Korxona iqtisodiyoti


 Korxonalarda yillik ishlab chiqarish biznes-rejasi va korxonalar faoliyatini



Yüklə 84,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix20.12.2023
ölçüsü84,43 Kb.
#187232
1   2   3   4   5   6   7
Korxona iqt 4-mavzu Ma\'ruza matni

3. Korxonalarda yillik ishlab chiqarish biznes-rejasi va korxonalar faoliyatini 
bashoratlash. 
Korxonaning yillik rejalari uning aniq kalendar yilidagi taraqqiyoti dasturi 
bo‘lib, shu yil uchun berilgan davlat buyurtmalari hamda korxonaning mahsulot 
ishlab chiqarish va sotish reja ko‘rsatkichlariga asosan tuziladi. Yillik rejada 
istiqbol rejaning shu kalendar yilga mo‘ljallangan ko‘rsatkichlari aniqlashtiriladi, 
avval ko‘zda tutilmagan va rejaning muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlashga 
yordam beradigan qo‘shimcha tadbirlar belgilanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xo‘jaligi korxonalarida moliyaviy 
rejalashtirish tizimi va undan foydalanish ham muhimdir. Sobiq ittifoq davrida 
rejalashtirish ma’muriy usulda qabul qilingan bo‘lib, asosan davlat fondi uchun 
mahsulot ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini so‘zsiz bajarishga yo‘naltirilgan edi va 
unda bozor munosabatlari sharoitida eng muhim bo‘lgan ko‘rsatkich – foyda 
asosiy maqsad qilib qo‘yilmas edi. Sobiq ittifoq davridagi ma’muriy rejalashtirish 
tizimida korxonalar zararga bo‘lsa ham davlat buyurtmalarini bajarishga majbur 
qilinar va ko‘radigan zararlari yuqori tashkilotlar tomonidan qoplanardi. Bunday 
sharoitlarda rejalashtirish tizimi ham asosan davlat buyurtmalarini bajarishga 
yo‘naltirilib, ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari hamda 
moliyaviy va investitsion faoliyatdan olinadigan daromadlar, pul oqimlari kabi 
muhim sohalar rejalarda o‘z aksini topmagan. Shu munosabat bilan hozirgi kunda 


korxonalar faoliyatini moliyaviy rejalashtirish tizimidan keng foydalanish 
korxonalarning daromadlari va xarajatlarini to‘g‘ri rejalashtirish va barqarorligini 
oshirishga xizmat qiladi. 
Moliyaviy rejalashtirish – muayyan muddat uchun moliyaviy resurslar 
harakatini va tegishli moliyaviy munosabatlar tizimini asoslashdan iborat 
jarayondir. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini moliyaviy rejalashtirishning 
asosiy vazifasi har bir xo‘jalikning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini, 
daromadlar hamda xarajatlar hajmi va tarkibini rejalashtirishdan iborat. 
Korxonalar moliyaviy faoliyatini boshqarish mexanizmining asosini moliyaviy 
rejalashtirish tashkil etadi. Moliyaviy rejalashtirish o‘zida korxonalar rivojlanishini 
zaruriy moliyaviy resurslar bilan ta’minlash bo‘yicha me’yoriy reja 
ko‘rsatkichlarini va joriy moliya yili hamda istiqboldagi moliyaviy faoliyatining 
samarali rivojlantirish yo‘nalishlarini aks ettiradi. Moliyaviy rejalashtirishning 
barcha tizimi o‘zaro aloqada bo‘lib, ulardan aniq ketma-ketlikda foydalaniladi. 
Moliyaviy faoliyatni joriy rejalashtirish tizimi ishlab chiqilgan strategiya va 
moliyaviy faoliyatning alohida jihatlari bo‘yicha moliyaviy siyosat negizida 
amalga oshiriladi. Bu rejalashtirish tizimining vazifasi joriy moliyaviy rejaning 
aniq shakllarini ishlab chiqishdan, korxona rivojlanishi oldida turgan barcha 
moliyalashtirish manbalarini aniqlashdan, daromadlar va xarajatlar tarkibini 
aniqlashtirishdan, korxonaning doimiy to‘lovga qobilligini ta’minlashdan, 
rejalashtirilgan davrda uning aktivlari va kapitallari tarkibini optimallashtirishdan 
iboratdir. 
Basharotlash – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning kelajakdagi ahvoli va 
ularni amalga oshirish variantlari va muddati to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan 
asoslangan ko‘rsatkichlardir. Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, 
ya’ni kelajakni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko‘ra bilish deb 
ataladi. Korxona hamda butun iqtisodiyot miqyosida bashorat qilishning obyektlari
sifatida iqtisodiy, ijtimoiy, fan-texnika va boshqa jarayon va hodisalarni ko‘rsatish
mumkin. Korxonalar faoliyatida iqtisodiy bashoratlar alohida va yetakchi o‘rin
egallaydi. Ularning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
rivojlanish maqsadlarini belgilash, optimal yo‘nalishlar va ularga erishish 
vositalarini izlab topish, resurslarni va qo‘yilgan vazifalarni bajarish muddatlarini 
belgilash, korxona rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan cheklashlarni 
aniqlash. 
Rejalashtirish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu holat uni ma’lum bir 
darajada bashorat qilishga o‘xshash qilib qo‘yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli 
ravishda bashorat qilish jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari 
aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. Unda odatda kelgusida turli 
hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar 
ta’siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish ehtimoli darajasi baholanadi. 


Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo‘naltirilgan ikkita 
muqobil yondashuv emas, balki xo‘jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini 
to‘ldirib turuvchi bosqichlari bo‘lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy 
vositasi hisoblanadi. Shu sababli har bir holatda bashorat qilingan 
ko‘rsatkichlardan rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga o‘tish ta’minlanishi lozim 
bo‘ladi. 
Rejalashtirish doimo kelajakka yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu holat uni ma’lum bir 
darajada bashorat qilishga o‘xshash qilib qo‘yadi. Biroq rejalashtirishdan farqli 
ravishda bashorat qilish jarayonida belgilangan maqsadlarga erishish imkoniyatlari 
aniqlanadi. Bashorat ehtimoliy xarakterga ega bo‘ladi. Unda odatda kelgusida turli 
hatti-harakatlar va tashqi (tabiiy, iqlim, iqtisodiy, ilmiy-texnik va hokazo) omillar 
ta’siri ostida u yoki bu maqsadlardan chetga chiqish ehtimoli darajasi baholanadi. 
Reja va bashorat korxona rivojlanishi istiqbollarini aniqlashga yo‘naltirilgan ikkita 
muqobil yondashuv emas, balki xo‘jalik strategiyasini ishlab chiqishning bir-birini 
to‘ldirib turuvchi bosqichlari bo‘lib, bunda reja korxona boshqaruvining asosiy 
vositasi hisoblanadi. Shu sababli har bir holatda bashorat qilingan 
ko‘rsatkichlardan rejalashtirilgan ko‘rsatkichlarga o‘tish ta’minlanishi lozim 
bo‘ladi. 
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o‘z aksini topadi: ishlab chiqarish va 
korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish - o‘rta va 
uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish - qisqa muddatli 
bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo‘nalishlarning ikkalasi ham o‘zaro uzviy 
aloqada bo‘lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning 
real voqeligi bilan bog‘laydi. 
Bashoratning maqsadi - bozorga ta’sir qiluvchi omillarni, shu bilan birga, 
xo‘jalikning umumiy ahvoli, tuzilmaviy siljishlar, investitsion faollik, fan-texnika 
taraqqiyotining iste’molchi va ishlab chiqaruvchilarga ta’sir ko‘rsatishi, an’anaviy 
mahsulotlardan tashqari korxonaning barqarorligi va raqobatbardoshligiga olib 
keluvchi yangi mahsulot ishlab chiqarish istiqbolida yuzaga kelishi mumkin 
bo‘lgan holatlarini belgilashdadir. Korxonalar uchun talabni prognozlashtirish 
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turi va 
miqdorining o‘zgarishini avvaldan aniqlab beradi. Umuman olganda, bashoratlash 
rejalashtirishning ilmiy asosidir. 

Yüklə 84,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin