Tiklanish qiymati bo‘yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyatsiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob’ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko‘rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
Qoldiq qiymati bo‘yicha- asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o‘tkazilmagan qismidir. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo‘ljallangan asosiy fondlar ham, ko‘pincha qoldiq qiymati bo‘yicha, mazkur xo‘jalik yilidagi narxlarda baholanadi.
Asosiy fondlarning yemirilishi va amortizatsiyasi.
Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang‘ich, belgilangan tartibda o‘tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi anglashaladi.
Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati (Fsr) belgilanib, u quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Fsr=Fn+ Bu yerda:
Fn – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati;
Fp – yil davomida kelib tushgan (foydalanishga topshirilgan) asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;
Fv – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo‘q qilingan) asosiy fondlar qiymati;
T1- foydalanishga topshiriluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari amalda bo‘luvchi o‘rtacha muddati (oylarda), qabul qilingandan keyingi oydan boshlab;
T2 – ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo‘q qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlari foydalanilmaydigan o‘rtacha muddat (oylar) chiqarilgan oydan to yil oxirigacha).
Asosiy fondlarni boshlang‘ich yoki tiklanish qiymati bo‘yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo‘qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir xilda kechmaydi hamda ko‘p jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy eskirishni (IF) quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin:
IF =x1 00 yoki IF =x1 00 ; Bu yerda:
Tf - asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qiluvchi muddati;
Tn - asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo‘lgan normativ muddat;
I - hisoblangan amortizatsiya summasi (eskirish summasi);
Ps – asosiy fondlarning boshlang‘ich(qayta tashkil qilish) qiymati.