tamoyillar ga tayanib amalga
oshiriladi:
•
rejalarning realligi.
Bu tamoyilga rioya qilmaslik rejalashtirishni ma’nosiz
qilib qo‘yadi, chunki rejaning biror soha va korxonada bajarilmay qolishi, u bilan
bog‘liq bo‘lgan soha shartnomalari bajarilmay qolishiga, jarimalar to‘lashga,
ishonchni yo‘qotishga olib keladi.
•
ilmiy jihatdan asoslanganligi. Rejalar bajarilishi uchun ular ilmiy jihatdan
asoslangan bo‘lishi kerak. Rejalar jamiyatni va ishlab chiqarishni rivojlantirishning
obyektiv iqtisodiy qonunlari va qonuniyatlariga mos kelishi, fan va texnikaning
eng so‘nggi yutuqlariga, tabiiy, iqtisodiy va mahalliy shart-sharoitlarga, ilg‘orlar
tajribalariga tayanishi va korxonaning mavjud resurs salohiyatiga asoslanishi
lozim. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘idagi rejalashtirishda ilmiy tadqiqot institutlari
tomonidan ishlab chiqilgan me’yorlardan foydalanilishi muhm hisoblanadi.
•
uzviylik va o‘zaro bog‘liqlik. Ushbu tamoyilga
ko‘ra strategik, tarmoqda
tuzilayotgan istiqbolli, joriy va operativ rejalar o‘zaro bir-biri bilan bog‘liq, bir-
birini to‘ldiradigan holda tuzilishi va mamlakatning iqtisodiy va ijtimoiy
taraqqiyoti rejasi bilan bog‘liqligi ta’minlanishi kerak.
•
mutanosiblik va muvozanatlilik. Ushbu tamoyil mamlakat iqtisodiyotining
tarmoqlarini mutanosib va uyg‘un rivojlantirish qonuniyatlaridan kelib chiqadi.
Unga ko‘ra korxona faoliyatining barcha sohalarini tashkil qilish yagona
uyg‘unlikda va mutanosiblikda amalga oshiriladi. Buning uchun tarmoqlararo
mehnat, moddiy va moliyaviy resurslar balanslari tuziladi.
•
reja intizomiga to‘la rioya qilish va uni operativ nazorat qilish.
Rejalarni
amalga oshirish jarayonida turli sabablarga ko‘ra reja ko‘rsatkichlaridan chetga
chiqishlar va belgilangan vazifalarning bajarilmay qolish ehtimollari vujudga
kelishi mumkin. Shu tufayli reja ko‘rsatkichlarining bajarilishini doimo nazorat
qilib borish, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, zarur
ichki imkoniyatlarni qidirib topish va zarur bo‘lganda reja ko`rsatkichlariga
tuzatishlar kiritib borish talab etiladi.
Korxonalar
faoliyatini
rejalashtirish
qoidalar,
yo‘llari
va
usullari
yig‘indisi rejalashtirish uslubiyotini tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida
rejalarni tuzishda quyidagi usullardan foydalaniladi:
•
balans usuli.