Korxona iqtisodiyoti


Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki



Yüklə 84,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix20.12.2023
ölçüsü84,43 Kb.
#187232
1   2   3   4   5   6   7
Korxona iqt 4-mavzu Ma\'ruza matni

 
Ushbu usulning mohiyati shundan iboratki,
 
alohida xo‘jalik, u 
yoki bu soha, qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini rivojlantirish rejasi dastlabki balansni 


tuzishga asoslanadi. Mazkur balans resurslarga bo‘lgan talab va uni qondirish 
manbalari aks ettiriladi. Bu usulda yer, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar 
balanslarini tuzish orqali rejaning ayrim bo‘limlari va ko‘rsatkichlari o‘rtasida 
muvofiqlik hamda mutanosiblik ta’minlanadi. 

me’yoriy usul. Bu usulga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi korxonasining ishlab 
chiqarish resurslariga bo‘lgan ehtiyojlari; barcha iqtisodiy, texnik-iqtisodiy va 
balans hisob-kitoblari; rejalarning asoslovchi ko‘rsatkichlari ilmiy-tadqiqot va 
loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlarga asoslanadi. Me’yor 
deganda ma’lum bir texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning ilmiy jihatdan yo‘l 
qo‘yilishi mumkin bo‘lgan chegaraviy miqdoriga aytiladi. 
Qishloq xo‘jaligida rejalar tuzishda quyidagi me’yorlardan foydalaniladi: 
a) asosiy vositalardan foydalanish (mashinalar unumi me’yorlari, transport 
vositalari tezligi, quvvatdan foydalanish me’yorlari va hokazo); 
b) aylanma vositalardan foydalanish (yonilg‘i-moylash materiallari sarfi 
me’yorlari va hokazo); 
d) mehnat sarfi va mahsulotning mehnat sig‘imi – alohida ish turlari bo‘yicha 
mehnat sarfi me’yorlari va boshqalar; 
e) ishlab chiqarish jarayonlarining tashkil etilishi – ta’mirlash uchun 
sarflanadigan vaqt sarfi, zahiralar, xom ashyo, materiallar, yonilg‘i-moylash 
materiallari qoldiqlari me’yorlari va boshqalar; 
f) mahsulot sifati ; 
g) kapital qo‘yilma ajratmalari; 
h) ishlab chiqarish xarajatlari, rentabellik darajasi va hokazo.

hisob-variantli usul. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, rejaning turli 
bo‘limlarini ishlab chiqishda ishlab chiqarish tarmoqlarini bog‘lashning, ekin 
maydonlari tarkibining, chorva mollarini oziqlantirish ratsionining, ishlab chiqarish 
jarayonini mexanizatsiyalshtirishning turli variantlari ishlab chiqiladi. Reja 
variantlarni talashda ikki guruh ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: birinchisi – 
mahsulot miqdori va sotish hajmi; ikkinchisi –ishlab chiqarishning iqtisodiy 
samaradorligi (mehnat unumdorligi, mahsulot tannarxi, rentabellik darajasi va 
hokazo). Ishlab chiqilgan reja variantlari orasidan eng maqbuli tanlab olinadi. 

iqtisodiy-matematik usul. Reja-iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlash, reja 
topshiriqlarining optimal variantlarini iqtisodiy-matematik usullar va kompyuter 
texnologiyalarini larni qo‘llamasdan aniqlab bo‘lmaydi. Ushbu usul rejaning eng 
maqsadga muvofiq (optimal) variantlarini aniqlashda, iqtisodiy, tashkiliy hamda 
texnik jarayonlarni optimallashtirishda keng foydalaniladi. Iqtisodiy-matematik 
usulni qo‘llashda kompyuter texnologiyalari bilan bir qatorda zarur dasturiy 
ta’minot ham muhim ahamiyatga ega. Katta hajmli ma’lumotlarni qayta ishlashda 
STATA, Eviews, SPSS kabi maxsus dasturiy ta’minotlar qo‘llaniladi. 



dasturiy-maqsadli usul. Ushbu usul muhim ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va 
ijtimoiy muammolarni hal etish bo‘yicha kompleks dasturlar ishlab chiqish hamda 
ularning asoslanganligini va yakuniy natijaga yo‘naltirilganligini oshirishda 
ishlatiladi. Bu usul uzoq muddatli istiqbol rejalarni ishlab chiqishda hal qiluvchi 
ahamiyatga ega bo‘lad 
Rejalashtirish tamoyillari va uslubiyotidan foydalanib rejalashtirish tizimi 
ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi. Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki 
ma’lumotlar hamda istiqbol, joriy, operativ va biznes-rejalarni ishlab chiqish – 
rejalashtirish tizimini tashkil etadi. 
Rejalashtirish uchun talab etiladigan dastlabki (birlamchi) ma’lumotlarga 
quyidagilar kiradi: 
- korxonaning o‘tgan yillarda erishgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish 
ko‘rsatkichlari; 
- ilmiy-ishlab chiqarish tavsiyalari; 
- ilmiy asoslangan limitlar, normalar va normativlar; 
- istiqbolda rivojlanishning texnikaviy-iqtisodiy prognoz ko‘rsatkichlari; 
- hududiy xo‘jalik yuritish tizimining shart-sharoitlari va usullari. 
Rejalashtirish uchun dastlabki ma’lumotlar bazasi sifatida o‘tgan yillarda korxona 
erishgan ishlab chiqarish natijalari va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlar asos 
qilib olinadi. Buning uchun o‘tgan yillar uchun statistik, moliyaviy va operativ 
hisobotlar ko‘rsatkichlari chuqur tahlil etiladi va ular asosida joriy yoki kelgusi 
yillar uchun reja ko‘rsatkichlari belgilab olinadi. 
Mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan moddiy, mehnat va moliyaviy 
resurslarni sarflash normativlari, ilmiy-ishlab chiqarish sohasida to‘plangan 
tajribalar va tavsiyalar, istiqbolda rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari 
rejalashtirish jarayonining haqqoniyligi va ilmiy asoslanganligini ta’minlaydi. 

Yüklə 84,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin