Korxona va tashkilotlarning metrologik ta’minoti-fayllar.org
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/
Xalqaro standartlashtirish tashkiloti /ISO/
Birinchi standartlashtirish milliy tashkiloti - Britaniya Assotsiatsiyasi /Britich Enginezing Standards Accociation/ 1901 yilda tashkil etilgan bo‘lib, biroz keyinroq, birinchi jahon urushi davrida Daniya byurosi, Germaniya qo‘mitasi (1918 y), Amerika qo‘mitasi (1918 y) va boshqalar tashkil topdi.
Standartlashtirish sohasidagi ishlar xalqaro markaz kerakligini taqozo qildi. Shu maqsadda 1926 yili standartlashtirish milliy tashkilotlarning Xalqaro Assotsiatsiyasi (ISA) paydo bo‘ldi. ISA ning tarkibiga 20 ta mamlakat vakillari kirdi.
1938 yili Berlin shahrida standartlashtirish bo‘yicha Xalqaro syezd ochildi. Unda texnikaning turli sohalari bo‘yicha 32 ta qo‘mita va kichik qo‘mitalar tuzildi. 1939 yili boshlangan ikkinchi jahon urushi ISA ning faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi.
Hozirgi Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (International Standards Organization) 1946-1947 yillari tashkil topdi, uni qisqacha ISO deb yuritiladi. Bu nufuzli tashkilot Birlashgan Millatlar Bosh Assambleyasi tarkibida faoliyat ko‘rsatib, rivoj topmoqda.
ISO ning tuzilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad - xalqaro miqyosdagi mol almashinuvida va o‘zaro yordamni yengillashtirish uchun dunyo ko‘lamida standartlashtirishni rivojlantirishga ko‘maklashish hamda aqliy, ilmiy, texnikaviy va iqtisodiy faoliyatlar sohasida hamdo‘stlikni rivojlantirish-dir.

Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun:
dunyo ko‘lamida standartlarni va ular bilan bog‘liq bo‘lgan sohalarda uyg‘unlashtirishni yengillashtirish uchun choralar ko‘rish;
xalqaro standartlarni ishlab chiqish va chop etish (agar har bir standart uchun uning faol tashkiliy va kichik qo‘mitalarining ikkidan uch qismi ma’qullab ovoz bersa va umumiy ovoz beruvchilarning to‘rtdan uch qismi yoqlab chiqsa, standart ma’qullanishi mumkin);