MEK nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir
MEK nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
MEK nizomiga ko‘ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika va ularga qo‘shni tarmoqlardagi muammolar sohalaridagi standartlashtirish masalalarini xal qilishdir.
ISO va MEK faoliyatlari bo‘yicha farqlanadi, MEK elektrotexnika, elektronika, radioaloqa, asbobsozlik sohalari bo‘yicha shug‘ullansa, ISO esa qolgan boshqa hamma sohalar bo‘yicha standartlashtirish bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41 ta milliy qo‘mitalar MEKning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda Yer qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoati rivojlangan hamda rivojlanayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, fransuz va rus tillarida ish olib boradi.
MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u yerda mamlakatlarning hamma milliy qo‘mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo‘lib, u har 3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vitse-prezident, g‘azinachi, bosh kotib lavozimlari ham bor. MEK har yili bir marta o‘z kengashiga yig‘iladi va o‘z faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
1972 yilga qadar MEK va ISO lar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya sifatida faoliyat ko‘rsatar edi. 1972 yili esa MEK, ISO larning tavsiyalari xalqaro standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.

Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot (MOZM)
Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi - davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
- MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy meyoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash;