Nazorat savollar
Moliya tushunchasi va ularning iqtisodiyot uchun axamiyati?
Korxona moliyasi qanday funksiyalarni bajaradi?
Moliyaviy munosabatlar tarkibida qanday pul munosabatlari guruxlari qayd etiladi?
Moliya resurslari tushunchasi va ularning maqsadi?
Korxona foydasi va uni xosil bo‘lish manbaalari?
YAlpi tushum, yalpi daromad va yalpi foyda tushunchalari?
Bozor sharoitida foydaning taqsimlanishi?
Korxona faoliyatida rentabellik va uning iqtiodiy moxiyati?
Rentabellik turlari va ularning xisob metodikasi?
10-mavzu. Bozorga o‘tish sharoitida narx (baho)larning shakllanishi.
Reja:
1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari
2. Korxonaning narx siyosati
3. Narxning shaklllanish strategiyasi va usullari
4. Tarmoqda narxning shakllanishi
5. Narxni aniqlash usullari
1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari
Maxsulot baxosi korxona uchun uning foydasini belgilovchi muxim omili bo‘libgina qolmay, tovarlarni muvafaqiyatli realizatsiyasi (sotishi) dagi sharti xamdir. O‘zaro foydali kelishuvlarni amalga oshirish uchun sotuvchi va xaridorni bog‘lab, ular o‘rtasidagi munosabatlarni belgilovchi sharxlar yoki baxolar kerak. Harido o‘z imkoniyatlardan kelib chiqqan xolda tanlaydi. Bozordagi baxo talab va taklifga binoan erkin belgilanadi, aynan ma’lum bozorda ma’lum vaqtda sotilayotgan tovarning real qiymatini aks ettiradi.
2. Korxonaning narx siyosati
Korxona iqtisodiyotida baxolar shakllanishida asosiy tomoyil – bu maxsulotni ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlari) va sotishga ketgan sarflarni qoplash va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishni ta’minlash, davlat va maxalliy organlarga tegishli soliqlarni to‘lab, korxona xodimlarining ma’lum xayot standartini ta’minlash xajmida iste’mol fondlarni tashkil qilish uchun zarur miqdorda foyda olishdir. Bu vaziyatda foyda baxo, ishlab chiqarish sarflari va sotilgan tovarlar miqdorining funksiyasi bo‘lib yuzaga keladi.
Bu xolda ishlab chiqarilayotgan maxsulotga ketgan sarf xarajatlar darajasi korxonani o‘ziga bog‘liq bo‘lsa, baxo darajasining shakllanishi va sotish xajmlari esa ko‘proq bozor konyukturasiga bog‘liq. SHuning uchun ko‘proq foyda olishga intilish (foyda ishtiyoqi) xar bir korxonada o‘ziga xos xususiy baxolanish siyosatini olib borishni takazo etadi.
Bozor baxosinin optimal varianti – bu muvozanat baxosidir. Bu baxo talab xajmi taklifga teppa-teng bo‘lganidagi sharxdir, xamda u aynan shu bozorda va aynan shu vaqtning o‘zida xam sotuvchi, xam xaridorni qondiradigan birdan-bir baxodir. Baxo muvozanat baxosidan past bo‘lsa, talabning ortib ketishi, ya’ni tanqislik yuzaga kelishini payqash qiyin emas. Aksincha, baxo muvozanat baxosidan yuqori bo‘lsa, bozorda taklif ortiqcha bo‘lib ketadi. Muvozanat baxosi uzoq vaqt davom etishi uchun:
sotuvchilar va xaridorlar bozor konyukturasi va unda tarkib topayotgan sharxdan to‘la xabardor bo‘lidilar;
sotuvchilar va xaridorlar shu qadar ko‘pki, bunda xech bir odam yoki gurux sharx ustidan nazorat o‘rnata olmaydi;
maxsulotlar bir xil bo‘lishi, ya’ni xaridor sifat uchun biror sotuvchiga bozor narxidan yuqoriroq xak to‘lashga, sotuvchi esa narxni kamaytirishga to‘g‘ri kelmaydi;
sotuvchilar va xaridorlar bozorga xoxlasa kirib, xoxlasa chiqib ketishi kerak;
talab va takliflarning barqarorligi xuqm surigi lozim, chunki u o‘zgarishi bilan bozor narxi xam o‘sadi yoki pasayadi.
1 fevral 1995 yildan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasida “Maxsulot, xizmatlar uchun erkin (kelishilgan) baxolar va tariflarning shakllanishi va qo‘llanilishi tartibi to‘g‘risida” gi Yo‘riqnomaga binoan sanoatda quyidagi baxolar qo‘llaniladi:
Erkin-ulgurji baxolar (tariflar) – sanoatning “A” guruxiga mansub maxsulotlar uchun ishlab chiqaruvchi va barcha iste’molchilar o‘rtasida (axolidan boshqa) belgilanadi;
Erkin sotish baxolari (tariflar) – sanoatning “B” guruxiga oid bo‘lgan iste’mol tovarlar uchun ishlab chiqaruvchi va iste’molchi (xaridorlar) bilan kelishuvi asosida belgilanadi;
Korxonaning ulgurji baxosi – mahsulot tannarxiga kiritilgan ishlab chiqarish sarflari va maxsulot sotilishidan tushgan foyda asosida belgilanadi, ya’ni:
Ub(k)=t/n+F (QQS va aksizsiz)
Erkin sotish baxosi (erkin ulgurji baxo) korxonaning ulgurji baxosi QQS va aksiz soliqlari asosida tashkil topadi. Erkin ulgurji (sotish) baxo quyidagi tartibda shakllanadi:
Aksiz solig‘i belgilangan tovarlar uchun: Ub(k)*100= Ub(k)a
Bu erda 100-aksiz stavkasi.
Ub(k)a*1,2=Ub
1,2 - qo‘shimcha qiymat soliq stavkasi (QQS)
Ub(k)a – korxonaning ulgurji (sotish) baxosi (aksiz solig‘i inobatga
olingan xolda);
Ub – erkin ulgurji (sotish) baxosi.
Agar maxsulot (tovarlar, xizmatlar) ulgurji – vositagi korxonalar orqali sotiladigan bo‘lsa, ularning baxolari erkin ulgurji (sotish) baxosi va QQS-ni inobatga olib, xamda vositachilik ta’minot natsenkasi asosida belgilanadi.
Masalan:
tovar qiymati QQS (20%) i bilan 150 so‘m;
vositachilik – ta’minot natsenkasi 24%;
natsenka miqdori (150*24)/100=36 so‘m.
Sotish baxosi 150-36=186 so‘m.
Agar mahsulotlar sanoatining “A” guruxiga mansub bo‘lib, ta’minotchi-sotuvchi muassasalar orqali sotilsa, ularning baxolari erkin ulgurji (sotish) baxosi (QQSsiz) va vositachi xamda iste’molchi o‘rtasida kelishilgan ta’minot-sotish natsenkasi asosida belgilanadi.
Masalan:
tovar qiymati (QQS bilan) 150 so‘m;
tovarning (QQS siz) qiymati 150/1,2=125 so‘m;
ta’minot-sotish natsenka tarifi 24%;
natsenka miqdori (125*24)/100=30 so‘m;
tovarning natsenka bilan qiymati 125+30=155 so‘m;
maxsulotning sotilish baxosi (QQS va natsenka bilan birgalikda) 155*1,2=186 so‘m.
Ulgurji-vositachi firma yoki korxonalar orqali sotiladigan maxsulot (tovar, xizmat) lar uchun baxo (narx) maxsulotning QQS bilan xisoblangan erkin-ulgurji (sotish) baxosi asosida belgilanadi.
Masalan:
maxsulotning qiymati (QQS bilan) 150 so‘m;
vositachining natsekasi 24%;
natsenka miqdori (150*24)/100=36 so‘m;
sotilish bahosi 150+36=186 so‘m.
Maxsulot, tovarning ulgurji (sotish) baxosi ustiga quyiladigan natsenka miqdori mo‘ljallangan muomala sarflari va zarur foyda asosida belgilanadi.
CHakana va ulgarji savdo muassasalari orqali sotiladigan maxsulot va tovarlar baxosi ularning erkin-ulgurji (sotish) baxosi va ulgurji xamda chakana muassasalarining savdo ustamalari (nadbavkalari) asosida beligilanadi. O‘zbekiton Respublikasi 604-sonli 14 dekabr 1994 yil Vazirlar Maxkamasi tomonidan qabul etilgan qaroriga binoan savdo ustamalar miqdorini savdo muassasalari mustaqil ravishda o‘zlari muomala marflari va foyda asosida belgilaydilar (muomala sarflar maxsulotni transportirovka, saqlash va sotish bilan bog‘liq sarf xarajatlardir).
CHakana savdo korxonalari axoliga maxsulot va tovarlarni ularning erkin-ulgurji baxolari, ulgurji va chakana muassasalarning savdo ustamalaridan tashkil topgan erkin chakana baxolar bo‘yicha sotadilar.
Dostları ilə paylaş: |