Buxgalteriya hisobi fanidan ma'lumki korxona, tashkilot va firmalarni moliyaviy mablag'lar bilan ta'minlash manbai bo'lib quyidagilar hisoblanadi:
O’z mablag'lar manbai;
Qarz mablag’lari.
Sobiq ittifoq davrida esa bu mablag'lar manbaiga byudjetdan ajratmalar ham kirgan. Lekin bozor iqtisodiyotiga o'tganimizdan keyin bu mablag'lar manbai bekor qilingan. Chunki bu manbaning yo'q qilinishi Respublikamizdagi boqimandalik tizimini tugatishni ta’minladi.
Endilikda esa yuqorida sanab o'tgilganlar korxonalarni mablag'lar bilan ta'minlash manbai bo'lib kelmoqda. Korxona, tashkilot yoki firma ochilish davrida o'z mablag'larini belgilab olishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona o'z moliyaviy ehtiyojlarini o'zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta'minlash manbai bo’lib, uning foydasi, qimmatbaho qog'ozlarini sotishdan kelgan tushum, aksionerlarning pay va boshqa to'lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa to'lovlari hamda qonundan tashqari bo'lmagan holda kirim qilingan mablag'lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag'lar korxona tashkilotlar uchun xususiy kapital deb qaraladi. Xususiy kapital hisobi bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyatga ega bo'lib, u korxonaning o'z qudrat darajasini qay darajada ekanligini bildiradi.
Hususiy kapital qiymatini ko'paytirishning eng asosiy omili bo'lib korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko'rsatuvchi tashkilotlar shu omil hisobiga o'z jamg'armalarini oshirishlari eng optimal variant deb qaraladi. Sababi, bu omilning o'zgarishi faqatgina korxonaning o'ziga bog'liq bo'lib, uning har tomonlama to'liq imkoniyatlarini ishga solib faoliyatini boshlashini taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko'rsatkichlaming o'zgarishi ham ushbu omil bilan bevosita bog'liq bo’ladi. Mazkur vazifalarni hal etishda korxona va tashkilotlar «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to'g'risidagi Nizom»ni chuqur bilishlari lozim.
Yuqоridаgi хulоsаlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа quyidаgilаrni tаklif qilаmаn: