Ishlab chiqarish bilan bog’liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo’ladi:
mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar ko’rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom ashyo va materiallar;
normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o’rash, mahsulot (ish, xizmat)lar yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshoatlar va boshqa asosiy vositalar sinovini o’tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish uchun) materiallar
sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo’shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar;
korxonaning texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish va xo’jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid qilinadigan energiya;
ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo’qolish normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo’qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi;
korxonaning transporti va xodimlari tomonidan moddiy resurslarni yetkazish bilan bog’liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to’lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar).
Korxonalarning ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlariga quyidagilar tegishli:
-ishlabchiqarishjarayonigaxizmatko’rsatishxarajatlari
- ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lgan xizmat safarlariga yuborish bo’yicha normalar doirasida va ulardan ortiqcha xarajatlar;
- ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug’urta qilish xarajatlari;
- yaroqsizlik tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar;
- ishlab chiqarishning ichki sabablariga ko’ra bekor turishlar tufayli yo’qotishlar;
- kafolatli xizmat muddati blgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish xarajatlari;
- mahsulot (xizmat)larning majburiy sertifikatsiya qilish xarajatlari;