni olish, ishlov berish, qayta ishlash yo`llari va usullarining murakkab jarayonlarini o`zaro bog’liq, ketma-ket va aniq bajariladigan harakat, operatsiyalarga bo`lib, rejalashtirilgan natijaga erishish tasvir etiladi. Bu kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishga asos bo`ladi. Bizning davrda, texnologiya deb, ma’lum ishni bajarish san’ati tushuniladi. Uni egallash uchun u aks ettirilgan texnologik hujjatlarni chuqur o`rganish taqozo etiladi. «Texnologiya»ning fan sifatida shakllanishi, texnologiyani ko`paytirish va shu asosda mutaxassislarni ommaviy tayyorlash, hamda ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatini keltirib chiqardi. «Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir. PT – bu Ta`lim beruvchi(tarbiyachi)ning o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida ta`lim oluvchi(talaba)larga muayyan sharoitda ta’sir ko’rsatishi va aks ta’sir mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarining jadal shakllanishini kafolatlaydigan jarayondir. Yuqorida keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, PT tushunchasini izohlashda texnologiya jarayoni asos qilib olindi. Aslini olganda ham bu tushunchaga berilgan ta’riflar soni pedagogik adabiyotlarda nihoyatda ko’pdir. Pedagogik nashrlarda «texnologiya» atamasining xilma-xil ko’rinishlarini uchratish mumkin: «o’qitish texnologiyasi», «o’quv jarayoni texnologiyasi», «ma’lumot texnologiyasi» va hokazo.
O’qitish texnologiyasi PTga yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir jinslidir. PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «Ta`lim beruvchi– moddiy muhit – ta`lim oluvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi. Hozirgi kunda o’qituvchilar metodikani ko’p hollarda texnologiyadan ajrata olmayaptilar. Shu boisdan bu tushunchalarni aniqlashtirish kerak bo’ladi. Metodika o’quv jarayonini tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Metodikadan ko’zlangan aniq maqsad predmet mavzulariga oid nazariyalarni aniq hodisalar tekisligiga ko’chirishdir. Misol uchun, gaz qonunlari tushunchalarini shakllantirish metodikasi yoki energiyaning saqlanish qonunini fizika kursining elektr bo’limida qo’llash metodikasi va h.k. PT o’qitish jarayonining o’zaro bog’liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarini qurish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hi-sobga olgan holda belgilangan maqsadga erishishini ta’minlay-di. Yoxud PT o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yig’in-disidir. Texnologiya o’zining egiluvchanligi, natijalarning turg’unligi, samaradorligi, oldindan loyihalanish zarurati bilan 7 metodikadan farqlanib turadi. SHu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida PT o’quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelinadi. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning mohiyati yangicha talqin etila boshlandi. YApon olimi T.Sakamoto tomonidan «o’qitish texnologiyasi - bu o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasi» ekanligi e’tirof etiladi. Obyektiv borliqni o’rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko’lamda qo’llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan PT mohiyatiga ham aniqlik kiritildi: rus olimasi N.F.Talizina texnologiyani «belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat»deb tushuntiradi. Shuningdek, olima zamonaviy o’qitish texnologiya-si haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini o’qtiradi: «O’qitish texnologiyasi – bu o’quv jarayonini nima real tavsiflasa o’sha, o’qituvchiga o’rnatilgan maqsadlarga erishish uchun nimaga tayanish zarur bo’lsa o’sha» Bu alohida fan.